Jamiyat

Tojikistondan keltirilgan salkam 5 kg narkotik modda musodara qilindi
19 yanvar 2023, 17:48

Tojikistondan keltirilgan salkam 5 kg narkotik modda musodara qilindi

DXX giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi ko‘p bosqichli tezkor tadbir o‘tkazdi. Jarayonda Navoiy va Samarqand viloyatlarida Tojikistondan kirib kelgan 5 kilogrammga yaqin gashish va opiy moddalari aniqlandi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Metan «zapravka»lar ayrim mashinalarga tanish-bilish qilib, gaz to‘ldirib berayotgani rad etildi
19 yanvar 2023, 16:16

Metan «zapravka»lar ayrim mashinalarga tanish-bilish qilib, gaz to‘ldirib berayotgani rad etildi

«O‘ztransgaz» ba’zi «zapravka»lar mashinalarga tanish-bilish qilib, gaz to‘ldirib berayotganini rad etdi. Unga ko‘ra, kunning ma’lum qismida 1 soatdan 3 soatgacha davlat tashkilotlari avtomobillariga xizmat ko‘rsatilmoqda. Harorat ko‘tarilgach, barcha shoxobchalar odatdagi ish tartibiga qaytadi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston mahkumlarni o‘zaro alishishi mumkin
19 yanvar 2023, 16:06

O‘zbekiston va Qozog‘iston mahkumlarni o‘zaro alishishi mumkin

Qozog‘istonda deputatlar O‘zbekiston bilan mahkumlarni alishish bo‘yicha kelishuvni ma’qulladi. Bosh prokuror o‘rinbosari 225 nafar o‘zbekistonlik mahkum jazoni vatanida o‘tash istagini bildirganini aytdi. «O‘zbekistonda 20 nafar sudlangan fuqarolarimiz bor, ular ham qaytishga qarshi emas, deb o‘ylaymiz», dedi u.

O‘zbekistonlik shifokorlar siam egizaklarini operatsiya yordamida ajratib oldi (foto)
19 yanvar 2023, 15:57

O‘zbekistonlik shifokorlar siam egizaklarini operatsiya yordamida ajratib oldi (foto)

Neonatal xirurgiya markazi shifokorlari tanasining qorin qismi birlashgan qirg‘izistonlik siam egizaklarini jarrohlik yo‘li bilan ajratib oldi. Bolalarning ahvoli stabil deya baholanmoqda. Yaqinda ular uyiga ruxsat berilishi mumkin. SSV rahbari ushbu operatsiyada qatnashgan shifokorlarni taqdirladi.

O‘zbekiston hududlarining qayerlarida harakat tezligi 60 km/soat etib belgilandi?
19 yanvar 2023, 15:32

O‘zbekiston hududlarining qayerlarida harakat tezligi 60 km/soat etib belgilandi?

17 yanvar kuni yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi bayoni bilan Qoraqalpog‘iston, Toshkent shahar va viloyatlarning ayrim hududlarida transport vositalarining harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi. Ushbu cheklov qaysi ko‘chalarda amal qilish haqida ma’lumot.

Toshkentning Kichik halqa yo‘li ichida harakat tezligi 60 kmgacha pasaytirildi
19 yanvar 2023, 15:04

Toshkentning Kichik halqa yo‘li ichida harakat tezligi 60 kmgacha pasaytirildi

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi Toshkentning Kichik halqa yo‘li ichidagi hududlarda transportlarning harakat tezligini 70 kmdan 60 kmgacha pasaytirishga oid qarorni qabul qildi.

«Eshitish akademiyasi»da ikkita eshitish vositasini bitta narxda sotib olish mumkin
19 yanvar 2023, 15:00

«Eshitish akademiyasi»da ikkita eshitish vositasini bitta narxda sotib olish mumkin

«Eshitish akademiyasi» eshitish qobiliyatini yo‘qotish qanday namoyon bo‘lishini va eshitish vositalari muhimligi haqida so‘zlab berdi hamda maxsus taklifni e’lon qildi.

«Bu hozir hech kimga qiziq emas» — SSV O‘zbekistonda koronavirus statistikasini e’lon qilish to‘xtatilgani haqida
19 yanvar 2023, 14:05

«Bu hozir hech kimga qiziq emas» — SSV O‘zbekistonda koronavirus statistikasini e’lon qilish to‘xtatilgani haqida

O‘zbekistonda kovid statistikasi e’lon qilinmayotganiga bir oydan oshdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi kasallanish holatlari keskin kamaygani uchun axborot berish to‘xtatilganini bildirdi. SES boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, hozirda kuniga 15−20 ta kasallanish holati qayd etilmoqda.

Qozog‘istonda novvoyxona portlab, ikki o‘zbekistonlik jarohatlandi
19 yanvar 2023, 13:48

Qozog‘istonda novvoyxona portlab, ikki o‘zbekistonlik jarohatlandi

Olmaota viloyati Yesik shahrida novvoyxona portlab, yong‘in yuz berdi. Oqibatda 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi kuyish jarohati bilan shifoxonaga olib ketildi.

Foto: O‘zbekistonning anomal sovuqda muzlab qolgan ko‘l va sharsharalari
19 yanvar 2023, 11:43

Foto: O‘zbekistonning anomal sovuqda muzlab qolgan ko‘l va sharsharalari

Anomal sovuq kunlarda O‘zbekistondagi suv havzalari, ko‘l va sharsharalar muzlab qoldi. Ularning nafaqat doimiy ko‘rinishi, balki muzlagan holati ham alohida jozibador. «Gazeta.uz» ana shunday tasvirlarni jamladi.

Bishkekdan Istanbulga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi
19 yanvar 2023, 11:04

Bishkekdan Istanbulga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi

Turkish Airlines aviakompaniyasining Bishkek-Istanbul yo‘nalishidagi samolyoti noqulay ob-havo sharoiti sababli Toshkent aeroportiga qo‘ndi. Hozirda uning belgilangan manzilga parvozini amalga oshirish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.

Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi ko‘prik qisman yopildi
19 yanvar 2023, 10:43

Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi ko‘prik qisman yopildi

Poytaxtning Bobur ko‘chasidagi Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi ko‘prik 19 yanvardan qisman noma’lum muddatgacha yopildi. Bu vaqtda hududda yo‘l ta’mirlash ishlari olib boriladi.

O‘zbekistonda onkologik kasalliklarni davolovchi dorilar ishlab chiqariladi
19 yanvar 2023, 10:15

O‘zbekistonda onkologik kasalliklarni davolovchi dorilar ishlab chiqariladi

O‘zbekistonda Singapur kompaniyasi hamkorligida umumiy qiymati 49 million dollarga teng farmatsevtika korxonasi ochiladi. Unda immunobiologik preparatlar va onkologik kasalliklarni davolovchi dori vositalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Xalqaro avtobus qatnovlari qayta tiklandi
19 yanvar 2023, 08:46

Xalqaro avtobus qatnovlari qayta tiklandi

O‘zbekistondan xalqaro yo‘nalishlarda amalga oshiriluvchi muntazam avtobus qatnovlari qayta tiklandi. Noqulay ob-havo sharoiti tufayli qatnovlar 13 yanvardan to‘xtatilgan edi.

«Tasdiqlansa, to‘lanishi mumkin». SSV «Dok-1 Maks»dan o‘lgan bolalarning yaqinlariga kompensatsiya to‘lanishi haqida
18 yanvar 2023, 22:18

«Tasdiqlansa, to‘lanishi mumkin». SSV «Dok-1 Maks»dan o‘lgan bolalarning yaqinlariga kompensatsiya to‘lanishi haqida

«Dok-1 Maks» siropidan vafot etgan bolalarning yaqinlariga kompensatsiya to‘lab beriladimi? «Gazeta.uz» muxbirining ushbu savoliga javob berar ekan, SSV rahbari o‘rinbosari Elmira Basitxanova «hujjat bilan tasdiqlansagina, kompensatsiya to‘lash bo‘yicha yuridik jarayonlar boshlanishi mumkin», deya javob berdi.

18 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
18 yanvar 2023, 22:00

18 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistondagi g‘ordan topilgan neandertal bolaning 3D tiklangan ko‘rinishi, sud tizimini yaxshilash strategiyasi, poytaxtda yengil avtomobillar soni 20 foizgacha qisqarishi, 50% chegirma muddatini cho‘zgan Uzbekistan Airways, Singapur bilan 5 mlrd dollarlik kelishuv va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Moskvadan Goaga uchayotgan samolyot Urganchga favqulodda qo‘ndi
18 yanvar 2023, 21:41

Moskvadan Goaga uchayotgan samolyot Urganchga favqulodda qo‘ndi

Moskvadan Goaga uchayotgan «Aeroflot» samolyoti zo‘ravon yo‘lovchi tufayli Urganchga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. U reysdan chiqarib tashlandi.

Qoraqalpog‘istonda sovuqda qolgan yo‘lovchilarga bepul transport xizmati ko‘rsatilmoqda
18 yanvar 2023, 20:17

Qoraqalpog‘istonda sovuqda qolgan yo‘lovchilarga bepul transport xizmati ko‘rsatilmoqda

O‘zbekistonda anomal sovuq sabab gaz-zapravkalar yopilib, hududlarda transport muammosi yuzaga keldi. Qoraqalpog‘istonda ko‘ngillilar tashabbus ko‘rsatib, yo‘lda qolib ketganlarni bepul tashimoqda. Dastlab Nukusda boshlangan bu harakat hozirda Xo‘jayli, Qonliko‘l, Chimboy va boshqa tumanlarda ham ommalashgan.

Sirdaryodagi xonadonda gaz portlab, 2 kishi jarohatlandi
18 yanvar 2023, 18:10

Sirdaryodagi xonadonda gaz portlab, 2 kishi jarohatlandi

Boyovut tumanidagi uylarning birida gaz portlashi oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa sabab 2 kishi jarohat olib, kasalxonaga yuborildi.

Toshkentdagi qurilishning 20 nafar ishchisi ovqatdan zaharlandi
18 yanvar 2023, 17:31

Toshkentdagi qurilishning 20 nafar ishchisi ovqatdan zaharlandi

Poytaxtdagi qurilish firmalarining birida 20 nafar ishchi ovqatdan zaharlangani aniqlandi. Ular tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonaga olib borilgan. SES xabariga ko‘ra, hozirda bemorlarning ahvoli qoniqarli.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting