Yangi kun boshlanishiga 2 soatgina vaqt qolganida Toshkent rasmiylari anomal sovuq tushishi sabab uzaytirilgan qishki ta’til tugagani va maktablarda o‘qishlar boshlanishi haqida xabar bera boshladi. Bosh muharrir munosabati.
Qorli Toshkent, talabalar va o‘quvchilar muddatidan oldin o‘qishga qaytishi, hafta oxirigacha yog‘ingarchiliksiz ob-havo, litsenziyasi to‘xtagan Marion Biotech kompaniyasi, hokimliklarga yo‘llarni tozalashni topshirgan prezident, «Ippodrom» bozorida qulab tushgan soyabon va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
1905 yilning 10 yanvarida shoir, adib, jamoat arbobi — Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek tug‘ilgan. Ijodkorni kelajak avlod ham yaqindan tanishi uchun asarlari qatori uy-muzeyi, undagi moddiy meros alohida qiymatga ega bo‘ladi. «Gazeta.uz» shoirni xotirlash maqsadida uning uy-muzeyida bo‘ldi.
Qoraqalpog‘istondagi voqealar to‘g‘risidagi jinoyat ishi bo‘yicha sud yakunlovchi bosqichga o‘tmoqda: sud tergovi yakunlandi, endi navbat — muzokaralarga. So‘nggi kunlarda tomonlar ish bo‘yicha videomateriallar va boshqa ashyoviy dalillarni o‘rganishdi.
O‘zgidromet markazi 11−16 yanvar kunlari Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Toshkent, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfini e’lon qildi.
Respublika tez tibbiy yordam markazi Andijon filiali kadrlar bo‘limi inspektori fuqarodan 400 dollar pora olganda ushlandi. Muassasa xodimlari orasida yetarlicha tushuntirish ishlarini olib bormagani uchun filial direktori va kadrlar bo‘limi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev barcha darajadagi hokimlarga noqulay ob-havo davomida yo‘llarni tozalash ishlari va transport vositalarining xavfsiz harakatini tashkil etishni topshirdi. Hukumatga har bir viloyat, tuman va shahardagi ahvol bo‘yicha kunlik nazorat o‘rnatish va muammolarni tezkor bartaraf etish vazifasi qo‘yildi.
Anomal sovuq sabab ta’tili cho‘zilgan o‘quvchi-talabalar aynan sovuq kunlarda yana qayta o‘qishga chaqirib olindi. Ijtimoiy tarmoq faollari orasida bu qaror keng muhokamalarga, xususan, tushunmovchiliklarga sabab bo‘ldi. «Gazeta.uz» holatga bildirilgan munosabatlarni bir yerga jamladi.
«Chilonzor buyum savdo kompleksi»dagi soyabonlar qalin qorni ko‘tara olmay qulab tushdi. Hududdagi fuqarolar va tadbirkorlar evakuatsiya qilindi. Savdo do‘konlari vaqtinchalik yopildi. Qolaversa, «Bek baraka» savdo kompleksi ham noqulay ob-havo tufayli 3 kunga o‘z faoliyatini to‘xtatdi.
Tarmoqlarda yosh bolaning hovlida ilon ushlab, uni o‘ynab yurgani va bu harakatni amalga oshirishga uning otasi undayotgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent viloyati hokimligi holat Ohangaronda sodir bo‘lganini va bolaning otasiga tushuntirish xati yozdirilganini ma’lum qildi.
«Yuksalish» umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov mas’ullarni o‘qish jarayonlarini keyingi haftadan boshlash masalasini ko‘rib chiqishga chaqirdi. «Qarorni nafaqat ta’lim muassasalari ma’muriyati, balki ota-onalar va pedagogik tarkib bilan maslahatlashgan holda qabul qilinishi lozim», — dedi u.
Oliy ta’lim vazirligining ma’lum qilishicha, oliy o‘quv yurtlari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktablari va akademik litseylarda o‘qish mahalliy hokimiyat organlari bilan kelishilgan holda 11 yanvardan bosqichma-bosqich boshlanadi. 20 yanvarga qadar yakuniy nazorat ishlari tashkil etilmaydi.
O‘zbekiston poytaxti yana oppoq bo‘ldi — 9 yanvar oqshomida boshlangan qor salkam 15 soatdan beri to‘xtagani yo‘q. Bu safar rasmiylar ham, aholi ham qor bo‘roniga oldindan nisbatan yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rishga ulgurdi. «Gazeta.uz» muxbirlari Toshkentning qor bo‘ronidagi manzaralarini fotosuratlarga muhrladi
Andijon va Xorazm viloyatlaridagi ta’lim muassasalarida 11 yanvardan o‘quv jarayonlari boshlanishi ma’lum qilindi. Samarqanddagi muassasalarning esa sharoiti o‘rganilmoqda. Avvalroq O‘zbekistondagi ta’lim tashkilotlarida anomal sovuq sabab qishki ta’til 18 yanvargacha uzaytirilgandi.
11 yanvardan hafta oxirigacha O‘zbekistonning barcha hududlarida, asosan, yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kechalari −12…−20 darajacha, kunduzi −5…−12 darajagacha pasayadi. Eng kuchli sovuq — Ustyurtda va Navoiy viloyatining cho‘l hududlarida −30 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda.
Shayxontohur tumanida mast erkak uyiga kelgan tanishini shisha idish bilan urib jarohatladi. Oqibatda u voqea joyida vafot etdi. Aniqlanishicha, mezbon tanishining turmush o‘rtog‘i to‘g‘risida aytgan gaplaridan jahli chiqqan.
Boysun tumanida tibbiyot birlashmasi shifokori 2 kishi tomonidan kaltaklandi. Shifokor yengil jarohat olgan. Kaltaklaganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
«Samarqand aeroporti» chegara bojxona posti xodimlari tomonidan pnevmatik to‘pponcha olib o‘tmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi. Undan olingan 1 dona kalibri 4,5 mm bo‘lgan pnevmatik to‘poncha hamda ushbu to‘pponchaga tegishli 4 dona siqilgan havo balonchalari va 89 dona o‘qlari tegishli tartibda yo‘q qilindi.
Milliy turoperator plyajlar, zamonaviy mehmonxonalar va ko‘plab diqqatga sazovor joylarga ega issiq Shri-Lankada ta’til o‘tkazish uchun 10 ta sababi haqida so‘zlab berdi.
Noqulay ob-havo sharoiti tufayli O‘zbekistonning ayrim aeroportlarida parvozlar bekor qilindi, ba’zi reyslar kechiktirildi yoki boshqa aeroportlarga yo‘naltirildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting