Yanvar-fevral oylarida favqulodda vaziyatlardan zarar ko‘rgan 10 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarosiga 108 ming dollardan ziyod yordam ko‘rsatildi. Uning katta qismi Turkiyadagi zilziladan jabr ko‘rganlarga yo‘naltirildi. Shuningdek, moddiy ahvoli og‘ir 462 nafar fuqaroga ham ko‘maklashildi.
«Yuksalish» umummilliy harakati O‘zbekistondagi faol rahbar ayollar ro‘yxatini tuzdi. Unga «davlat siyosatini shakllantirishda va qarorlar qabul qilishda faol ishtirok etayotgan» ayollar kiritildi.
Toshkentda O‘zbekiston, Eron, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va Rossiyaning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillari ilk bor uchrashdi. Ular de-fakto afg‘on hukumatini ayollarning mehnat va ta’lim olish huquqini ta’minlash, terrorchilik guruhlarini yo‘q qilish bo‘yicha samaraliroq choralar ko‘rishga chaqirdilar.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ayollarni ushbu bayram bilan tabrikladi. «Oilada bir nafar qiz o‘qib, oliy ma’lumotga, zamonaviy kasb-hunarga ega bo‘lsa, xonadondagi muhit butunlay o‘zgaradi», — dedi u o‘z nutqida.
Hukumat qarori bilan Shamsiddin Sultonov Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markaziga direktor etib tayinlandi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbatda iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, hududlararo hamkorlikni rivojlantirish va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev deputat va senatorlar, Oliy sud rahbariyati bilan uchrashdi. Uchrashuvda Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan aholi tomonidan kelib tushgan takliflar yakunlari bo‘yicha maslahatlashuv bo‘lib o‘tdi. Bosh qomus loyihasi Konstitutsion sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Toshkent shahar hokimi v.b. Jahongir Ortiqxo‘jayevning Yashnobod hokimi Baxtiyor Rahmonqulovga hayfsan berish to‘g‘risidagi qarorini bekor qildi.
O‘zbekiston ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — IIV Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Shuhratjon Sobirov «Interpol» Milliy markaziy byurosi direktori bo‘ldi.
Jurnalistlar va jamoat faollari O‘zbekiston prezidentiga «yashirin, lekin kuchli senzura» yuzasidan murojaat qilishdi. Murojaat mualliflari davlat rahbaridan matbuotning tom ma’nodagi mustaqilligini ta’minlashda tarixiy yordam berishini so‘rashdi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari jamoat tartibini ta’minlash va tartibsizliklarga qarshi kurashish bo‘yicha Belarus tajribasini o‘rgandi, deya ma’lum qildi Belarus ichki ishlar vaziri Ivan Kubrakov.
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Chimkentdagi norasmiy uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdilar.
Safoyev va Kamilov AQShda elchilik qilishdan avval ham, keyin ham TIVga rahbar bo‘lgan. G‘ulomov esa qariyb butun Yevropa uchun elchilik qilgach, so‘ng xuddi shu ishni qariyb butun Amerika qit’asi uchun bajargan. O‘zbekistonning AQShdagi eng birinchi elchisi u yerda butunlay qolishga qaror qilgan.
Senat O‘zbekistonning AQShdagi elchisi lavozimiga ilgari tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Furqat Sidiqov nomzodini ma’qulladi. 2017 yildan buyon ushbu diplomatik missiyani boshqarib kelayotgan Javlon Vahobov Sidiqov ketgan lavozimni egallashi mumkin.
AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Xitoyni Ukraina-Rossiya mojarosida ikkala tomonda ham o‘ynash va Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatishni ko‘rib chiqayotganlikda ayblagandi. Xitoy TIV rasmiysi Mao Nin AQShning o‘zi urushni halokatli qurollar bilan ta’minlab, faktlarni buzib ko‘rsatayotganini bildirdi.
3 mart kuni Shavkat Mirziyoyev Chimkent shahrida Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazadi. Muloqotda ikki tomonlama va mintaqaviy masalalar ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qo‘shilmaslik harakati sammitidagi nutqida tashkilot a’zolarining BMT Xavfsizlik kengashida doimiy o‘rni bo‘lishi kerakligi haqida gapirdi.
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Ostonada bergan intervyusida aytishicha, AQSh Markaziy Osiyo mamlakatlariga xavfsizlik, iqtisodiy farovonlik va jamiyat barqarorligini oshirish imkoniyatlarini yaratishda yordam bermoqda. Buning uchun kuchli institutlar, jumladan erkin OAV va fuqarolik jamiyati kerak, deydi u.
AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Rossiya-Ukraina urushi Putinning birgina qarori bilan yakunlanishi mumkinligini bildirdi. Shuningdek, Xitoyni Rossiya tashviqotini ilgari surib, xalqaro tashkilotlarda uning manfaatlarini himoya qilishda aybladi.
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida savdoni diversifikatsiya qilish va hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi. U, shuningdek, mintaqa davlatlari Rossiyaning sanksiyalarni aylanib o‘tishi borasidagi harakatlarini oldini olish borasidagi faoliyatini e’tirof etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting