28 dekabr kuni Bo‘stonliqda ayol mahalladoshlari tomonidan zo‘ravonlikka uchragani aytilmoqda. U 2023 yil 10 fevral kuni Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markaziga olib kelingan. Holat yuzasidan 25−27 yoshli 4 nafar gumonlanuvchiga nisbatan 2 ta modda bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Energetika vazirligi huzurida Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (O‘zenergoinspeksiya) tashkil etildi. Shuningdek, yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanishni nazorat qiluvchi bosh prokuror o‘rinbosari lavozimi joriy qilindi.
2023 yilgi davlat dasturiga ko‘ra, yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini ko‘p kvartirali uylarning noturar qavatlarida yoki yakka tartibda qurilgan uy-joylarni sotib olish va keyinchalik ularni rekonstruksiya qilish, ta’mirlash hamda jihozlash orqali tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
Prezident qaroriga asosan «svet», gaz va suvdan noqonuniy foydalanishni o‘g‘rilik jinoyati sifatida belgilash kutilmoqda, huquq-tartibot organlariga tegishli qonunni ishlab chiqish vazifasi yuklatildi. O‘zenergoinspeksiyaga ushbu resurslardan noqonuniy foydalangan mansabdorlarga jazo qo‘llash vakolati berilmoqda.
Prezident qaroriga ko‘ra, endilikda elektr va gaz tarmoqlarida yuklama oshgan taqdirda, yangi iste’molchilarga ulanish taqiqlanadi. Bundan tashqari, sohadagi huquqbuzarliklar yuzasidan tuzilgan dalolatnomalar elektron shaklda rasmiylashtiriladi.
Muborak tumanida yashovchi shaxs Qozog‘istondan olib kelingan 5 ming AQSh dollarini 25 million so‘mga sotayotgan vaqtida gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Sud 2022 yilning yozida bolalar bog‘chasida o‘z xotinini bolalarning ko‘z o‘ngida kaltaklagan, ertasiga uni o‘ldirgan erkakni 19 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Marhuma ayolning otasi esa suddan umrbod qamoq jazosini talab qilgan.
O‘zbekiston maktablarida Milliy o‘quv dasturi va uning asosida yaratilgan darsliklarni joriy qilish davom ettiriladimi yoki yangi darsliklar bilan yangi dastur qabul qilinadimi? Ta’lim sohasi eksperti, kolumnist Komil Jalilov 2023-yilgi Davlat dasturi loyihasini tahlil qiladi.
UzAuto Motors Chevrolet Onix avtomobilini seriyali tarzda ishlab chiqarish boshlanganini ma’lum qildi. Shuningdek, Chevrolet Onix Premium ham taqdim etildi. Unda klimat kontrol, lyuk, orqa o‘rindiq isitish tizimi kabi qulayliklar bo‘ladi.
Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasidagi «Do‘stlik» nazorat-o‘tkazish punktida qo‘shni davlat chegarachilari O‘zbekiston fuqarolaridan pul talab qilmoqda, puli yo‘qligini aytganlarga nisbatan kuch ishlatish holatlari ham qayd etilyapti, deb xabar bermoqda qirg‘izistonlik jurnalist Shohrux Soipov.
«Sirdaryo» va «S.Najimov» chegara bojxona postlari 15 fevraldan Qozog‘iston tomonining rekonstruksiya ishlarini olib borishi munosabati bilan piyodalar, avtobus va avtomashinalar harakati uchun ishini to‘xtatdi.
O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlari, kollej va texnikumlarda kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 15 martga qadar uzaytirildi.
«Toshkent shahridagi havoning ifloslanish darajasi inson salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydi», — dedi Tabiat resurslari vazirligi vakili. Havo sifati yomonligi toshkentliklar salomatligiga bir yilda 503 dona sigaret chekilgandek ta’sir qilishi haqida xabar e’lon qilinganidan so‘ng tadqiqot o‘tkazilgan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi prezident farmoni loyihasida keltirilgan bandlar bo‘yicha e’tiroz bildirdi. Loyihada vazirlikning hududiy bo‘linmalari mahalliy hokimliklarga o‘tkazilishi qayd etilgandi. «Xavotirga o‘rin yo‘q, Adliya vazirligi bilan muzokaralar o‘tkazilgan», deyildi bayonotda.
Poytaxtning yangi hokimi v.b. Baxtiyor Rahmonov «Maxsustrans» DUK rahbari Abdujamil Abduvahobovni o‘z arizasiga ko‘ra ishdan oldi. 2018 yilda mazkur lavozimdan ketgan Kamoliddin Nabiyev tashkilotga qayta rahbar bo‘ldi.
Xalqaro saratonga chalingan bolalar kuni munosabati bilan “Gazeta.uz” bu xastalikdan davolanayotgan bolalarning ota-onalari bilan suhbatlashdi. “Boshida „yaxshi yuribdi-ku“, deya e’tibor bermagandim”, deb afsuslanadi ular. Umidi so‘nmagan. Ayni damda, bu sinov hayotga qarashlarini ham o‘zgartirganini tan oladi.
O‘zbekiston barcha neft va gaz konlarini Rossiyaga bermaganini aytgan energetika vaziri, Orol dengizi maydonida barpo etiladigan o‘rmonzorlar, bir kunga yopiladigan «Yer usti halqa yo‘li» metro yo‘nalishi, kommunal xizmatga yig‘ilgan pulni o‘zlashtirgan shirkat va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Namangan muhandislik-qurilish institutining 3-kurs talabasi oraliq nazoratni topshirmagani uchun otasidan tanbeh eshitgani sabab o‘ziga o‘t qo‘yib, yoqib yubordi. Tanasi chuqur kuygani tufayli shifoxonada vafot etdi. Hozirda holat bo‘yicha «o‘zini o‘zi o‘ldirishga undash» moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Turkiyadagi zilzilalardan jabrlanganlarga hukumat, tadbirkorlar va O‘zbekiston aholisi tomonidan 170 tonna insonparvarlik yordami yig‘ilib, ular 6 ta yuk samolyoti va 7 ta yuk mashinasida mamlakatning turli hududlariga yetkazildi.
Toshkent otchoparida ikki bosh otning ochlikdan o‘lishiga sababchi bo‘lgan shaxslar hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganliklari uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting