Rossiya Jahon turizm tashkiloti tarkibidan chiqdi
12 iyun 2022, 17:11

Rossiya Jahon turizm tashkiloti tarkibidan chiqdi

Rossiya Jahon turizm tashkiloti (YUNVTO) tarkibidan chiqdi. Aprelda tashkilot Bosh assambleyasi Ukrainaga bostirib kirish tinchlik va xalqaro do‘stlik qadriyatlariga mos kelmasligi sababli RF a’zoligini to‘xtatgan edi.

Prezident mashinada 1,5 soat Toshkent bo‘ylab aylanganini ma’lum qildi
12 iyun 2022, 15:14

Prezident mashinada 1,5 soat Toshkent bo‘ylab aylanganini ma’lum qildi

Shavkat Mirziyoyev avtomashinada Toshkent bo‘ylab bir yarim soat yurib, juda ko‘p qoidabuzarliklarga guvoh bo‘lganini aytdi. «Xohlagan odam xohlaganini qilib yuribdi. Odam qo‘rqib ham ketdi», dedi u.

O‘zbekiston-Iroq bahsida muxlislar toshbo‘ron uyushtirishdi. Fotosuratchi va operator jarohatlandi
12 iyun 2022, 14:40

O‘zbekiston-Iroq bahsida muxlislar toshbo‘ron uyushtirishdi. Fotosuratchi va operator jarohatlandi

O‘zbekiston va Iroq yoshlar terma jamoalari uchrashuvida tomoshabinlar toshbo‘ron uyushtirishdi. Natijada fotosuratchi va operator jarohatlandi. Iroq termasi bosh murabbiyining fikricha, o‘yinni to‘xtatish kerak edi. «Muxlislar biz tomon toshlar uloqtirishdi. OFKga savolim bor: bu normal holatmi?» — dedi u.

Xorazm viloyati hokimiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
12 iyun 2022, 12:08

Xorazm viloyati hokimiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Gurlan tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Murodjon Achilov Xorazm viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Kuzda viloyat hokimi unga hayfsan e’lon qilgan edi.

Buxoroda suv ta’minoti uzilib qoldi
12 iyun 2022, 03:59

Buxoroda suv ta’minoti uzilib qoldi

Buxoroda markaziy quvurda ro‘y bergan nosozlik tufayli suv ta’minoti vaqtincha to‘xtab qoldi. Viloyat hokimi ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.

Qizil kartochka, avtogol, penaltilar seriyasi: O‘zbekiston Osiyo Kubogi yarim finaliga chiqdi
12 iyun 2022, 03:52

Qizil kartochka, avtogol, penaltilar seriyasi: O‘zbekiston Osiyo Kubogi yarim finaliga chiqdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar termasi Iroq jamoasini mag‘lub etib, Azii U-23 Kubogi yarim finaliga chiqdi. O‘zbekistonliklar o‘yinning katta qismini o‘n kishi bilan o‘tkazgan bo‘lsa-da, penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi. «Xuddi Yevropa Chempionlar ligasiga o‘ynagandek bo‘ldik», — dedi Jasur Jaloliddinov.

Toshkent markazidagi bir qator ko‘chalar velomarafon sababli vaqtincha yopiladi
11 iyun 2022, 22:14

Toshkent markazidagi bir qator ko‘chalar velomarafon sababli vaqtincha yopiladi

12 iyun kuni Butunjahon velosiped kuniga bag‘ishlangan velomarafon o‘tkazilishi munosabati bilan poytaxt markazidagi ayrim ko‘chalar soat 8:00 dan 11:00 gacha yopiladi.

Jomboyda Germaniya fuqarosining o‘limi bo‘yicha besh kishi sudlandi
11 iyun 2022, 17:58

Jomboyda Germaniya fuqarosining o‘limi bo‘yicha besh kishi sudlandi

Samarqand viloyatining Jomboy tumanida 5 nafar fuqaro Germaniya fuqarosiga og‘ir tan jarohati yetkazishda ayblanib, 13 yildan 19 yilgacha ozodlikdan mahrum etildi. Ular uning uyiga niqob kiyib kirib, pul o‘g‘irlamoqchi bo‘lishgan.

AQSh havo yo‘li orqali mamlakatga kiruvchilardan PZR-test olishni bekor qildi
11 iyun 2022, 17:23

AQSh havo yo‘li orqali mamlakatga kiruvchilardan PZR-test olishni bekor qildi

12 iyundan AQShga havo yo‘li orqali kirib keluvchi yo‘lovchilardan majburiy PZR-testi talab qilinmaydi. Bayden ma’muriyati mazkur tartibni xalqaro sayohatchilar AQShga parvoz qilishdan bir kun oldin bekor qildi.

Butun Toshkent bo‘ylab “Art Fest-2022” bo‘lib o‘tmoqda
11 iyun 2022, 15:00

Butun Toshkent bo‘ylab “Art Fest-2022” bo‘lib o‘tmoqda

6 iyun kuni O‘zbekistonda “Tashkent Art Fest-2022” rassomchilik va san’at festivali start oldi. Festival so‘nggida konkurs g‘oliblarini ajoyib mukofotlar kutmoqda.

BNQIZ Ai-80 benzinini birjaga 3900 so‘mdan chiqarmoqda
11 iyun 2022, 14:36

BNQIZ Ai-80 benzinini birjaga 3900 so‘mdan chiqarmoqda

Buxoro neftni qayta ishlash zavodida Ai-80 benzini tannarxi 2800 so‘mni tashkil qilmoqda, birjaga esa 3900 so‘mdan qo‘yilmoqda. May oxirida «O‘zbekneftgaz» ga qarashli AYOQSHlarda Ai-80 narxi 6800 so‘mgacha ko‘tarilgandi. «Benzin narxlarining ko‘tarilishida zavodning aloqasi yo‘q», — dedi zavod rahbari o‘rinbosari.

Samarqandda 1,5 yoshli qizaloq 10-qavatdan tushib ketdi
11 iyun 2022, 14:31

Samarqandda 1,5 yoshli qizaloq 10-qavatdan tushib ketdi

Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uylar qurilgan Qorasuv massivida 1,5 yoshli qizaloq 10-qavatdan tushib ketib, halok bo‘ldi. Mahalliy nashrlar bu kabi holat avval ham bo‘lganini xabar bermoqda.

Navoiylik tiktoker daydi mushukni itlariga talatdi
11 iyun 2022, 13:51 1

Navoiylik tiktoker daydi mushukni itlariga talatdi

Ijtimoiy tarmoqlarda navoiylik tiktoker o‘zining ikkita Pitbull zotli itiga daydi mushukni talatib, buni suratga olgani aks etgan videolar tarqaldi. Viloyat IIB tiktoker shaxsi aniqlangani va u ikkita modda doirasida ma’muriy javobgarlikka tortilishini ma’lum qildi.

IIV kaltaklanganini ta’kidlagan juftlik bilan bog‘liq holatga izoh berdi
11 iyun 2022, 12:51

IIV kaltaklanganini ta’kidlagan juftlik bilan bog‘liq holatga izoh berdi

IIV matbuot kotibi IIB xodimlari kaltaklashganini aytgan yigit va qiz «giyohvandlik vositalariga aloqadorlik, shuningdek, profilaktik nazorat buzilishi» bo‘yicha gumonlanib, tekshirish uchun bo‘limga olib borilganini ma’lum qildi.U «boshidanoq fuqarolar o‘zini noo‘rin tutganini» aytib, qisqa videoni e’lon qildi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligiga yer degradatsiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha vazifalar yuklatildi
11 iyun 2022, 12:48

Qishloq xo‘jaligi vazirligiga yer degradatsiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha vazifalar yuklatildi

Prezident qaroriga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligi vazirligiga yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha vazifalar yuklatilib, maxsus departament ham tashkil etildi. Vazirlik yerlar cho‘llanishi, ularni tiklash, ekinlarni almashlab ekish, o‘rmonlar barpo qilishni monitoring qiladi va majburiy ko‘rsatmalar beradi.

Nima tayyorlaymiz: salqin ichimliklar
11 iyun 2022, 12:35

Nima tayyorlaymiz: salqin ichimliklar

Malinali moxito, maymunjondan tayyorlangan moxito, shaftolili limonad, bodringli limonad va boshqa salqinlashtiruvchi ichimliklar retseptlari — Zira.uz materialida.

Senatning navbatdagi yalpi majlisi dushanba kuni chaqiriladi
11 iyun 2022, 10:51

Senatning navbatdagi yalpi majlisi dushanba kuni chaqiriladi

Senatning 27-yalpi majlisi 13 iyun kuni chaqiriladi. Unda davlat mulkini boshqarish, alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklashga oid qonunlar ko‘riladi. Bundan tashqari, senatorlar Oliy sud raisini saylashi rejalashtirilgan.

«Kogon magistral gaz quvurlari» boshqarmasida yong‘in chiqdi
11 iyun 2022, 10:26

«Kogon magistral gaz quvurlari» boshqarmasida yong‘in chiqdi

Shanba kuni erta tongda Buxoro viloyatidagi «Kogon magistral gaz quvurlari» boshqarmasida yong‘in sodir bo‘ldi. Olov 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta maxsus texnika yordamida 1,5 soatda bartaraf etildi.

Bahodir Jalolov raqibini muddatidan avval mag‘lub etdi
11 iyun 2022, 08:54

Bahodir Jalolov raqibini muddatidan avval mag‘lub etdi

Shanba kuni tongda o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov Nyu-York shahrida belgiyalik charm qo‘l qop ustasi Jek Mulovaiga qarshi ringga ko‘tarildi. 27 yoshli Jalolov 8-raundda raqibini nokautga uchratdi. Shu tariqa u professional boksdagi 11-jangida ham g‘alabaga erishdi.

Surxondaryoda Damas avtomashinasida 25 bola tashilayotgani aniqlandi
10 iyun 2022, 23:58

Surxondaryoda Damas avtomashinasida 25 bola tashilayotgani aniqlandi

Termiz tumanida Damas avtomashinasidan bolalar bog‘chasi mikroavtobusi sifatida foydalanilayotgani aniqlandi. Mikrovenda 25 bola tashilgan. Mashina old oynalarga parda tortilgani uchun jarima maydonchasiga qo‘yildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting