19-apreldan O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasini qabul qilish bo‘yicha referendumda muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlandi. Unda referendum kuni ayrim sabablarga ko‘ra yashash manzilida bo‘lmaydigan fuqarolar qatnashishi mumkin. Ovoz berish tartibi haqida batafsil.
Feruz Abilov Samarqand viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Shunqor Xudoyberdiyev esa qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
“Katta yettilik” (G7) TIV rahbarlari Markaziy Osiyo davlatlari duch kelayotgan muammolarni, jumladan “Rossiyaning agressiv urushi oqibatlari, Afg‘onistondagi vaziyatning beqarorlashtiruvchi ta’siri, oziq-ovqat va energetika xavfsizligining yetarli emasligi” kabilarni hal etishda hamkorlik qilishga kelishib oldi.
Rustam Yusupov Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i v.b. etib tayinlandi. Yanvar oyi oxirida Anvar Umarov ishdan bo‘shatilganidan keyin bu lavozim bo‘sh qolgan edi.
Bobur Usmanov O‘zbekiston tashqi ishlar vaziriga o‘rinbosar etib tayinlandi. U bunga qadar prezident Administratsiyasida ishlagan.
Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov ushbu lavozimga tayinlanganidan buyon bir oy o‘tmay 35 ta qaror imzolagan bo‘lsada, ularning deyarli yarmi jamoatchilikdan yashirilgan. Qabul qilingan 14 ta farmoyishdan 4 tasi ham mavjud emas.
Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali gaplashdi. Savdo-iqtisodiy (Shovot-Toshovuz chegaraoldi savdo sonasini tashkil etish), energetika va suv xo‘jaligi sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
“Kelgusi uch yilda tayyor mahsulot eksportini 2 baravar oshirish reja qilganmiz. Bunga erishishning birdan bir yo‘li — Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish. Bu 164 ta davlat bilan adolatli savdo tizimini yo‘lga qo‘yish va barqaror bozorlarni yaratish imkonini beradi, — deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev.
2024-yilda Samarqandga MDHning madaniy poytaxti, Toshkentga esa yoshlar poytaxti maqomi beriladi. Qolaversa, Hamdo‘stlik davlatlari o‘rtasida imkoniyati cheklangan bolalar spartakiadasi o‘tkaziladi.
Shuhrat Abdurahmonov ishdan ketgani haqidagi xabarlar fonida Andijon viloyati hokimligi uni ish vaqtida olingan video va suratlarini e’lon qildi.
Qator internet nashrlari, jumladan, davlat OAVlari Andijon viloyatini qariyb 10 yil boshqargan Shuhrat Abdurahmonovning ishdan bo‘shatilgani haqida xabar berdi. Avvalroq unga tegishli deya taxmin qilingan intim video tarqalgandi. Ishdan olingani rasman tasdiqlanmadi. Nashrlar o‘z xabarlarini rad eta boshladi.
Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar — O‘zbekiston, Eron, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston — TIV rahbarlari uchrashuvida tomonlar ushbu davlatdagi infratuzilma va ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarda ishtirok etishga tayyor ekanligini bildirdi. Uchrashuvda Afg‘oniston TIV rahbari ham nutq so‘zladi.
Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi asoschilaridan biri Bennett Friman O‘zbekiston hukumatini “islohotlarga qaytib, o‘zi uchun yaratgan tarixiy imkoniyatni boy bermaslikka” chaqirdi. “Mehnat va inson huquqlari borasida real ahvolni yaxshilamas ekan, orzular qog‘ozda qolaveradi”, — dedi u.
Turkiya sanoat va texnologiyalar vaziri Mustafo Varank Shavkat Mirziyoyevga Rejep Tayyip Erdog‘anning topshirig‘iga binoan Togg brendi ostidagi birinchi milliy elektromobilni topshirdi. Davlat rahbari elektromobil ruliga o‘tirib, uni haydab ko‘rdi.
Prezident 12-aprel kuni Falastin elchisi Javad Avvad, Yaponiya elchisi Xatori Takashi, Qatar elchisi Hasan Hamza Hoshim, Slovakiya elchisi Viktor Boretski va Pokiston elchisi Ahmad Farukning ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.
O‘zbekiston Energetika vazirligining ishchi guruhi So‘x tumanidagi yerosti gaz saqlash inshootini tiklash loyihasi doirasida Qirg‘izistonning Qadamjoy tumanida bo‘ldi.
O‘zbekiston prezidenti xitoylik hamkorlar bilan Sirdaryo viloyatida avtomobil zavodi qurishni taklif qildi. “Avtomobil zavodlari qancha ko‘p bo‘lsa, narx ham shunchalik arzon bo‘ladi, sifat ham o‘zgaradi”, deb hisoblaydi Shavkat Mirziyoyev. Shuningdek, Sirdaryoda yo‘l qurilishiga biznesni jalb qilish boshlanadi.
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqotda tovar ayirboshlash, qo‘shma kooperatsiya loyihalari va boshqa masalalarni muhokama qildi. Mamlakatlar rahbarlari madaniy-gumanitar almashinuv dasturi bo‘yicha hamkorlik sermahsul bo‘layotganini ham ta’kidladi.
2022-yilning oxirida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan Nozim Xusanov lavozimidan ozod etildi. Uning nima sababdan ishdan ketgani hozircha ma’lum emas.
Har oy mahalla kengashida davlat organ va tashkilotlari rahbarlarining faoliyati yuzasidan axborotlari eshitiladi. Qolaversa, “Mahalla nazorati” va “mahalla raisi so‘rovi” institutlari joriy qilinadi. Prezidentning tegishli qarori loyihasi avgustga qadar ishlab chiqilishi kutilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting