Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vaziri Oljas Bektenov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Tomonlar to‘siqlarni bartaraf etish va o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish masalalarini muhokama qildi.
Murodjon Abdurahimov Chirchiq shahri hokimi etib tayinlandi. U tayinlovga qadar Vazirlar Mahkamasida mas’ul vazifada ishlagan. Shaharning sobiq hokimi Davron Hidoyatov boshqa ishga o‘tishi sabab ozod etilgandi.
Bekzot Mavlonov prezidentning huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘ldi. U bunga qadar Prezident administratsiyasida departament rahbari, prezidentning davlat maslahatchisi o‘rinbosari va bosh prokuror o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Prezident Sayxunobod tumanidagi “Ittifoq” mahallasida bo‘lib, tomorqa egalari bilan suhbatlashdi. Avvalroq Shavkat Mirziyoyev hududni tomorqa va uy xo‘jaliklari imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish namunasiga aylantirish loyihasi haqida aytgan edi.
Toshkent viloyati deputatlari viloyatning ikki tumani hududining bir qismini poytaxtning “Yangi Toshkent” tumaniga o‘tkazishni ma’qulladi. Belgilanganidan 8,51 gektar ko‘proq yer ajratildi.
O‘zbekistonning Singapurga yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Alisher Qayumov o‘z vazifasini bajarishga kirishdi. U bunga qadar Germaniyadagi elchixonada maslahatchi bo‘lib ishlab kelayotgandi.
Shavkat Mirziyoyev payshanba kuni Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumaniga boradi. Tumanda tomorqa va uy xo‘jaliklaridagi imkoniyatlar orqali aholi daromadlarini oshirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkaziladi.
Chirchiq shahri hokimi Davron Hidoyatov boshqa ishga o‘tishi kutilmoqda. Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev shu munosabat bilan unga chopon va faxriy yorliq topshirdi.
Timur Rahmonov O‘zbekistonning Latviyadagi elchisi bo‘ldi. U bunga qadar Novosibirsk shahridagi bosh konsul lavozimida ishlagan.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kobulda Afg‘oniston muvaqqat hukumati bilan muzokaralar o‘tkazdi. Ular muloqotda Afg‘onistondagi savdo, tranzit, investitsiyalarni rivojlantirish, suv resurslaridan foydalanish sohasidagi hamkorlik va boshqa masalalarga to‘xtaldi (+foto).
Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumaniga Musurmankul Xatamov hokim bo‘ldi. U avval viloyatning boshqa tumanida hokim yordamchisi vazifasida ishlagan.
Nyu-York shahrida Tanzila Narbayeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi BMT Ayollar holati bo‘yicha komissiyasining sessiyasida qatnashmoqda. Tashrif davomida tashkilot tuzilmalari rahbarlari, prezidentlar va hukumat rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi ham reja qilingan.
Toshkent shahri Bektemir tumaniga avval Chilonzor tumani hokimining “Gavhar” mahallasidagi yordamchisi bo‘lib ishlagan Nurilla Abduraxmanov hokim etib tayinlandi.
Oybek Shaxavdinov O‘zbekistonning qarorgohi Budapesht shahrida joylashgan Vengriyadagi birinchi elchisi bo‘ldi. Bungacha O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi, bir vaqtning o‘zida Vengriyadagi elchisi ham bo‘lgan.
Ilzat Kasimov investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
O‘zbekiston va Beliz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommyunike imzolandi. Markaziy Amerikada joylashgan Beliz O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 147-davlat bo‘ldi.
O‘zbekistonning Singapur va Avstraliyadagi elchisi Qahramon Shokirov o‘z missiyasini yakunladi. U TIV markaziy apparati boshqarma boshlig‘i etib tayinlandi.
XDP Yunus Rajabiy mahallasidagi futbol maydoni va yashil hududni buzib, o‘rnida bino qurishga qarshi chiqqan fuqarolarni qo‘llab-quvvatladi. Avvalroq “Gazeta.uz” mazkur vaziyat haqida yozgandi. Partiya Toshkent shahri hokimligiga so‘rov yuborib, sobiq hokim qarorini qayta ko‘rib chiqishni so‘ramoqda.
Lixtenshteyn O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 146-davlat bo‘ldi. Bu haqdagi hujjat Nyu-Yorkda imzolandi.
Prezident hukumat, parlament a’zolari va boshqa rasmiylar hamrohligida yangi Tashkent City Mall majmuasini borib ko‘rdi. U do‘konlar, o‘yin maydonlari, fitnes markazi, mamlakatdagi birinchi IMAX kinoteatri va 31 qavatli mehmonxonani aylanib chiqdi, boshqa shaharlarda ham bunday markazlar zarurligini aytdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting