Siyosat

Surxondaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
20 aprel 2021, 10:48

Surxondaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Ilhom Saparov Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Prezident shu hafta olti mamlakat elchilarini qabul qiladi
19 aprel 2021, 17:32

Prezident shu hafta olti mamlakat elchilarini qabul qiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shu haftada olti davlat va Yevropa Ittifoqining yangi elchilarini qabul qiladi. Bundan tashqari, Xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishini o‘tkazish ham rejalashtirilgan.

Qonun ishlab chiqishda parlamentga resurs yetishmaydi — adliya vaziri
19 aprel 2021, 15:40

Qonun ishlab chiqishda parlamentga resurs yetishmaydi — adliya vaziri

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov qonun loyihasini ishlab chiqish jarayonida ijro hokimiyatining faolligi tizimning resurlariga bog‘liqligini ta’kidladi. Vazirning aytishicha, deputatlarda bunday resurs yo‘qligi uchun ular qiynaladi. «Deputatlarda har doim ham soha bo‘yicha tahlil bo‘lmaydi. Deputatning yordamchisi ham yo‘q», — deydi u.

«Saylovlar bo‘yicha bizga xolisona baho kerak» — Shavkat Mirziyoyev
19 aprel 2021, 12:45

«Saylovlar bo‘yicha bizga xolisona baho kerak» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi va Parlament assambleyasi to‘laqonli missiyasini oktyabrda bo‘lib o‘tadigan saylovlarni kuzatishga taklif qildi.

«Choy ichib, Samarqand oshini yeb ketish uchun kelganingiz yo‘q» — prezident vazirlar 10 kun viloyatda qolishini aytdi
16 aprel 2021, 12:37

«Choy ichib, Samarqand oshini yeb ketish uchun kelganingiz yo‘q» — prezident vazirlar 10 kun viloyatda qolishini aytdi

Prezident vazirlar Samarqandda 10 kun qolishi hamda sohalardagi muammolarni o‘rganishi va ular bo‘yicha yechim taklif qilishi kerakligini ta’kidladi. «Sizlar choy ichib, Samarqand oshini yeb ketish uchun kelganingiz yo‘q. 10 kun shu yerda qolib viloyatdagi holatni yaxshilash uchun ishlaysiz», — dedi davlat rahbari.

Samarqand viloyatining markazi Gulobodga ko‘chadi
16 aprel 2021, 12:37

Samarqand viloyatining markazi Gulobodga ko‘chadi

Samarqand shahrini 1 mln aholi yashaydigan yirik shaharga aylantirish uchun 4 ta tuman hududidan 18 ming gektar yer maydoni qo‘shib beriladi. Bundan tashqari, shahar tarkibida 5 ta yangi tuman tashkil etiladi.

Samarqandcha tajriba — «Mahallabay ishlash markazi» tashkil etiladi
16 aprel 2021, 11:51

Samarqandcha tajriba — «Mahallabay ishlash markazi» tashkil etiladi

Samarqand viloyatida Mahallabay ishlash markazi tashkil etilib, unda har uchta mahallaga bittadan inspektor biriktiriladi. «Inspektorlar mahalla raisining tadbirkorlik va tomorqa bo‘yicha o‘rinbosari bilan yonma-yon turib, kechayu-kunduz ishlaydi. Bu „Samarqand tajribasi“ bo‘ladi», — dedi prezident.

2020 yilda eng ko‘p korrupsiya holatlari qaysi vazirliklarda kuzatilgan?
15 aprel 2021, 17:22

2020 yilda eng ko‘p korrupsiya holatlari qaysi vazirliklarda kuzatilgan?

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining ma’lum qilishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Qurilish vazirligida 2020 yil davomida eng ko‘p korrupsiya holatlari kuzatilgan.

Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Qorasuv mavzesidagi uy-joy qurilishi bilan tanishdi
15 aprel 2021, 16:25

Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Qorasuv mavzesidagi uy-joy qurilishi bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida Qorasuv mavzesida uy-joy qurilishi bilan tanishdi. Davlat rahbari quruvchi tashkilotning sifat uchun mas’uliyati va javobgarligini yanada kuchaytiradigan mexanizm ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi.

Prezidentga Imom Buxoriy ziyoratgohining yangi ko‘rinishi taqdim etildi — foto
15 aprel 2021, 15:50

Prezidentga Imom Buxoriy ziyoratgohining yangi ko‘rinishi taqdim etildi — foto

Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi Imom Buxoriy ziyoratgohida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Majmua loyihasiga ko‘ra, u yerda katta masjid, to‘rtta simmetrik minora, yo‘ldan kirib kelishda xiyobon bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, ziyoratchilar uchun 7 ta mehmonxona, 3 ta avtoturargoh, avtobekat, supermarket, bozorcha barpo etiladi.

Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga jo‘nab ketdi
15 aprel 2021, 10:42

Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga yo‘l oldi. Safar chog‘ida — shahar va tumanlardagi sanoat korxonalari, turizm majmualari, transport infratuzilmasi, yangi uylarni borib ko‘rish rejalashtirilgan.

IREX 15 yildan so‘ng O‘zbekistonga qaytadi
14 aprel 2021, 22:50 1

IREX 15 yildan so‘ng O‘zbekistonga qaytadi

Adliya vazirligi Xalqaro tadqiqotlar va almashuvlar kengashining O‘zbekistondagi filialini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Tashkilot vakolatxonasi 2006 yilda yopilgan edi.

Shvetsiyada O‘zbekiston elchixonasi ochiladi
14 aprel 2021, 22:34

Shvetsiyada O‘zbekiston elchixonasi ochiladi

Shvetsiyada O‘zbekistonning to‘laqonli diplomatik vakolatxonasi ochilishi kutilmoqda. Elchixonaning faoliyati Shvetsiya va boshqa Skandinaviya davlatlari bilan munosabatlarni rivojlantirishga qaratiladi. Shu o‘rinda, O‘zbekistonning Afinadagi diplomatik vakolatxonasi faoliyati tugatiladi.

Shavkat Mirziyoyev Imron Xon bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi
14 aprel 2021, 21:05

Shavkat Mirziyoyev Imron Xon bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston prezidenti Pokiston bosh vaziri Imron Xon bilan videoanjuman shaklida uchrashuv o‘tkazib, ikki davlat o‘rtasida aviaqatnovlarni qayta tiklash, imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitimni imzolash, viza rejimini soddalashtirish, transport-tranzit va boshqa masalalarni muhokama qildi. Pokistonning Serene Air kompaniyasi O‘zbekistonga charter reyslarini boshlashni rejalashtirmoqda.

MSK prezident saylovlariga tayyorgarlikni boshladi
14 aprel 2021, 13:47

MSK prezident saylovlariga tayyorgarlikni boshladi

Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqladi. Dastur pandemiyani hisobga olgan holda huquqiy madaniyat va saylovchilar faolligini oshirish, AKTni saylov jarayoniga joriy etish va saylovga tayyorgarlik vazifalarini belgilaydi.

Samarqandda o‘z uyida qimorxona ochgan shaxsga jinoyat ishi ochildi
14 aprel 2021, 12:42 1

Samarqandda o‘z uyida qimorxona ochgan shaxsga jinoyat ishi ochildi

Payariq tumanida fuqaro o‘z xonadonida qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yin tashkil etgani aniqlandi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi bilan ish ochilib, u protsessual tartibda ushlandi.

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining rahbariyati tayinlandi
14 aprel 2021, 10:33

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining rahbariyati tayinlandi

Alisher Inakov yangi tashkil etilgan Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori bo‘ldi. Shu bilan birga, agentlikning 2 o‘rinbosari ham tayinlandi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining yangi o‘rinbosari tayinlandi
14 aprel 2021, 09:32

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining yangi o‘rinbosari tayinlandi

Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi hamda Davlat bojxona qo‘mitasida turli lavozimlarda ishlab kelgan Baxtiyor Rahimov investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

1 maydan talabalarga ijara to‘lovining 50 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi
13 aprel 2021, 18:10

1 maydan talabalarga ijara to‘lovining 50 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi

Prezident boshchiligida o‘tayotgan videoselektorda 1 maydan talabalarga ijara to‘lovining 50 foizi davlat tomonidan qoplab berilishi ta’kidlandi. Buning uchun 100 mlrd so‘m ajratiladi. «Dastlabki bosqichda ushbu tizim orqali 60 ming nafar yoshlar qamrab olinadi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Hokimlarning ishda qolishi yoshlar bo‘yicha ko‘targan tashabbusiga bog‘liq bo‘ladi — prezident
13 aprel 2021, 17:52

Hokimlarning ishda qolishi yoshlar bo‘yicha ko‘targan tashabbusiga bog‘liq bo‘ladi — prezident

Shavkat Mirziyoyev hokimlarning yoshlar bo‘yicha har 15 kun, 1 oyda nima tashabbus ko‘rsatganiga qarab faoliyatiga baho berilishi, shunga qarab ishda qolish-qolmasligi hal etilishini ta’kidladi. «27 yil yoshlarni o‘qitmadik, dardiga quloq tutmadik. Yoshlar bizdan 20 baravar ilgarilab ketdi», — dedi davlat rahbari.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting