Yaqinda vaqtincha yopilgani xabar qilingan Zomin aeroporti 27-dekabrdan reyslarni qabul qilishni davom ettiradi. Silk Avia shu sanadan boshlab Toshkent — Zomin qatnovlarini qayta tiklashi haqida xabar berdi.
Qoraqalpog‘istonda 2022-yil iyul oyida yuz bergan voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiya parlamentga hisobot taqdim etdi. Shuningdek, u davlat organlari uchun bir qator tavsiyalarni e’lon qildi, ular orasida tushuntirish berish va fuqarolarni muhim qarorlar muhokamasiga jalb qilish kabilar bor.
Ekologiya vazirining buyrug‘i bilan atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan o‘tkazish hamda unga tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini belgilash to‘g‘risidagi yo‘riqnoma tasdiqlandi.
Hukumat Toshkent shahrining 2045-yilgacha bo‘lgan bosh rejasini tasdiqladi. U aholi ehtiyojlari, ekologik zonalar va madaniy merosni muhofaza qilishni hisobga olgan holda shaharni rivojlantirishni nazarda tutadi. Bu davrda aholi soni 3 milliondan 7,4 millionga oshishi prognoz qilinmoqda.
O‘zbekistonda yangi futzal federatsiyasi tashkil etildi. BMB Holding kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov uning prezidenti bo‘ldi. Federatsiya 2025-yildan faoliyatini boshlaydi.
Yangi yil arafasida M Cosmetic o‘z iliqligi va muhabbatini mijozlarga ulashishga shoshilmoqda va "Kosmik" aksiyani taqdim etmoqda.
2023-yilning kuzida ochilgan Zomin aeroporti vaqtincha yopildi. Bu yerda magistral samolyotlarni qabul qilish uchun sharoit yaratish maqsadida rekonstruksiya ishlari davom etmoqda.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” Koreyaning Saman Corporation kompaniyasi bilan Toshkent — Samarqand yangi tezyurar temiryo‘lining texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlashni boshladi va ishchi guruh tuzishga kirishdi. Jarayon 2026-yilning mart oyigacha davom etishi kutilmoqda.
Ozodbek Nazarbekov madaniyat sohasida davlat regulyator bo‘lmasligi haqidagi fikrlarga munosabat bildirarkan, sohani qushga qiyosladi va uni mahkam ushlash zarurligini ta’kidladi. “Erkinlik berilgan joyda san’atkorlar hamma yerni rasvo qilyapti”, — dedi u.
Yunusabad Residence turar joy majmuasida tayyor kadastr, rivojlangan infratuzilma va 15 yilga qulay ipoteka shartlariga ega premium xonadonlar mavjud.
Soxta tadbirkorlik, narx manipulyatsiyasi va soliqdan qochish sxemalari ustidan nazoratni kuchaytirish orqali besh yil ichida yashirin iqtisodiyotni ikki barobar qisqartirmoqchimiz, dedi Soliq qo‘mitasi vakili. Unga ko‘ra, ushbu choralar 2025-yilda davlat budjetiga 20 trln so‘m jalb etish imkonini beradi.
Qozog‘istonning Aqtau shahrida Azerbaijan Airlines samolyoti qulashi oqibatida 38 kishi halok bo‘lgan, deya ma’lum qildi mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Kanat Bozumbayev. 29 kishi, jumladan, 3 bola shifoxonaga yotqizilgan.
Tashkent City hududida Yangi yil bayrami tadbirlari o‘tkazilishi sabab 25-dekabrdan 10-yanvarga qadar O‘qchi, Yangi Toshkent, Zargar ko‘chalarida avtomobillar harakatiga cheklov kiritildi. Tashrif buyuruvchilar uchun bir nechta avtoturargohlar ajratilgan.
01 888 BBB avtomobil raqami auksionda rekord darajadagi 965,25 mln so‘mga (taxminan $75 ming) sotildi. Savdo 3 soatdan ortiq davom etdi, ishtirokchilar 62 ta taklif kiritdi.
TBC UZ ilovasida 2024-yil uchun shaxsiy natijalar mavjud. Barcha foydalanuvchilar ilovaga birinchi marta qachon kirganliklarini, omonat bo‘yicha foizlardan qancha daromad olganliklarini, qancha qadam bosganliklarini bilib olishlari mumkin.
“O‘zbekiston yangiliklari” sayti bosh muharriri, “Mintaqaviy tahdidlarni o‘rganish markazi” NNT direktori Viktor Mixaylov vafot etdi.
Norasmiy sammitda MDH davlatlari rahbarlari yangi yo‘nalishlar — muhandislik maktablari tashkil etish, internet texnologiyalari, katta ma’lumotlar, kreativ iqtisodiyot, yashil energetika, tinch atom, shuningdek, umumiy tahdid va xatarlarga qarshi kurashdagi hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qildi.
Respublika oliy ta’lim kengashi xususiy oliygohlar kontraktdan tushadigan pullarning 4 foizini Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazib berishini istamoqda. Deputat Dilmurod Artiqov bu to‘lovning qaysi asos bilan joriy etilayotganini so‘rab, bosh prokurorga so‘rov yubordi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining 66,4 mln dollarlik krediti O‘zbekistonning Xorazm viloyatida 230 km uzunlikdagi yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘ini qurishga yo‘naltiriladi.
“Yil bestsellerlari 2024” reytingidan asaxiy.uz orqali O‘zbekiston bo‘ylab eng ko‘p sotilgan 20 ta kitob o‘rin oldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting