Furqat Sidiqov tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, Bahromjon A’loyev TIV rahbari o‘rinbosari etib tayinlandi.
Qonunchilik palatasi O‘zbek-Qirg‘iz davlat chegarasining ayrim uchastkalari hamda Andijon (Kampir-obod) suv ombori suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi hujjatlarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunlarni ma’qulladi. Bosh vazir Abdulla Aripov hududlar almashinuvi tafsilotlarini ma’lum qildi.
Prezident farmoyishi bilan Saida Mirziyoyeva prezident Administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha sho‘’ba mudiri lavozimiga tayinlandi. Shuningdek, u ijtimoiy soha, madaniyat va ta’lim sohalaridagi islohotlar ijrosining borishini ham nazorat qiladi.
O‘zbekiston prezidenti Istanbul shahrida yuz bergan portlash oqibatida insonlar qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Rejep Tayyip Erdo‘g‘anga ta’ziya bildirdi.
Bundan buyon ham doimiy qo‘llab-quvvatlash asnosida ishchi va xizmatchilarning mehnat huquqlarini ta’minlash va ularning ish haqi miqdorini oshirib borish bo‘yicha barcha imkoniyatlar safarbar etiladi, deya ta’kidladi prezident Shavkat Mirziyoyev. Kasaba uyushmalari kunida Toshkentda Kasaba uyushmalari saroyi ochildi.
Samarqandda bo‘lib o‘tgan TDT sammitida a’zo davlatlar o‘rtasida Savdoni yengillashtirish strategiyasi tasdiqlandi va Soddalashtirilgan bojxona koridorlari tizimini shakllantirish to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Shuningdek, Turkiy investitsiya fondini qisqa muddatlarda tashkil etishga qaror qilindi.
Samarqandda 10 noyabr kuni O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon va Vengriyaning birinchi xonimlari maxsus tashkil etilgan «O‘zbekiston ranglari» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an TDT Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishidagi nutqida Shimoliy Kipr tashkilotga kuzatuvchi sifatida a’zo bo‘lgani haqida gapirdi. O‘zbekiston TIV rahbari Shimoliy Kiprni mustaqil davlat sifatida tan olish haqida gap bo‘lish mumkin emasligini ta’kidladi.
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitining asosiy tadbiridan so‘ng, O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Vengriya va Turkmaniston yetakchilari Registon maydonida daraxt ekishdi. Shu kunning o‘zida O‘zbekistonda 2,5 mln tup, qolaversa, Ozarbayjonda 111 ming tup daraxt ekish ko‘zda tutilgan.
Mukofotlarni topshirarkan, Shavkat Mirziyoyev Erdog‘anning «turkiy davlatlar mustaqilligini mustahkamlashdagi jonbozligi»ni, Berdimuhamedovning «yosh avlod tarbiyasiga katta ijobiy ta’sir ko‘rsayotgan ma’rifiy asarlari»ni qayd etib o‘tdi. Marhum adib Chingiz Aytmatov Alisher Navoiy mukofoti bilan taqdirlandi.
TDT sammitida Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev tashkilotning Raqamlashtirish markazini tashkil etish taklifini ilgari surdi. Tuzilma savdo, transport, suv resurslaridan foydalanish, axborot xavfsizligi va boshqa tarmoqlar uchun zarur raqamli yechimlarni ishlab chiqish imkonini beradi.
O‘zbekiston prezidenti TDT sammitida «so‘nggi paytlarda jahonning turli nuqtalaridagi ziddiyatli voqealar turkiy dunyoning umumiy xavfsizligiga ham ta’sir o‘tkazayapti», deya ta’kidladi. Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston masalasi hech qachon nazardan chetda qolmasligi ham muhimligini eslatib o‘tdi.
Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti ishtirokchilariga O‘zbekistonning 2023-yilni Turkiy sivilizatsiyaning yuksalish yili, deb e’lon qilish taklifini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi. “Men ishonaman, Turkiy dunyoni buyuk kelajak kutmoqda”, — dedi u.
TDT sammitida Shavkat Mirziyoyev a’zo mamlakatlar bugungi kunda keskin geosiyosiy ziddiyatlar va global iqtisodiy inqiroz bilan bog‘liq sinovlarni boshdan kechirayotganini ta’kidladi. «Qiyinchiliklarni do‘stlik, hamkorlik va bir-birimizni qo‘llab-quvvatlash orqali yengib o‘tishga qodirmiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Adliya vazirligi E-qaror portalida Toshkent hokimligining shahar budjetiga oid hujjatlari avval “o‘chirilgani”, so‘ngra qayta tiklangani yuzasidan izoh berdi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, faqat hokimlar hujjatlarni e’lon qilish va ulardan foydalanishni cheklash huquqiga ega.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Turkiy davlatlar tashkilotini suverenitet, hududiy yaxlitlik va xavfsizlikka tahdidlarni yengish uchun birgalikdagi imkoniyatlarni oshirishga chaqirdi.
Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an O‘zbekistonning «Oliy darajali Imom Al-Buxoriy» ordeni bilan taqdirlandi. Unga bu yuksak mukofotni davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev topshirdi.
O‘zbekiston TIV Ukraina elchisi bilan uchrashuvda, Ukraina Mudofaa vazirligining O‘zbekiston sanksiya cheklovlarini chetlab o‘tib, Rossiyaga ikki maqsadli mahsulotlar yetkazib bergani haqidagi «asossiz bayonoti» yuzasidan «jiddiy xavotir bildirdi».
Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasida O‘zbekiston va Vengriya yetakchilari uchrashuv o‘tkazdi. Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban muzokara sanoat, kimyo tarmog‘i, farmatsevtika, bank-moliya, transport va logistika sohalaridagi investitsiya loyihalari yuzasidan fikr almashdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Jahonning eng nufuzli 500 musulmoni» («The Muslim 500») ro‘yxatiga kiritildi. Undan Turkiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon rahbarlari ham o‘rin olgan. Qolaversa, ro‘yxatda O‘zbekiston musulmonlari idorasining sobiq raisi, marhum Usmonxon Alimov ham qayd etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting