Andijonning Xo‘jaobod tumaniga Jamshid Bozorboyev hokim etib tayinlandi. Ushbu lavozimga qadar u viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Otavullaxon Rasulov Andijon viloyatining Oltinko‘l tumaniga, Muhammad Haydarov Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumaniga hokim etib tayinlandi.
Salkam 2 yildan buyon Andijon viloyati hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Gulnora Abdullayeva lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini Gulnora Ahmedova egalladi.
Vohid Hamidov Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori lavozimidan ozod etildi. U bu lavozimga o‘tgan yilning iyun oyida tayinlangandi. Markaz aprel oyida tashkil etilgan.
Bosh rejalar yo‘qligi sababli O‘zbekistonda ayrim shahar va qishloqlar faqat eniga kengaymoqda. Bu infratuzilma xarajatlari oshishiga, qishloq xo‘jaligi yerlari kamayishiga olib kelmoqda, dedi prezident. U urbanizatsiya jarayonlarini tartibga solish bo‘yicha konsepsiya va qonun ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.
O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida tuzilgan bayonnomaga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, fuqarolar mamlakatga kirish/chiqish, tranzit o‘tish va 15 kun muddatga o‘zlari bo‘lib turgan davlatda ro‘yxatdan o‘tish majburiyatidan ozod etildi. Mazkur qoida yanvar oyidan kuchga kirgan.
TATUning Nukus filiali direktori sifatida ishlab kelgan Batirbek Kaipbergenov Qoraqalpog‘iston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri etib tayinlandi. U mashhur yozuvchi Tulepbergen Kaipbergenovning o‘g‘li hisoblanadi.
Poytaxt transport boshqarmasi va “Toshshahartransxizmat” AJning sobiq rahbari Anvar Jo‘rayevga nisbatan jinoyat ishi DXX tomonidan olib borilmoqda. U kompaniya bosh muhandisi va 2 avtobus saroyi rahbari bilan til biriktirib, ehtiyot qismlar, yoqilg‘i mahsulotlarini talon-toroj qilishda gumonlanmoqda.
Ashraf Xodjayev O‘zbekistonning Qatardagi birinchi elchisi etib tayinlandi. U bunga qadar TIV departamenti direktori bo‘lib ishlab kelayotgandi.
Senatorlar Markaziy saylov komissiyasining 21 nafar a’zosidan 14 nafarini o‘z arizalariga ko‘ra vakolatini tugatish va 2 nafar yangi a’zo saylash bo‘yicha qaror qabul qildi. Buning ortidan MSK a’zolari soni 9 nafargacha tushdi.
Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Amirsoy” tog‘ dam olish maskanida bo‘ldi. Ular birgalikda chang‘i uchdi. Foto.
Qonunchilik palatasi deputatlari Markaziy saylov komissiyasining 14 nafar a’zosi vakolatlarini tugatish va 2 nafar yangi a’zoni saylash bo‘yicha qarorlar qabul qilib, Senatga yubordi. Amaldagi qonunchilikda MSK parlament palatalari tomonidan 9 nafar a’zodan iborat tarkibda tuzilishi belgilangan.
Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston “ajoyib sur’atlarda” rivojlanayotganini aytdi. U tovar ayirboshlash hajmi yetarli emasligini bildirib, davlat rahbarlari o‘rtasida kelishuv mavjud ekan, aloqalarni rivojlantirishga chaqirdi. “Hokimiyatga yoshlar keladi — ular boshqacha”.
O‘zbekiston va Belarus prezidentlari o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 1 mlrd dollardan oshirish, Janubiy Osiyoga eltuvchi savdo koridorlaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, oziq-ovqat va yengil sanoat sohalarida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi.
O‘zbekiston va Belarus hukumatlari ilm-fan va ishlab chiqarish, energetika, intellektual mulk, agrosanoat, turizm va boshqa sohalarni o‘z ichiga olgan jami 14 ta hujjatni imzoladi. Davlatlar rahbarlari qo‘shma bayonot qabul qildi.
“Ko‘ksaroy” qarorgohida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Birgalikda suratga tushilgach, oliy darajadagi muzokaralar boshlandi. Foto.
Shavkat Mirziyoyev va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ozarbayjonlik hamkasblari Ilhom Aliyevga qo‘ng‘iroq qilib, prezidentlik saylovi muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabrikladi. Exit-poll natijalariga ko‘ra, u saylovda 93,9 foiz ovoz bilan g‘alaba qozonmoqda.
O‘zbekiston va Belarus prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko Toshkentdagi Humo Arena muz saroyida bo‘lib o‘tgan xokkey bo‘yicha norasmiy uchrashuvga tashrif buyurdi.
Belarus prezidenti rasmiy tashrif bilan Toshkentga kelmoqda. Kecha shaharda ikki davlat bayroqlari ilindi, chorshanba kuni ertalabdan ko‘cha ekranlarida Aleksandr Lukashenkoga atalgan qutlovlar paydo bo‘ldi. Belarus bosh vaziri o‘rinbosari va qator vazirlar yetib kelgan, forumlar, muzokaralar bo‘lmoqda.
Andijonning Xo‘jaobod tumaniga Akmaljon Mirzaolimov hokim vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. U bu lavozimga qadar avvalgi hokim O‘tkirbek Shukurovning birinchi o‘rinbosari sifatida ishlayotgandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting