Bosh prokuror o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan Salom Samadov Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi bo‘ldi.
Prezident O‘zbekistonning Qatar bilan investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish hamda daromad soliqlari bo‘yicha imzolangan iqtisodiy bitimlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi.
Qoraqalpog‘iston adliya vaziri birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Elmurod Tursunov ushbu vazirlikka rahbar bo‘ldi. Amangeldi Prenov esa unga birinchi o‘rinbosar etib tayinlandi.
Doniyor Tashxodjayev Toshkent IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga qaytdi. U bungacha Toshkent viloyati IIBda ishlagan, Farg‘ona viloyati IIBga rahbarlik qilgan, IIV rahbari o‘rinbosari va poytaxt IIBB boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lgan edi.
Prezident mudofaa vaziri Bahodir Qurbonovni I darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan mukofotladi. Shuningdek, bosh prokurorning 2 nafar o‘rinbosari, Oliy sud raisi o‘rinbosari, prokuratura, IIV va boshqa idoralar xodimlari ham taqdirlandi.
Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka sobiq nomzodlar Ulug‘bek Inoyatov va Alisher Qodirovni, shuningdek, deputat va senatorlar, Enter Engineering, SANEG kompaniyalari vakillari, Uzbekistan GTL, “O‘zmetkombinat” loyihalari rahbarlari va boshqalarni ordenlar bilan taqdirladi.
AQShning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligiga 50 ming dollarga teng ofis jihozlarini topshirdi. Ular odam savdosi sohasidagi jinoyatlar bo‘yicha ma’lumotlarning yagona markazlashtirilgan axborot bazasini rivojlantirish maqsadida taqdim etildi.
Insoniyat taqdiri AQSh va Xitoy qay darajada murosaga kela olishiga bog‘liq. Har ikki kuch qarshi tarafning strategik xavf tug‘dirishiga o‘z-o‘zini ishontirib bo‘lgan. Xitoy va AQSh bir-biri bilan keng qamrovli urush tahdidisiz birga yashay oladimi? Amerikalik nufuzli diplomat Genri Kissinjer mulohazalari.
Navoiy viloyati hokimi farmoyishi bilan G‘ozg‘on shahri, Qiziltepa va Xatirchi tumanlari hokimlariga hayfsan berildi, Karmana tumani hokimiga jarima jazosi qo‘llanildi.
Shavkat Mirziyoyev energetika, neft-gaz va bank sohalarida faoliyat olib borayotgan 8 nafar xorijiy investorni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi.
AQSh Senatining Milliy xavfsizlik va hukumat ishlari qo‘mitasi raisi Geri Piters O‘zbekiston prezidenti, Senat raisi va TIV rahbari tomonidan qabul qilindi. Muzokaralarda iqtisodiy hamkorlik, mintaqaviy kun tartibi, parlamentlar o‘rtasidagi munosabatlar, inson huquqlari va boshqalar muhokama qilindi.
Shavkat Mirziyoyev Prezident administratsiyasining yangilangan tarkibini tasdiqladi. Saida Mirziyoyeva prezident yordamchisi, sobiq energetika vaziri Alisher Sultanov energetika xavfsizligi bo‘yicha maslahatchi, Komil Allamjonov axborot siyosati departamenti boshlig‘i etib tayinlandi.
Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Saida Mirziyoyeva prezident yordamchisi etib tayinlandi. Prezident administratsiyasida, shuningdek, boshqa tayinlovlar ham amalga oshirildi.
Prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev va AQSh Kongressi Senatining Tashqi aloqalar qo‘mitasi vakili Sharlott Oldhem-Mur Afg‘onistonga gumanitar va boshqa yordam ko‘rsatishda O‘zbekiston va AQShning harakatlarini muvofiqlashtirish muhimligini ta’kidladi.
Prezident “Samarqandda ishlash qiyinligini bilgan va Toshkentga qaytmoqchi bo‘lgan” Samarqand shahri hokimi Fazlididin Umarovni ko‘pchilik maqtashini aytdi. “Toshkentga qaytmaysan, shuni bilgin”, — dedi Shavkat Mirziyoyev DSQ raisining sobiq birinchi o‘rinbosariga.
O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi “ukrain do‘stlar”ni Mustaqillik kuni bilan tabriklab, “osmoni tinch bo‘lishi, abadiy gullab-yashnashi va farovonlikni” tiladi.
Prezident Samarqand viloyatida elektr taqchilligi 2022-yildagidan ko‘proq bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi. U viloyat hokimi va uning o‘rinbosari, shuningdek, energetika vazirining birinchi o‘rinbosarini tanqid qildi. “Qishda svet o‘chganda hech kim Turdimov demaydi, Mirziyoyev qayoqqa qarayapti, deydi”, — dedi u.
Turkmanistonning yangi elchisi Shadurdi Meredov O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.
Senatorlar “Yer qa’ri to‘g‘risida”gi qonunni rad etdi. Bunga hujjatdagi ayrim normalarning tadbirkorlik faoliyati erkinligi va daxlsizligiga oid kafolatlariga zidligi, korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi va boshqa kamchiliklar sabab bo‘ldi.
O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari hamda ularning rafiqalari Fuzuliy shahrida O‘zbekiston tomonidan qurilgan maktabning ochilish marosimida ishtirok etdi. “Bu Qorabog‘ni tiklashda xorijiy davlatning ilk sovg‘asidir”, — dedi Ilhom Aliyev. Maktab haqida nimalar ma’lum?
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting