Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bo‘yicha davlat buyurtmasi va to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish kvotalari tasdiqlandi.
O‘zbekiston madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov yil oxirigacha mamlakatga 10 mln xorijiy sayyohning kelishi, 20 mln mahalliy aholi sayohatlari tashkil etilishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2 mlrd dollar miqdorida turizm xizmatlari eksporti amalga oshiriladi.
Bahodir Jo‘rayev “Issiqlik elektr stansiyalari” kompaniyasining boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Sardor Isaqulov esa uning birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2023/2024-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi.
2023−2024 o‘quv yilidan bitiruvchilarning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichi OTMga kirish imtihonlarida inobatga olinishi kerak edi. Bilimni baholash agentligi ushbu tartib 2 yilga kechiktirilganini ma’lum qildi.
2024/2025 o‘quv yilidan OTMga kirish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi. Bunda abituriyentlarga to‘plagan balidan kelib chiqib, ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, akademik litseylarga qabulda yozma imtihon bekor qilinadi.
Kiprlik ta’sischilar, jumladan, Alisher Usmonovga aloqador “Metalloinvest” kompaniyasiga tegishli korxona “harakatsizligi” tufayli Toshkent metallurgiya kombinati bankrot bo‘lish xavfi ostida qoldi. Sud ularni loyihadan chetlashtirildi, biroq korxona 916,9 mlrd so‘m zarar va 179,7 mln yevro kredit bilan qoldi.
O‘zbekistonda iyun oyida 265 ta holatda 6,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Taqqoslash uchun, may oyida 20,6 mlrd so‘mlik 135 ta holat aniqlangan.
Ishtixon tumanidagi biolaboratoriya hududidan erkak jasadi topildi. Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, marhum mast holatda boshqa bir erkak bilan janjallashgani oqibatida vafot etgan.
Tijorat banklari 4-iyul kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 475−11 530 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 570−11 595 so‘m.
Fevral oyidagi zilzilalardan katta talafot ko‘rgan Turkiyaning Hatay viloyatida aholiga 57 ta modulli uy topshirildi. Ular O‘zbekiston fuqarolari mablag‘lari hisobidan sotib olingan.
5−7-iyul kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
“Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri bilan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralari kuchaytirildi. Qonunga bir qator yangi, jumladan, monopoliyaga qarshi komplayens tushunchasi kiritildi.
Xususiylashmaydigan “Sijjak” va “Chotqol” dam olish maskanlari, velosipedchilar ishtirokida yana ikkita YTH, Toshkentda mashina olib qochgan shaxsni to‘xtatish uchun o‘qotar qurol ishlatilgani, hokimlarni qo‘shib yozganlik uchun tanqid qilgan Shuhrat G‘aniyev, salqin hafta va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Dam olish kunlari Toshkentda velosipedchilar ishtirokida yana ikkita YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda jabrlanuvchilar “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishdi. Ikkala holatda ham haydovchilar IIO xodimlari bo‘lgan.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-iyul kuni SHHTga a’zo davlatlar rahbarlarining videoanjuman shaklidagi majlisida ishtirok etadi. Uchrashuvda iqtisodiy hamkorlik, raqamli transformatsiya, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash va boshqa ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda.
Yangi Zelandiya hukumati iyuldan supermarketlarda har qanday polietilen xaltalar, jumladan meva va sabzavotlar uchun mo‘ljallangan yupqa paketlardan foydalanishni taqiqladi.
Fransiyada politsiyachi tomonidan arab millatiga mansub o‘smirning otib o‘ldirilishi tufayli yuzaga kelgan ommaviy norozilik namoyishlari va pogromlar to‘xtayotgani yo‘q. Mamlakat bo‘ylab 2000 dan ortiq odam hibsga olingan, rasmiylar tartibni saqlash uchun 40 mingdan ortiq politsiyachini safarbar qilgan.
Namangan viloyatidagi Yangi Axsi arxeologik yodgorlik majmuasidan 1200−1500-yillik tarixga ega tangalar topildi. Ular orasida Baqtriya kumush tangalari, shuningdek, Qoraxoniylar davriga oid tangalar mavjud.
Toshkentda avtomobil yuvish shoxobchasi xodimi mashina olib qochdi. IIO xodimlari gumonlanuvchini to‘xtatish uchun o‘qotar qurol qo‘lladi. Qurolni qo‘llash jarayonida hech kimga shikast yetmagani qayd etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting