Tijorat banklari 10 yanvar kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 250 — 11 310 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 340 so‘m.
Toshkent zooparki anomal sovuq kunlarda hayvonlar uchun qanday sharoit hozirlangani haqida ma’lumot berdi. Xususan, harorat markaziy isitish tizimi orqali ta’minlanadi, elektr uzilishi vaqtida generatorlar ishga tushadi. Ba’zi jonivorlar volerlariga somondan tayyorlangan tabiiy isituvchi sholchalar qo‘yildi.
Qorli Toshkent ko‘chalarini tozalashga dekabr oyidagi vaziyatga qaraganda ko‘proq texnika (200 dan ortiq) va obodonlashtirish xizmati xodimlari (6 mingga yaqin) jalb qilingan. Kechasi asosiy ko‘chalar qordan tozalandi va qum-tuz aralashmasi sepib chiqildi.
Tabiat resurslari vazirligi bokschi Fazliddin G‘oibnazarov ishtirokidagi ov jarayonida qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yilgani va tabiatga zarar yetkazilganini tasdiqladi. Vazirlik sportchining sherigi ov qilish huquqiga ega ekanini qayd etdi. Biroq tarqalgan videoda bokschining ham quroldan o‘q uzgani aks etgan edi.
Qariyb 3 yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston va Xitoy muntazam aviaqatnovlarni tikladi. 10 yanvar kuni Uzbekistan Airways Toshkentdan Pekinga ilk reysni amalga oshiradi.
Tez tibbiy yordam avtomobillariga jarima belgilanayotgani va ular bekor qilinmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. IIV va SSV holat bo‘yicha qo‘shma bayonot e’lon qilib, ushbu turdagi jarimalar bekor qilinishini ma’lum qildi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi 10−15 yanvar kunlari kuzatiladigan anomal sovuqda chorva mollari va xo‘jalik ekinlarini qanday asrash bo‘yicha tavsiyalar berdi. Xususan, ekin maydonlari ustini plyonka qoplamalari bilan qoplash kerakligi keltirib o‘tildi.
Samarqand va Toshkent viloyatida piyodalar ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hodisalar oqibatida 4 kishi vafot etdi.
Xalqaro toifadagi ekspert, matematik Shuhrat Ismoilov vafot etdi. Marhum 1-, 2-, 3- va 6-sinf matematika fani darsliklari muallifi bo‘lgan.
O‘zbekistondagi deyarli barcha hokimliklar 2023 yil uchun budjetni o‘tgan yil oxirida, hatto yangi yilda ham soliq to‘lovchilar fikrini hisobga olmasdan qabul qildi. Andijon va Sirdaryo hokimliklari budjet loyihalarini e’lon qilgandi, biroq loyiha muhokama vaqti tugamay turib qabul qilindi.
O‘zbekistonda 2022 yil dekabr oyida 15,7 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu Sirdaryo viloyati aholisining bir haftalik elektr iste’molini tashkil qiladi. Noqonuniy holatlar ko‘proq Andijon, Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlariga to‘g‘ri kelgan.
UzAuto Motors hisob dasturiy ta’minotini amalga oshirish munosabati bilan shartnoma tuzish, avtomobillarni topshirish va to‘lovlarni qabul qilishni vaqtincha to‘xtatgandi. Kompaniya jarayon 4−5 kundan ortiq davom etmasligini va’da qilgandi. Biroq 9 yanvar kuni jarayon yana uzaytirilgani ma’lum qilindi.
Yanvar oxirigacha Braziliya poytaxtida sobiq prezident tarafdorlari uyushtirgan tartibsizliklar sabab favqulodda holat joriy etildi. Voqea fonida shtat gubernatori ishdan bo‘shatildi. Namoyishchilar hukumat binolariga bostirib kirdi, yuzlab odamlar hibsga olindi. Prezident namoyishchilar jazolanishini aytdi.
SSV tarmoqlarda bolalar orasida koronavirus avj olayotgani haqida tarqalgan xabarlar haqiqatga zidligini ma’lum qildi. «COVID-19`ga chalinishning so‘nggi ko‘tarilishi o‘tgan yil kuz oylariga to‘g‘ri kelgandi», — deyiladi xabarda. Vazirlik 15 dekabrdan buyon kasallanishlar statistikasini e’lon qilmay qo‘ydi.
O‘zbekistonga 9 yanvardan Volgabo‘yi hududlaridan sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanadi. 10−15 yanvar kunlari anomal sovuq kuzatiladi. Bunday sharoitda keksalar va bolalarning ko‘chaga chiqmasligi tavsiya etildi. SSV, shuningdek, sovuqdan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Toshkentda 4 yanvar kuni MAN A22 CNG avtobuslarining navbatdagi 16 donasi foydalanish uchun topshirilgandi. Yangi avtobuslar 6 ta yo‘nalishda harakatlanish uchun qatnovga chiqarildi.
Chust tumanida 3 va 8 yoshli bola sog‘lig‘i yomonlashgani sababli shifoxonaga yotqizildi. 8 yoshli bola birinchi yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan vafot etdi. Viloyat FVB o‘limga is gazi sabab bo‘lganiga ishora qilmoqda.
Tijorat banklari 9 yanvar kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 270 — 11 330 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 355 so‘m.
Amaldagi sanitariya-epidemiologik normalariga o‘zgartirish kiritildi. Unga ko‘ra, maktablarda dars soatlari qisqaradi.
Control Union Quality kompaniyasi fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi sohasidagi korxonalar uchun xalqaro miqyosda sertifikatlash xizmatlarini taqdim etadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting