Siyosat

O‘zbekiston TIV Belarus tashqi ishlar vaziri vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
28 noyabr 2022, 10:30

O‘zbekiston TIV Belarus tashqi ishlar vaziri vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston TIV Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makeyning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. «So‘nggi yillarda u ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlashga katta hissa qo‘shdi», — deyiladi xabarda. Vladimir Makey 27 noyabr kuni noma’lum sabablarga ko‘ra vafot etgandi.

Hududlarda prezident Administratsiyasi rahbari yordamchilari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
27 noyabr 2022, 14:47

Hududlarda prezident Administratsiyasi rahbari yordamchilari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda prezident Administratsiyasi rahbarining hududlarda faoliyat yurituvchi va xalq qabulxonalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi yordamchilari lavozimi joriy etiladi. Prezidentning ikki maslahatchisi lavozimlari birlashtirildi. Xalq qabulxonalari xodimlari ma’muriy bayonnomalar tuzishlari mumkin bo‘ladi.

Davlat institutlarida haligacha inersiyaga xos ehtiyotkorlik bor — Kamoliddin Rabbimov
26 noyabr 2022, 14:09

Davlat institutlarida haligacha inersiyaga xos ehtiyotkorlik bor — Kamoliddin Rabbimov

Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov «konstruktiv zo‘riqish vektorlari» tushunchasiga izoh berar ekan, O‘zbekistonda davlat institutlarida inersiyaga xos ehtiyotkorlik borligini ta’kidladi. «Bu O‘zbekistonning geosiyosiy mavqeiga ham, strategik barqarorlikka ham chaqiriq sifatida saqlanib qolaveradi», — dedi u.

Prezident Navoiy viloyatini rivojlantirish bo‘yicha qanday topshiriqlar berdi?
25 noyabr 2022, 16:57

Prezident Navoiy viloyatini rivojlantirish bo‘yicha qanday topshiriqlar berdi?

25 noyabr kuni Navoiyda Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda davlat rahbari ishtirok etib, tadbirkorlik va xizmatlar sohasi, sanoat, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy infratuzilma masalalari bo‘yicha Normat Tursunov taqdim etgan loyihalar bilan tanishdi va tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Normat Tursunov Navoiy viloyati hokimi bo‘ldi
25 noyabr 2022, 13:58

Normat Tursunov Navoiy viloyati hokimi bo‘ldi

Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi sessiyasida viloyat hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Normat Tursunov nomzodi ma’qullandi. Bunga qadar u Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.

Sirdaryo viloyati hokimi prezident maslahatchisi etib tayinlandi
24 noyabr 2022, 21:49

Sirdaryo viloyati hokimi prezident maslahatchisi etib tayinlandi

Sirdaryo viloyati hokimi lavozimida ishlab kelayotgan G‘ofurjon Mirzayev prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Konstitutsiyani o‘zgartirishga oid qonun loyihasi qayta ishlashga yuborildi
24 noyabr 2022, 20:31

Konstitutsiyani o‘zgartirishga oid qonun loyihasi qayta ishlashga yuborildi

Deputatlar Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritishni davom ettirishga qaror qildi. Faqat birgina deputat (ehtimol, Alisher Qodirov) qarshi ovoz berdi. Prezident taklifiga ko‘ra, loyiha 8 dekabr — Konstitutsiyaning 30 yilligida qabul qilinishi kerak edi. Endi referendumni ushbu sanagacha o‘tkazishga ulgurishmaydi.

O‘zbekiston prezidenti yangi tayinlangan elchilarni qabul qildi
24 noyabr 2022, 16:27

O‘zbekiston prezidenti yangi tayinlangan elchilarni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi, Qirg‘iziston, Jazoir, Qozog‘iston va AQSh davlatlarining yangi elchilarini qabul qildi. Prezident O‘zbekistondagi «keng ko‘lamli va muqarrar islohotlar» haqida so‘zlab, elchilarni aloqalarni yanada rivojlantirishda «bor bilim va kuch-g‘ayratini safarbar etishga» chaqirdi.

Shavkat Mirziyoyev dekabrda Qirg‘izistonga boradi
24 noyabr 2022, 16:06

Shavkat Mirziyoyev dekabrda Qirg‘izistonga boradi

Shavkat Mirziyoyev kelgusi oyda Qirg‘izistonga tashrif buyuradi. Prezident matbuot xizmati qayd etishicha, «erishilgan kelishuvlar asosida chegara masalalari hal qilingani misli ko‘rilmagan yutug‘ bo‘ldi».

«Putin Rossiyani imperiyaga aylantirishni orzu qilib, bor qudratiga ham zarba berib qo‘ydi» — Kamoliddin Rabbimov
24 noyabr 2022, 11:59

«Putin Rossiyani imperiyaga aylantirishni orzu qilib, bor qudratiga ham zarba berib qo‘ydi» — Kamoliddin Rabbimov

Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov Yevroparlament Rossiyani «terror homiysi bo‘lgan davlat» sifatida tan olganini izohlar ekan, «Putin Rossiyani imperiyaga aylantirishni orzu qilib, bor qudratiga ham tarixiy zarba berib qo‘ydi», dedi. Uning fikricha, «Rossiya bu vaziyatdan zaif va o‘ta zaif holatda chiqadi».

Mirziyoyev va Makron Luvrda O‘zbekiston ko‘rgazmasini ochdilar (foto)
23 noyabr 2022, 08:28

Mirziyoyev va Makron Luvrda O‘zbekiston ko‘rgazmasini ochdilar (foto)

Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makron Luvrda «O‘zbekiston vohalari xazinalari. Karvon yo‘llari chorrahasida» ko‘rgazmasini ochdilar. Ko‘rgazmadan O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardagi muzeylardan keltirilgan buyumlar o‘rin olgan. 70 ta eksponat ko‘rgazma uchun maxsus restavratsiya qilindi.

Foto, video: O‘zbekiston va Fransiya prezidentlari uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr 2022, 20:38

Foto, video: O‘zbekiston va Fransiya prezidentlari uchrashuv o‘tkazdi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Parijdagi Yelisey saroyida O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyevni kutib oldi.

«Investorlar O‘zbekiston deganda barqarorlik va kelajakka ishonchni tasavvur qilishiga intilayapmiz» — Shavkat Mirziyoyev
22 noyabr 2022, 14:38

«Investorlar O‘zbekiston deganda barqarorlik va kelajakka ishonchni tasavvur qilishiga intilayapmiz» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Parijda «Airbus», «Orano», «Suez», «Alstom», «Total Eren», «EDF» kabi yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashdi. U fransiyalik tadbirkorlarni ishlab chiqarish uchun zarur infratuzilma bilan ta’minlash, imtiyozlar va kafolatlangan xaridlar vositasida qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

O‘zbekiston prezidenti Fransiyaga keldi
21 noyabr 2022, 19:16

O‘zbekiston prezidenti Fransiyaga keldi

Shavkat Mirziyoyev Fransiyaga rasmiy tashrif bilan keldi. U Emmanuel Makron bilan uchrashib, Luvr va Arab dunyosi institutida O‘zbekistonning qadimiy madaniyati ko‘rgazmalarining ochilishida ishtirok etadi. Tashrif doirasida 14 ta hujjat imzolanishi rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev Parijga jo‘nab ketdi
21 noyabr 2022, 10:35

Shavkat Mirziyoyev Parijga jo‘nab ketdi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning taklifi bilan Shavkat Mirziyoyev Parijga jo‘nab ketdi. Tashrifda Yelisey saroyida oliy darajadagi muzokaralar va Fransiya Milliy yig‘inida uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Luvr muzeyi va Arab dunyosi institutiga tashrif ham ko‘zda tutilgan.

Toqayev rasman prezident saylovi g‘olibi deb e’lon qilindi
21 noyabr 2022, 10:29

Toqayev rasman prezident saylovi g‘olibi deb e’lon qilindi

Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Qasim-Jomart Toqayev saylovchilarning 81,31 foiz ovozini olganini ma’lum qildi. Ovoz beruvchilarning 5,8 foizi «Barchaga qarshi» punktini tanlagan.

Mirziyoyev Toqayevni prezident saylovidagi “ishonchli g‘alaba” bilan tabrikladi
21 noyabr 2022, 10:13

Mirziyoyev Toqayevni prezident saylovidagi “ishonchli g‘alaba” bilan tabrikladi

Ekzit-poll natijalariga ko‘ra, 20 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari prezident saylovida Qosim-Jomart Toqayev g‘alaba qozondi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev telefon orqali muloqot chog‘ida uni saylovdagi “ishonchli g‘alaba” bilan tabrikladi.

Toshkentda Qozog‘iston prezidenti saylovida ishtirok etganlar 96 foizni tashkil qildi
20 noyabr 2022, 23:11

Toshkentda Qozog‘iston prezidenti saylovida ishtirok etganlar 96 foizni tashkil qildi

Qozog‘istonning Toshkentdagi elchixonasida tashkil etilgan uchastkada 621 nafar saylovchidan 591 nafari ovoz berdi. Saylovda qatnashganlarning taxminiy ko‘rsatkichi 69 foizdan ko‘proqni tashkil qildi, eng yuqori — Jetisu viloyatida, eng kami esa — Olmaotada — 28,7%. Ostonada esa 48,6% saylovchi ishtirok etdi.

«Qaysi uchastkaga borishni o‘zimiz hal qildik». Xalqaro kuzatuvchilar Qozog‘istondagi saylov jarayoni haqida
20 noyabr 2022, 19:21

«Qaysi uchastkaga borishni o‘zimiz hal qildik». Xalqaro kuzatuvchilar Qozog‘istondagi saylov jarayoni haqida

Qozog‘istondagi prezident saylovlarida qatnashayotgan xalqaro kuzatuvchilar, jumladan Falastin, Italiya, O‘zbekiston, AQSh, Kanada vakillari o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Falastin elchisi qaysi uchastkaga borishni o‘zi hal qilganini aytsa, AQSh vakili norozilik namoyishlari bo‘lmaganini ta’kidladi.

Tadbirkorni «qamattirib qo‘ygani»ni aytib, so‘kingan Angren shahri hokimiga chora ko‘riladi
20 noyabr 2022, 17:59

Tadbirkorni «qamattirib qo‘ygani»ni aytib, so‘kingan Angren shahri hokimiga chora ko‘riladi

Angren shahri hokimi Alisher Raimov hududda qurilayotgan Prezident maktabi ta’minotchilari bilan muloqot chog‘ida haqoratli so‘zlar ishlatgan. Toshkent viloyati hokimligining Odob-axloq komissiyasi viloyat hokimidan Raimovga chora ko‘rishni so‘radi. Uning o‘zi qilgan ishidan «ming pushaymon»ligini bildirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting