Yangiyo‘l shahri, Yangiyo‘l va Quyi Chirchiq tumanlarida 10 ga yaqin Cobalt`ning shinalarini yechib ketib, ularni sotgan 3 yigit qo‘lga olindi.
Farg‘ona viloyatining ikki hududida 5 nafar fuqaro xonadonlarida kriptoaktiv va mayning qurilmalarini elektr tarmog‘iga noqonuniy ulab olgani aniqlandi. Ular davlatga jami 7 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazgan.
O‘zbekistonda Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi tashkil etildi. U maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi vazifasini bajaradi.
IIV Qashqadaryoda aldov yo‘li bilan yuzlab fuqarolarning salkam 6,5 mlrd so‘mini o‘zlashtirgan shaxslar qidirilayotganini ma’lum qildi. Ularga nisbatan sirtdan qamoq ehtiyot chorasi tayinlangan.
Har yili 9-fevralda davlat arbobi, shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning tavallud kuni nishonlanadi. O‘zbekistonda uning sharafiga haykallar o‘rnatilgan, nomi ko‘chalarga va Toshkent metrosidagi bekatlardan biriga qo‘yilgan. “Gazeta.uz” ushbu bekat qurilishi tarixini uning me’mori tilidan hikoya qiladi.
Toshkent fotosuratlar uyida Fotorassomlar shu’basi a’zolarining hisobot va havaskor fotograflarning qo‘shma ko‘rgazmasi ochildi. 4 xonadan iborat ekspozitsiya zalida 100 dan ortiq ijodkorlarning 800 ga yaqin ishlari qo‘yilgan. Ko‘rgazma 13-fevralgacha davom etadi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi litsenziyasi bekor qilingan xususiy OTMlarning talabalari o‘qishni boshqa universitetga ko‘chirishi mumkinligini ma’lum qildi. Hozirgacha 5 ta xususiy universitetning litsenziyasi bekor qilingan, 1 tasining litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha sud jarayoni davom etmoqda.
100 mln so‘mga oshirilgan mikroqarz chegarasi, Amirsoyda chang‘i uchgan prezidentlar, tadbirkorlar uchun yana bir soliq imtiyozi, 17 foizga oshgan o‘rtacha ish haqi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Davlat yong‘in nazorati organlariga tadbirkorlarga tegishli obyektlarda o‘tkazilgan tekshirishlar natijasida aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan ma’muriy jazolarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash vakolati berilmoqda. Senat qonunni maqulladi.
USAID`ning gender tenglik va xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha bosh muvofiqlashtiruvchisi Jamila Bijio IT sohasida ishlayotgan o‘zbekistonlik ayollar bilan uchrashdi. Unda USAID tomonidan moliyalashtirilgan Tumaris.Tech va FoundHer loyihalari natijalari muhokama qilindi.
Sakkizta film premyerasi, ko’rgazmalar, spektakllar, konsertlar, ijodiy mahorat darslari, bolalar uchun shou-dasturlar va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Akmal Rasulov Toshkent shahri Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Shu paytga qadar u boshqarma raisi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.
Senat Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yong‘inlar profilaktikasi samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqidagi qonunni ko‘rib chiqib, ma’qulladi. 2023-yilda mamlakatda 10 ming 204 ta yong‘in yuz berib, unda 251 fuqaro jabrlangan, shundan 79 nafari vafot etgan.
Senat ma’qullagan qonunga ko‘ra, Bolalar ombudsmaniga rahbarlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan darhol qabul qilinish huquqi berilmoqda. Shuningdek, bolalarga taalluqli masalalarga doir qonunchilik hujjatlari loyihalari Bola huquqlari bo‘yicha vakil bilan kelishilishi majburiy bo‘ladi.
Sayyohlik markazi qurish uchun buzilishi kutilayotgan Buxoro viloyati hokimligi binosi — me’mor Richard Blez loyihasi bo‘yicha qurilgan so‘nggi yirik inshoot. Alerte Héritage`ga ko‘ra, hududdagi har qaysi rekonstruksiya binoni saqlab qolish va “atrofdagi inshootlarga hurmat bilan yondashuv”ni o‘z ichiga olishi kerak.
Yunusobod tumanidagi sobiq “Poytaxt” biznes markazining rekonstruksiya ishlari olib borilayotgan binosida yong‘in sodir bo‘ldi. Uni 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji bartaraf etdi. FVV hodisa oqibatida jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘qligini bildirdi.
Chilonzor tumanidagi bekatlarning birida 131-sonli King Long avtobusi va 99-sonli Yutong avtobusi to‘qnashdi. YTHga haydovchilardan birining yonlama oraliq masofani saqlamagani sabab bo‘lgan. Yo‘lovchilar orasida jarohat olganlar yo‘qligi ma’lum qilindi.
O‘zbekistonda 10−11-fevral kunlari quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kechasi +3…+8, kunduzi +15…+20 daraja iliq bo‘ladi. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor.
Toshkent, Samarqand va Buxoroda fuqarolarni noqonuniy yo‘llar bilan AQShga jo‘natish bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi.
O‘zbekistonda 1-sinf o‘quvchilariga fevral oyida qo‘shimcha bir hafta ta’til beriladi. Uning sanasini har bir maktabning o‘z pedagogik kengashi belgilaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting