2020-yilning iyunidan beri Toshkent viloyati Ohangaron shahriga hokimlik qilib kelgan Akrom Eshonqulov lavozimini tark etgani haqida e’lon berdi. “Ish jarayonida birontangizni ranjitgan bo‘lsam, barchalaringizdan uzr so‘rayman. Xayr jonajon shahrim”, — deb yozdi u.
O‘zbekiston TIVning boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Ayubxon Yunusov mamlakatning Kuvaytdagi elchisi etib tayinlandi. 50 yoshli diplomat 2016−2022-yillarda elchi bo‘lib ishlagan Bahromjon Aloyev o‘rnini egalladi.
Toshkent viloyati Chinoz tumaniga Sherzod Salixov hokim etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u Toshkent tumani hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Shavkat Mirziyoyev “El-yurt umidi” jamg‘armasi Prezident administratsiyasi huzuriga o‘tkazilishi va xorijda o‘qitish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishini ma’lum qildi. Jamg‘arma hisobidan yoshlarni o‘qishga yuborishda malakali va sifatli injener hamda texnologlar tayyorlashga ustuvorlik beriladi.
O‘zbekistonning Belarusdagi yangi tayinlangan elchisi Rahmatulla Nazarov Minskda o‘z vazifasini bajarishga kirishdi. U 2021-yildan buyon elchixona maslahatchisi, muvaqqat ishlar vakili sifatida ishlab kelayotgandi.
O‘zbekistonning O‘monga yangi tayinlangan elchisi Abdusalom Xatamov Maskat shahriga yetib bordi. U 2018-yildan buyon Yekaterinburg (Rossiya) shahridagi bosh konsullikni boshqarib kelayotgandi.
Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra O‘zbekiston Bishkek issiqlik elektr stansiyasida yuz bergan avariya munosabati bilan Qirg‘izistonga yordam beradi. O‘shga Andijondan suyultirilgan gaz ballonlari yordam sifatida jo‘natildi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaga Farxod Boqiyev hamda Sardor Radjabov o‘rinbosar etib tayinlandi. Boqiyev Senat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, Radjabov esa mazkur vazirlik departamenti direktori sifatida ishlab kelayotgandi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markaziga Otabek Hasanov rahbar etib tayinlandi. U bunga qadar Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori birinchi o‘rinbosari edi.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori lavozimida ishlab kelgan Kongratbay Sharipov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
2019-yilning sentabridan buyon Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari sifatida ishlagan Minhojiddin Hojimatov (Minhojiddin Mirzo) ishdan olindi. U Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy masalalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
O‘zMTRKni salkam 20 yil boshqargan Alisher Xodjayev lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga bosh vazir kotibiyati rahbari bo‘lib ishlagan Abdurashid Jo‘raboyev tayinlandi.
O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov Afg‘oniston mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Muhammad Yoqub bilan uchrashdi. Ular chegara va ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.
2023-yilda 3575 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan, bu avvalgi yilga nisbatan 14,7 foizga ko‘p degani. Katta farq bilan yetakchilik qilayotgan asosiy jinoyat turi mulkni o‘g‘irlashdir. Respublika darajasidagi amaldorlar 2022-yilga nisbatan 55 foizga kam hukm qilingan.
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev 10 ta shahar va tumandagi bosh shifokorlarni ishdan bo‘shatish topshirig‘ini berdi. Ular mahalliy analoglar o‘rniga chetdan keltirilgan dorilarni sotib olib, “obnal firmalar"dan foydalanadi. Hokim shifokorlar dorixonalar manfaati uchun 8−10 talab dori yozib berishini aytdi.
Ekologiya vazirligi Toshkentda havo sifatini yaxshilash uchun qilinishi lozim bo‘lgan shoshilinch choralarni e’lon qilgandi. Vazirlik rahbari Aziz Abduhakimov “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida havo ifloslanishining sabablari, Ai-80 benzinini cheklash va qurilishlarni taqiqlash kabi takliflar mazmunini tushuntirdi.
Bosh vazir o‘rinbosari Achilbay Ramatov kompleksiga 3 ta vazirlik va idora, 3 ta inspeksiya, 5 ta korxona, 11 rahbar, 41 o‘rinbosar, 12 ming boshqaruv xodimi va 224 nafar hokim o‘rinbosari kiradi. “Odamlarimiz eng ko‘p norozi bo‘lgan soha Ramatovning kompleksi”, — dedi prezident.
AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya va Yaponiya kabi davlatlar BMTning falastinlik qochqinlar bo‘yicha agentligi (UNRWA)ni moliyalashtirishni vaqtincha to‘xtatdi. Bunga tashkilot xodimlari HAMASning Isroilga hujumiga aloqadorlikda ayblagani sabab bo‘ldi. BMT rahbari tergov boshlanganini e’lon qildi.
Prezident ekologik muammolarga to‘xtalib, Toshkent shahrida chiqindi gazlar miqdori yuqoriligini ta’kidladi. Hududlarning ekologik reytingini joriy etish, korxona, sement zavodlarida chang va gaz tozalash uskunalarini o‘rnatish, poytaxt atrofida “yashil belbog‘” yaratish va boshqa ko‘rsatmalar berildi.
Prezident 2023-yilda 16 ta tumanda birorta ko‘p qavatli uy-joy qurilmagani, hokimlar buni reja ham qilmaganini aytdi. Bosh vazirga mazkur tumanlar hokimlarining lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqish topshirildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting