Siyosat

AQSh O‘zbekistonni Global sog‘liqni saqlash xavfsizligi dasturiga kiritadi
9 sentabr 2023, 13:27

AQSh O‘zbekistonni Global sog‘liqni saqlash xavfsizligi dasturiga kiritadi

O‘zbekiston AQSh Global sog‘liqni saqlash xavfsizligi dasturining 50 ta hamkor davlatidan biriga aylanadi. Bu haqda Toshkentda kelishuvga erishdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi va USAID ham xavfsiz va sifatli dori vositalaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish bo‘yicha yangi memorandum imzoladi.

Qobul Berdiyev FVV akademiyasi rahbari lavozimini tark etdi
8 sentabr 2023, 14:42

Qobul Berdiyev FVV akademiyasi rahbari lavozimini tark etdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi rahbari Qobul Berdiyev egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu lavozimni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i Ravshan Xaydarov egalladi.

O‘zbekiston FAOning “1000 ta raqamli qishloq” tashabbusiga qo‘shiladi
8 sentabr 2023, 09:46

O‘zbekiston FAOning “1000 ta raqamli qishloq” tashabbusiga qo‘shiladi

Shavkat Mirziyoyev va FAO rahbari Toshkentdagi muzokaralarda 2030-yilgacha bo‘lgan yangi hamkorlik dasturini muhokama qildi. U qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, uni raqamlashtirish (jumladan, “1000 ta raqamli qishloq” tashabbusida ishtirok etish) va boshqa chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

Akademik Vladimir Kvint O‘zbekistonga Suv resurslari strategiyasini ishlab chiqishda yordam beradi
7 sentabr 2023, 16:43

Akademik Vladimir Kvint O‘zbekistonga Suv resurslari strategiyasini ishlab chiqishda yordam beradi

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Kuchkarov akademik Vladimir Kvint bilan Kuzbass strategiyasi misolida O‘zbekistonning 2030-yilgacha cuv resurslari bo‘yicha yangi strategiyasini ishlab chiqishni muhokama qildi. “Vaziyat falokatli emas, hali ikki-uch yil bor, biroq juda kritik nuqtada”, — dedi Kvint.

Eng zarur mahsulotlar savdosi va transportirovkasida to‘liq erkinlik tarafdorimiz — Shavkat Mirziyoyev
7 sentabr 2023, 11:17

Eng zarur mahsulotlar savdosi va transportirovkasida to‘liq erkinlik tarafdorimiz — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya ishtirokchilariga murojaat yo‘llab, O‘zbekiston eng zarur mahsulotlar savdosi va transportirovkasida to‘liq erkinlik tarafdori ekanini ta’kidladi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi SSVga qaytarildi
7 sentabr 2023, 09:17

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi SSVga qaytarildi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Sog‘liqni saqlash vazirligi tuzilmasiga qaytarildi. O‘tgan yilning dekabr oyida ma’muriy islohotlar doirasida u Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tarkibiga o‘tkazilgandi.

Samarqandda tug‘ilgan Rustem Umerov Ukraina mudofaa vaziri etib tayinlandi. Kim u?
6 sentabr 2023, 17:32

Samarqandda tug‘ilgan Rustem Umerov Ukraina mudofaa vaziri etib tayinlandi. Kim u?

O‘zbekistonda tug‘ilgan Rustem Umerov Ukraina mudofaa vaziri etib tayinlandi. Uni Sharq, xususan, arab mamlakatlarida yaxshi obro‘ va e’tiborga ega shaxs deya ta’riflashadi. U Rossiya bilan tinchlik muzokaralari va asirlar almashinuvlarida qatnashgan. “Gazeta.uz” Umerovning tarjimai holini havola qiladi.

“Sizning tinchliksevarlik yo‘lingiz bizning ham yo‘nalishimizdir”. Aleksandr Lukashenko — O‘zbekiston haqida
5 sentabr 2023, 22:35

“Sizning tinchliksevarlik yo‘lingiz bizning ham yo‘nalishimizdir”. Aleksandr Lukashenko — O‘zbekiston haqida

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Minskda O‘zbekiston Senati raisi Tanzila Narbayevani qabul qilarkan, mamlakatga va Shavkat Mirziyoyevga munosabati haqida gapirdi. “Sizda juda yaxshi prezident bor. Men uning ko‘zlariga qarab turib ham aytaman: senga ishongan xalqqa pand bermasliging kerak”, — dedi u.

“Siyosat izchilligi va ishonchli ma’lumotlar tahlili muhim” — Matilda Dimovska
4 sentabr 2023, 17:39

“Siyosat izchilligi va ishonchli ma’lumotlar tahlili muhim” — Matilda Dimovska

Siyosat izchilligi, muvofiqlashtirilgan harakatlar va ishonchli ma’lumotlar tahlili rivojlanishning zamonaviy muammolarini hal qilish kalitidir. BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska mamlakatdagi missiyasini yakunlanishidan oldin “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida shunday fikr bildirdi.

Qurilish vaziriga o‘rinbosar tayinlandi
3 sentabr 2023, 17:52

Qurilish vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

Prezident qarori bilan Toir Alimatov qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.

“Adolatli qonunlar bo‘yicha vijdonan yashash”. Prezident tabrigida nimalarga to‘xtaldi?
1 sentabr 2023, 11:26

“Adolatli qonunlar bo‘yicha vijdonan yashash”. Prezident tabrigida nimalarga to‘xtaldi?

Prezident O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligi bilan tabriklab, ekologiya, kuchli fuqarolik jamiyati va OAVning ahamiyati, ayollarga teng imkoniyatlar yaratish, bag‘rikenglik, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish kabi masalalarga to‘xtaldi. “Davlatning vazifasi insonlarni baxtli qilishdir”, — deya eslab o‘tdi u.

Mustaqillik bayrami arafasida 286 kishi afv etildi
31 avgust 2023, 19:32

Mustaqillik bayrami arafasida 286 kishi afv etildi

O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan 286 nafar mahkum afv etildi. Ularning 39 nafarini ayollar, 22 nafarini 60 yoshdan oshgan erkak, 30 nafarini chet davlat fuqarolari, 3 nafarini taqiqlangan tashkilotlar ishtirokchilari tashkil etadi.

O‘zbekiston Rossiyaning Belgorod viloyatiga 12 tonna insonparvarlik yordamini yubordi
31 avgust 2023, 12:46

O‘zbekiston Rossiyaning Belgorod viloyatiga 12 tonna insonparvarlik yordamini yubordi

Rossiyaning Belgorod viloyatiga O‘zbekistonning davlat, jamoat va nodavlat tashkilotlari tomonidan 12 tonna insonparvarlik yordami jo‘natildi. Yukda kiyim-kechak va poyabzallar, dori-darmon, shuningdek, birinchi sinf o‘quvchilari uchun maktab to‘plamlari mavjud.

Samarqandda Osiyo va Yevropa davlatlari vakillari oziq-ovqat xavfsizligini muhokama qiladi
31 avgust 2023, 11:19

Samarqandda Osiyo va Yevropa davlatlari vakillari oziq-ovqat xavfsizligini muhokama qiladi

7−8-sentabrda Samarqandda bo‘ladigan Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiyada 30 dan ortiq davlat, shuningdek, xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashadi. Kun tartibidan “Nol ochlik” maqsadiga erishish, mamlakatlararo mahsulot yetkazib berish uchun ekspress yo‘laklarni ochish va boshqalar o‘rin olgan.

O‘zbekiston prezidenti yangi elchilarni qabul qildi
30 avgust 2023, 22:07

O‘zbekiston prezidenti yangi elchilarni qabul qildi

O‘zbekiston prezidenti Xitoy, Malayziya, Buyuk Britaniya, Turkmaniston va Bangladeshning yangi elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi.

O‘zbekistonda yosh rahbarlarning yillik TOP-40 reytingi e’lon qilindi
30 avgust 2023, 12:09

O‘zbekistonda yosh rahbarlarning yillik TOP-40 reytingi e’lon qilindi

“Yuksalish” umummilliy harakati O‘zbekistondagi 40 yoshgacha bo‘lgan istiqbolli yosh rahbarlar ro‘yxatini tuzdi. Bu yilgi reytingda rahbarlar ro‘yxatiga nodavlat sektor vakillari ham kiritildi.

Bangladeshning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
30 avgust 2023, 10:08

Bangladeshning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Muhammad Monirul Islom Bangladeshning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. TIVda uning ishonch yorliqlari nusxalari qabul qilindi.

Yangiariq tumaniga hokim v.b. tayinlandi
30 avgust 2023, 09:20

Yangiariq tumaniga hokim v.b. tayinlandi

Kamal Atajanov X️orazm viloyati Yangiariq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi. U bunga qadar “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasida boshqarma boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

Foto: Prezident Respublika bolalar kutubxonasini ochib berdi
29 avgust 2023, 23:56

Foto: Prezident Respublika bolalar kutubxonasini ochib berdi

Prezident restavratsiyadan chiqqan Respublika bolalar kutubxonasini ochib berdi. Rekonstruksiya loyihasi Sankt-Peterburgning Ludi Architects byurosi tomonidan amalga oshirildi. Kutubxona o‘z eshiklarini 31-avgust kuni ochadi.

O‘zbekiston prezidenti yerusti metrosining yangi uchastkasini borib ko‘rdi
29 avgust 2023, 23:43

O‘zbekiston prezidenti yerusti metrosining yangi uchastkasini borib ko‘rdi

“Toshkent yerosti va yerusti metro yo‘llari halqaga aylandi”. O‘zbekiston prezidenti Qo‘yliqdan Sergeligacha bo‘lgan yerusti metrosining yangi uchastkasini borib ko‘rdi, metroda yurdi. Foto.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting