Prezident Toshkent, Farg‘ona va Buxoro viloyatlarida o‘nlab rahbarlar ishdan olinganidan har bir hokim xulosa qilishi kerakligi haqida ogohlantirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kengash xalq ovoziga aylanib, joylarda kim ishdan ketishi borasida taklif berishi kerak.
O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiylari Aqtauda maxsus-taktik o‘quvlar o‘tkazdi. Maxsus bo‘linmalar zamonaviy qurolli mojarolar tajribasidan kelib chiqqan holda yangi taktik usuldan foydalandi. Dronlardan foydalanildi, yaqin masofada jang qilindi, dengiz, tog‘, cho‘l va shahar sharoitlarida operatsiyalar o‘tkazildi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Erkin Muhitdinov Ohangaron tumaniga hokim etib tayinlandi. Tumanning sobiq hokimi Abdurasul Abdullayev esa Toshkent viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori Alisher Shodmonov O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. 2017−2020-yillarda u ushbu vazirlikni boshqargan.
Bahodir Xoliqov Farg‘ona viloyatining Rishton tumaniga, Shukurulloxon Nisbatxonov esa Marg‘ilon shahriga hokim etib tayinlandi. Prezidentning viloyatga tashrifi chog‘ida har ikki hududning sobiq rahbarlari ishlarni lozim darajada tashkil etmagani uchun lavozimidan olingandi.
O‘zbekiston prezidenti Buxoroda o‘tgan yig‘ilishda energetika resurslaridagi yo‘qotilishlar va kuz-qish mavsumiga yaxshi tayyorgarlik ko‘rilmayotganini tanqid qildi. Sovuq kunlarda energiya tizimining barqaror ishlashini ta’minlash uchun rahbarlarga favqulodda ish rejimiga o‘tish bo‘yicha topshiriq berildi.
O‘zbekiston prezidenti hududlarni ko‘kalamzorlashtirish borasidagi ishlar sustligini tanqid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sug‘orish tizimi yo‘qligi sababli 10 mln nihol nobud bo‘lgan. U bundan buyon ekologik vaziyatni yaxshilash hokimlarning asosiy vazifalaridan biri bo‘lishini ta’kidladi.
Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Timoti Smart Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorlig‘i nusхasini topshirdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ikki kun davomida Buxoro viloyatida bo‘ladi. Tashrif davomida O‘zbekistonda tabiiy gaz va elektr energiyasidan oqilona foydalanish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda inflyatsiyani jilovlash masalalari bo‘yicha videoselektor o‘tkazilishi kutilmoqda.
Jalol Arashov va Botirjon Shaxriyorov Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosarlari etib tayinlandi.
Prezident Cengiz Holding kompaniyasining 5,2 mlrd dollarlik loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirishni topshirib, Jizzaxda 520 MVt li IES qurilishini boshlab berdi. Turkiyalik investor Taxtaqoracha dovoni orqali tunnel qurish, konlarni o‘zlashtirish va energetika obyektlarini boshqarishni rejalashtirmoqda.
Shavkat Mirziyoyevning Vladimir Putin telefon orqali muloqotida O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish muhokama qilindi. Shuningdek, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, gumanitar almashinuvni davom ettirishga e’tibor qaratildi.
Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan bosh prokurorga ikki o‘rinbosar, Namangan, Andijon va Samarqand viloyatlariga yangi prokurorlar tayinlandi.
Toshkent shahri prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Ikrom Narimov O‘zbekiston transport prokurori lavozimiga tayinlandi.
Prezident farmoni bilan Anvar Karimov qishloq xo‘jaligi vaziriga o‘rinbosar etib tayinlandi. U bunga qadar iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
General-mayor Davron Nazarmuhamedov O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Vazirning avvalgi o‘rinbosari Azizbek Ikramov yaqinda Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlangan edi.
Avgust oyida Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga tashrif buyurishi kutilmoqda
O‘zbekiston prezidenti tavsiyasiga binoan iqtisodiyot va moliya vazirining yana bir o‘rinbosari — Erkin Rustamov Toshkent viloyati Zangiota tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Navoiy viloyati hokimiga o‘rinborsar etib tayinlanganidan so‘ng ishdan ketgan San’atilla Hikmatov o‘rnini Jamshid Xudoyev egallab, Jondor tumani hokimi bo‘ldi. U tumandagi “Chinor” fermer xo‘jaligini boshqarib kelayotgandi.
O‘zbekiston prezidenti Pokiston bilan harbiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Avvalroq senatorlar ikki davlat o‘rtasidagi ushbu hamkorlik mintaqaviy xavfsizlik asoslarini mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidlagandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting