Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Moskvada Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha delegatsiyalar rahbarlarini Rossiya prezidenti Vladimir Putin qabul qildi.
Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan 7 ta tuman va 1 ta shahar ichki ishlar bo‘limlariga yangi boshliqlar tayinlandi.
AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Buxoro viloyatidagi Yomonjar kanalini qayta tiklash ishlarini moliyalashtirdi. 1978 yilda qazilgan kanalda gidropostlar qurilib, o‘zani betonlashtirildi.
Hisob palatasi axborot-tahlil sho‘’basi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Xikmatillo Latipov Andijon viloyati Jalaquduq tumani hokimi etib tayinlandi.
Shirin shahar hokimi sifatida faoliyat yuritib kelgan Abdug‘affor Xojimatov Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimini egalladi. Shuningdek, Andijon va Samarqand viloyatlari hokimlariga ham yangi o‘rinbosarlar tayinlandi.
Polkovnik Abdurahim Mo‘minov prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Zohidjon Ahmadaliyev Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani hokimi etib tayinlandi. Ushbu lavozimni egallab kelayotgan Otabek Rasulov vazifasidan ozod etildi.
Andijon viloyati Asaka tumani hokimi Inomjon Mamadaliyev egallab turgan lavozimidan bo‘shatildi. Uning o‘rniga Andijon viloyati Jalaquduq tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Mansurbek Alixanov tayinlandi. Shuningdek, Sarvarbek Sultonov Sirdaryo viloyati Shirin shahri hokimi bo‘ldi.
Davergeodezkadastr qo‘mitasi negizida Kadastr agentligi tashkil etildi. Qo‘mitaning qishloq xo‘jaligi yerlari sohasidagi vakolatlari Qishloq xo‘jaligi vazirligiga o‘tkaziladi. Yangi agentlik Davlat soliq qo‘mitasi huzurida bo‘ladi.
Qonunchilik palatasi Toshkent tarkibida Yangihayot tumanini tashkil etish hamda Toshkentning Sergeli, Bektemir tumanlari va Toshkent viloyatining Zangiota, Quyichirchiq, Yangiyo‘l va O‘rtachirchiq tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Yangihayot tumani tarkibiga 2131,2 gektar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Qaror Oliy Majlis Senatiga yuborildi.
Parlament quyi palatasining navbatdagi majlisida deputatlar tomonidan Namangan viloyati Namangan shahar tarkibida Davlatobod tumanini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi. Davlatobod tumanining umumiy maydoni — 4 686 gektar bo‘lib, uning tarkibiga Namangan shahrining 25 ta mahallasi o‘tkaziladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida oldin egallagan lavozimlarida uchragan korrupsiya holatlari, O‘zbekistonda korrupsiyani qo‘zg‘atuvchi omillar, qonunchilikda qanday bo‘shliqlar borligi va agentlik davlat byudjetini talon-taroj qilish holatlari bilan qanday kurashishi haqida so‘zlab berdi.
Shavkat Mirziyoyev 30 avgust kuni vafot etgan O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori Fatxulla Ma’sudovni qutqarishga urinishlar haqida gapirdi. «Kechalari ko‘zlarimni yumolmadim», dedi prezident.
O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov SHHT, MDH va KXSHT mudofaa mahkamalari rahbarlari majlisida ishtirok etdi. Ushbu tashkilotlar ilk bor terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha qo‘shma o‘quvlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Toshkent, Samarqand va Qarshida O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasi yodga olindi. Prezident Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, parlament va hukumat vakillari poytaxtdagi yodgorlik poyiga gulchambar qo‘yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Mustaqillikning 29 yilligi munosabati bilan davlat arboblari Sodiq Safoyev va Aziz Abduhakimov hamda tadbirkor Zafar Hoshimov “Gazeta.uz"ga 1991 yil 31 avgust kunini qanday eslab qolganliklari, o‘sha vaqtda qanday tuyg‘ularni his qilganliklari va mustaqillik ular uchun nimani anglatishi haqida aytib berishdi.
31 avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi. Davlat rahbari mamlakat mustaqilligining 29 yillik bayrami munosabati bilan yig‘ilganlarni tabrikladi.
Qashqadaryo viloyatida «Avtomobilsiz 1 kun» loyihasi doirasida viloyat sektor rahbarlari, tuman va shahar hokimlari velopoyga uyushtirishdi. Unda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev va Kitob tumani hokimi Alisher Zokirovlar g‘olib bo‘lishdi.
Toshkent yerusti halqa metrosining birinchi bosqichi ishga tushdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev bu yerga tashrif buyurib, jamoatchilik bilan birga poyezdda yurdi.
Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri hamda investitsiyalar va tashqi savdo vaziri bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Unda Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish, ikki davlat o‘rtasidagi savdo, transport va energetika masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida 10 yillik elektr energiyasini yetkazib berish to‘g‘risidagi bitim imzolandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting