Siyosat

O‘zbekiston fuqarolari Ozarbayjonda 15 kun davomida ro‘yxatdan o‘tmay yurishi mumkin
13 fevral 2024, 18:04

O‘zbekiston fuqarolari Ozarbayjonda 15 kun davomida ro‘yxatdan o‘tmay yurishi mumkin

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida tuzilgan bayonnomaga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, fuqarolar mamlakatga kirish/chiqish, tranzit o‘tish va 15 kun muddatga o‘zlari bo‘lib turgan davlatda ro‘yxatdan o‘tish majburiyatidan ozod etildi. Mazkur qoida yanvar oyidan kuchga kirgan.

Batirbek Kaipbergenov Qoraqalpog‘iston oliy ta’lim vaziri bo‘ldi
13 fevral 2024, 09:26

Batirbek Kaipbergenov Qoraqalpog‘iston oliy ta’lim vaziri bo‘ldi

TATUning Nukus filiali direktori sifatida ishlab kelgan Batirbek Kaipbergenov Qoraqalpog‘iston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri etib tayinlandi. U mashhur yozuvchi Tulepbergen Kaipbergenovning o‘g‘li hisoblanadi.

“Toshshahartransxizmat” rahbariga nisbatan ochilgan jinoyat ishi doirasida yana bir necha kishi ushlandi
12 fevral 2024, 17:28

“Toshshahartransxizmat” rahbariga nisbatan ochilgan jinoyat ishi doirasida yana bir necha kishi ushlandi

Poytaxt transport boshqarmasi va “Toshshahartransxizmat” AJning sobiq rahbari Anvar Jo‘rayevga nisbatan jinoyat ishi DXX tomonidan olib borilmoqda. U kompaniya bosh muhandisi va 2 avtobus saroyi rahbari bilan til biriktirib, ehtiyot qismlar, yoqilg‘i mahsulotlarini talon-toroj qilishda gumonlanmoqda.

Ashraf Xodjayev O‘zbekistonning Qatardagi birinchi elchisi bo‘ldi
11 fevral 2024, 15:53

Ashraf Xodjayev O‘zbekistonning Qatardagi birinchi elchisi bo‘ldi

Ashraf Xodjayev O‘zbekistonning Qatardagi birinchi elchisi etib tayinlandi. U bunga qadar TIV departamenti direktori bo‘lib ishlab kelayotgandi.

Markaziy saylov komissiyasining 14 nafar a’zosi vakolati tugatildi, 2 nafar yangi a’zo saylandi
10 fevral 2024, 18:28

Markaziy saylov komissiyasining 14 nafar a’zosi vakolati tugatildi, 2 nafar yangi a’zo saylandi

Senatorlar Markaziy saylov komissiyasining 21 nafar a’zosidan 14 nafarini o‘z arizalariga ko‘ra vakolatini tugatish va 2 nafar yangi a’zo saylash bo‘yicha qaror qabul qildi. Buning ortidan MSK a’zolari soni 9 nafargacha tushdi.

Foto: O‘zbekiston va Belarus prezidentlari Amirsoyda chang‘i uchdi
9 fevral 2024, 21:00

Foto: O‘zbekiston va Belarus prezidentlari Amirsoyda chang‘i uchdi

Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Amirsoy” tog‘ dam olish maskanida bo‘ldi. Ular birgalikda chang‘i uchdi. Foto.

Markaziy saylov komissiyasi tarkibi o‘zgartirilmoqda
9 fevral 2024, 15:35

Markaziy saylov komissiyasi tarkibi o‘zgartirilmoqda

Qonunchilik palatasi deputatlari Markaziy saylov komissiyasining 14 nafar a’zosi vakolatlarini tugatish va 2 nafar yangi a’zoni saylash bo‘yicha qarorlar qabul qilib, Senatga yubordi. Amaldagi qonunchilikda MSK parlament palatalari tomonidan 9 nafar a’zodan iborat tarkibda tuzilishi belgilangan.

“Qo‘lingizdan ko‘p narsa keladi, sizdan o‘rganishimiz kerak”. Aleksandr Lukashenko — Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda
9 fevral 2024, 00:48

“Qo‘lingizdan ko‘p narsa keladi, sizdan o‘rganishimiz kerak”. Aleksandr Lukashenko — Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda

Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston “ajoyib sur’atlarda” rivojlanayotganini aytdi. U tovar ayirboshlash hajmi yetarli emasligini bildirib, davlat rahbarlari o‘rtasida kelishuv mavjud ekan, aloqalarni rivojlantirishga chaqirdi. “Hokimiyatga yoshlar keladi — ular boshqacha”.

O‘zbekiston va Belarus o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 1 mlrd dollardan oshirmoqchi
8 fevral 2024, 19:05

O‘zbekiston va Belarus o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 1 mlrd dollardan oshirmoqchi

O‘zbekiston va Belarus prezidentlari o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 1 mlrd dollardan oshirish, Janubiy Osiyoga eltuvchi savdo koridorlaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, oziq-ovqat va yengil sanoat sohalarida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi.

O‘zbekiston va Belarus energetika sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida bayonnoma imzoladi
8 fevral 2024, 18:29

O‘zbekiston va Belarus energetika sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida bayonnoma imzoladi

O‘zbekiston va Belarus hukumatlari ilm-fan va ishlab chiqarish, energetika, intellektual mulk, agrosanoat, turizm va boshqa sohalarni o‘z ichiga olgan jami 14 ta hujjatni imzoladi. Davlatlar rahbarlari qo‘shma bayonot qabul qildi.

“Ko‘ksaroy”da Aleksandr Lukashenkoni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Foto
8 fevral 2024, 13:04

“Ko‘ksaroy”da Aleksandr Lukashenkoni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Foto

“Ko‘ksaroy” qarorgohida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Birgalikda suratga tushilgach, oliy darajadagi muzokaralar boshlandi. Foto.

Mirziyoyev va Lukashenko birgalikda Ozarbayjon prezidentiga qo‘ng‘iroq qildi
7 fevral 2024, 23:19

Mirziyoyev va Lukashenko birgalikda Ozarbayjon prezidentiga qo‘ng‘iroq qildi

Shavkat Mirziyoyev va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ozarbayjonlik hamkasblari Ilhom Aliyevga qo‘ng‘iroq qilib, prezidentlik saylovi muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabrikladi. Exit-poll natijalariga ko‘ra, u saylovda 93,9 foiz ovoz bilan g‘alaba qozonmoqda.

O‘zbekiston va Belarus prezidentlari Humo Arena`dagi xokkey uchrashuviga tashrif buyurdi
7 fevral 2024, 20:24

O‘zbekiston va Belarus prezidentlari Humo Arena`dagi xokkey uchrashuviga tashrif buyurdi

O‘zbekiston va Belarus prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko Toshkentdagi Humo Arena muz saroyida bo‘lib o‘tgan xokkey bo‘yicha norasmiy uchrashuvga tashrif buyurdi.

Belarus prezidenti O‘zbekistonga kelmoqda
7 fevral 2024, 15:03

Belarus prezidenti O‘zbekistonga kelmoqda

Belarus prezidenti rasmiy tashrif bilan Toshkentga kelmoqda. Kecha shaharda ikki davlat bayroqlari ilindi, chorshanba kuni ertalabdan ko‘cha ekranlarida Aleksandr Lukashenkoga atalgan qutlovlar paydo bo‘ldi. Belarus bosh vaziri o‘rinbosari va qator vazirlar yetib kelgan, forumlar, muzokaralar bo‘lmoqda.

Akmaljon Mirzaolimov Xo‘jaobod tumani hokimi v.v.b. bo‘ldi
7 fevral 2024, 09:56

Akmaljon Mirzaolimov Xo‘jaobod tumani hokimi v.v.b. bo‘ldi

Andijonning Xo‘jaobod tumaniga Akmaljon Mirzaolimov hokim vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. U bu lavozimga qadar avvalgi hokim O‘tkirbek Shukurovning birinchi o‘rinbosari sifatida ishlayotgandi.

O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi konsulxonasiga rahbar tayinlandi
7 fevral 2024, 09:41

O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi konsulxonasiga rahbar tayinlandi

Abdurahmon Mahmudov O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi konsulxonasiga rahbar bo‘ldi. U 2019−2023-yillarda Ukrainadagi elchixonada birinchi kotib, so‘ngra maslahatchi sifatida ishlagan.

Guliston shahri hokimi sog‘lig‘i tufayli lavozimidan ozod etildi
6 fevral 2024, 22:13

Guliston shahri hokimi sog‘lig‘i tufayli lavozimidan ozod etildi

2019-yilning fevralidan beri Guliston shahrini boshqarib kelgan To‘lqinjon Dadabayev lavozimidan ozod etildi. Bunga uning sog‘lig‘idagi muammolari sabab qilib ko‘rsatilgan. Hokim vazifasini vaqtincha bajarish uning o‘rinbosari G‘ayrat Botirov zimmasiga yuklatildi.

“Ta’lim loyihalari markazi”ga ta’lim vazirliklari va boshqa davlat organlari taklif va tavsiyalar berib boradi
6 fevral 2024, 17:06

“Ta’lim loyihalari markazi”ga ta’lim vazirliklari va boshqa davlat organlari taklif va tavsiyalar berib boradi

O‘zbekistonda “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi tashkil etilmoqda. Uni ochish haqida yanvar oyi oxirida e’lon berilgandi. Tashkilot har oy Prezident administratsiyasiga hisobot beradi. Undagi taklif va tavsiyalarni ta’lim vazirliklari va boshqa davlat organlari berib boradi.

Bektemir tumani hokimi lavozimidan ozod etildi
6 fevral 2024, 16:23

Bektemir tumani hokimi lavozimidan ozod etildi

2021-yildan buyon Toshkent shahri Bektemir tumani hokimi sifatida ishlab kelgan Tapil Mahamadziyayev lavozimidan ozod qilindi. Yanvarda prezident bosh vazirga Mahamadziyayevning lavozimiga loyiqligini hal qilishni topshirgandi. Tumanni vaqtincha boshqarish hokimning birinchi o‘rinbosari Fathulla Nigmanovga yuklandi.

Ramazon Ashrapov IIV rahbari o‘rinbosari — Tergov departamenti boshlig‘i bo‘ldi
6 fevral 2024, 11:25

Ramazon Ashrapov IIV rahbari o‘rinbosari — Tergov departamenti boshlig‘i bo‘ldi

Ramazon Ashrapov Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — Tergov departamenti boshlig‘i bo‘ldi. U shu paytga qadar Toshkent viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting