Jamiyat

Qoraqalpog‘istonda namoyishlarda qatnashganlikda gumonlangan yana 10 kishi jamoat kafilligi asosida oilalariga qaytarildi
30 avgust 2022, 21:46

Qoraqalpog‘istonda namoyishlarda qatnashganlikda gumonlangan yana 10 kishi jamoat kafilligi asosida oilalariga qaytarildi

Qoraqalpog‘istondagi namoyishlarda ishtirok etganlikda gumonlanayotgan 10 nafar fuqaroning qamoq ehtiyot chorasi uy qamog‘iga almashtirildi. Avvalroq 24 kishining jamoat kafilligi asosida o‘z oilasiga qaytarilgani xabar qilingan edi.

Qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan Lacetti haydovchisi 15 sutkaga qamaldi
30 avgust 2022, 20:28

Qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan Lacetti haydovchisi 15 sutkaga qamaldi

Toshkentning Chilonzor tumanida qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan Lacetti haydovchisiga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. U hujjatlari yo‘qligi hamda belgilanmagan joyda qayrilib olgani uchun uni to‘xtatgan YHXBB xodimlaridan yashirinishga uringanini aytdi.

83 marta qoida buzgan Surxondaryo YHXBga tegishli ikki mashina jarimasi bekor qilindi
30 avgust 2022, 19:03

83 marta qoida buzgan Surxondaryo YHXBga tegishli ikki mashina jarimasi bekor qilindi

Surxondaryo YHXBga tegishli 75 424 VSF hamda 75 701 VSF raqamli ikkita «Lacetti» mashinasi jami 83 marta qoida buzgani, biroq jarima undirilmagani ma’lum bo‘ldi. Viloyat prokuraturasi haydovchilar qoidalarni xizmat davomida «oxirgi zarurat holatida buzgani» sababli jarimalar bekor qilinganini qayd etdi.

Islom Karimov nomidagi kutubxona foydalanishga topshirildi — fotoreportaj
30 avgust 2022, 19:00

Islom Karimov nomidagi kutubxona foydalanishga topshirildi — fotoreportaj

Poytaxtdagi Oqsaroy qarorgohida Islom Karimov nomidagi kutubxona rasman ochildi. 70 mingdan ortiq kitob va 10 mingdan ziyod jurnalni jamlagan kutubxonada olim va tarixchilarning birinchi prezident haqidagi qo‘lyozmalari ham mavjud. Barchani 5 sentabrdan qabul qiladigan maskandan «Gazeta.uz» fotoreportaji.

Futboldagi Ukraina bayrog‘i montajchi xatosi bilan xiralashtirilgan — «Yoshlar» telekanali
30 avgust 2022, 16:40

Futboldagi Ukraina bayrog‘i montajchi xatosi bilan xiralashtirilgan — «Yoshlar» telekanali

«Yoshlar» telekanalining «Yangi davr» ko‘rsatuvida Real Madrid jamoasi nomi yonidagi Ukraina bayrog‘i xiralashtirib ko‘rsatildi. Buni montajchi xato qo‘yilgan deb o‘ylagan va o‘zboshimchalik bilan berkitgan, deya tushuntirdi telekanal rahbariyati. Montajchi va mas’ul muharrir jazolangani aytilmoqda.

OIV va OITS bilan kasallanganlikda gumonlangan shaxslarni majburiy tekshiruvdan o‘tkazish taklif etilmoqda
30 avgust 2022, 15:19

OIV va OITS bilan kasallanganlikda gumonlangan shaxslarni majburiy tekshiruvdan o‘tkazish taklif etilmoqda

IIV OIV/OITS bilan kasallanganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni majburiy tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish tartibini belgilashni taklif qilmoqda. «Xavfli guruh» qatoridagilar va ular bilan aloqada bo‘lgan shaxslar ushbu toifaga kirishi mumkin.

Asialuxe Travel va Travel World Group kuz-qish mavsumida Chexiyaga sayohatlarni e’lon qildi
30 avgust 2022, 15:00

Asialuxe Travel va Travel World Group kuz-qish mavsumida Chexiyaga sayohatlarni e’lon qildi

Travel World Group va Asialuxe Travel kompaniyalari Chexiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar amalga oshirishda, mehmonxona topish va viza olishga yordam beradi.

O‘zbekistonda 190 mingdan ortiq abituriyent talaba bo‘ldi — DTM
30 avgust 2022, 14:52

O‘zbekistonda 190 mingdan ortiq abituriyent talaba bo‘ldi — DTM

Davlat test markazi 2022−2023 o‘quv yili uchun 190 375 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilganini ma’lum qildi. Xususan, 39 962 nafari davlat granti, 150 413 nafari esa to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirdi. OTMga qabul qilinganlarning 13 mingdan ko‘prog‘i imtiyozga ega nomzodlar hisoblanadi.

Shavkat Mirziyoyev bir guruh Ozarbayjon fuqarolarini mukofotladi
30 avgust 2022, 13:08

Shavkat Mirziyoyev bir guruh Ozarbayjon fuqarolarini mukofotladi

Prezident O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida birodarlik rishtalarini mustahkamlashga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun bir guruh ozarbayjonliklarni taqdirladi. Ulardan biriga «O‘zbekiston xalq artisti» faxriy unvoni, qolgan uch nafariga esa «Do‘stlik» ordeni berildi.

Bayram munosabati bilan pensiya to‘lovlari plastik kartaga 1-sentabrgacha to‘lab beriladi
30 avgust 2022, 12:44

Bayram munosabati bilan pensiya to‘lovlari plastik kartaga 1-sentabrgacha to‘lab beriladi

Pensiya jamg‘armasi mustaqillik bayrami munosabati bilan sentabr uchun pensiya va nafaqa to‘lovlari (naqdsiz shaklda) oyning birinchi sanasigacha plastik kartalarga o‘tkazilishini ma’lum qildi. Naqd shaklda oluvchi fuqarolarga esa 5-sentabrdan boshlab nafaqa pullari yetkazib beriladi.

Xivaga boruvchi tezyurar poyezdga Jaloliddin Manguberdi nomi beriladi
30 avgust 2022, 11:49

Xivaga boruvchi tezyurar poyezdga Jaloliddin Manguberdi nomi beriladi

Prezident taklifiga ko‘ra, Toshkentdan Xivaga qatnovchi tezyurar poyezdga Jaloliddin Manguberdi nomi beriladi. U 2024 yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Samarqandda ilk bor kon texnogen chiqindilaridan volfram olindi
30 avgust 2022, 11:26

Samarqandda ilk bor kon texnogen chiqindilaridan volfram olindi

Samarqand viloyatida joylashgan «Ingichka» konining texnogen chiqindilaridan ilk marta volfram mahsuloti olinganligi ma’lum qilindi. Ushbu loyihaning yo‘lga qo‘yilishi 150 ta yangi ish o‘rnini yaratib, qayta ishlash evaziga yiliga 100 tonna volfram olishga imkon berdi.

Nukus voqealarida gumonlanib, hibsga olingan 24 nafar fuqaro jamoat kafilligi asosida qo‘yib yuborildi
30 avgust 2022, 11:06

Nukus voqealarida gumonlanib, hibsga olingan 24 nafar fuqaro jamoat kafilligi asosida qo‘yib yuborildi

Nukusdagi voqealarni o‘rganish bo‘yicha parlament komissiyasi taklifi va Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi iltimosnomasiga ko‘ra, namoyishlarda gumonlangan 24 nafar fuqaro jamoat kafilligi asosida o‘z oilasiga qaytarildi. Ularning qamoq jazosi jamoatchilik nazorati va uy qamog‘iga o‘zgartirildi.

Yangi Chevrolet Tracker`ning narxlari e’lon qilindi
30 avgust 2022, 10:51

Yangi Chevrolet Tracker`ning narxlari e’lon qilindi

UzAutoMotors`ning birinchi milliy krossoveri Chevrolet Tracker avtomobilining sotuvi boshlandi. Boshlang‘ich komplektatsiya narxi 179 000 000 so‘mni tashkil etadi. Xaridorlar 30 avgustdan boshlab shartnoma tuzishlari mumkin bo‘ladi.

100 yoshdan oshgan 14 nafar fuqaro «Shuhrat» medali bilan mukofotlandi
30 avgust 2022, 10:48

100 yoshdan oshgan 14 nafar fuqaro «Shuhrat» medali bilan mukofotlandi

Shavkat Mirziyoyev mustaqillik bayrami arafasida 100 yoshdan oshgan 14 nafar fuqaroni «Shuhrat» medali bilan taqdirladi.

Toshkentda $16 mingga yaqin qalbaki dollar musodara qilindi
30 avgust 2022, 10:09

Toshkentda $16 mingga yaqin qalbaki dollar musodara qilindi

Avgust boshida Toshkentda Spark avtomobili salonidan qariyb 16 ming qalbaki dollar topilgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qalbaki pul yasash va ularni o‘tkazish bilan shug‘ullangan shaxslarni aniqlash ishlari olib borilmoqda.

Samarqand shahridagi maktablarda SHHT sammiti sababli darslar 19-sentabrdan boshlanadi
30 avgust 2022, 09:59

Samarqand shahridagi maktablarda SHHT sammiti sababli darslar 19-sentabrdan boshlanadi

Samarqandda o‘tadigan SHHT sammiti va xorijiy mamlakat rahbarlarining rasmiy tashriflari sababli shahar maktablarida darslar 19-sentabrdan boshlanadi. O‘quvchilar qoldirilgan dars soatlarini o‘quv yili davomida ta’tillar hisobidan to‘ldirib boradi.

O‘zbekistonda zaharli va yirtqich yovvoyi hayvonlarni guvohnomasiz saqlash taqiqlanishi mumkin
30 avgust 2022, 08:29

O‘zbekistonda zaharli va yirtqich yovvoyi hayvonlarni guvohnomasiz saqlash taqiqlanishi mumkin

Qonunchilik palatasida «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha hujjat loyihasining muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar yovvoyi yirtqich va zaharli hayvonlarni hujjatsiz saqlashni taqiqlash masalasini ko‘rib chiqdilar.

Qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan Lacetti haydovchisi MJtKning uchta moddasi bo‘yicha jarimaga tortildi
29 avgust 2022, 22:46

Qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan Lacetti haydovchisi MJtKning uchta moddasi bo‘yicha jarimaga tortildi

Toshkent IIBB Chilonzorda yo‘lning qarama-qarshi bo‘lagida avariya holatini vujudga keltirgan holda harakatlangan Lacetti haydovchisini topdi. Unga nisbatan MJtKning uchta moddasi bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirildi, mashina esa jarima maydonchasiga qo‘yildi.

Londonga uchgan yo‘lovchilarning yuklari Toshkentda qolib ketdi
29 avgust 2022, 22:26

Londonga uchgan yo‘lovchilarning yuklari Toshkentda qolib ketdi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining «Toshkent-London» reysi yo‘lovchilarining yuklari samolyotga ortilmay qolib ketgan. Kompaniya buni Airbus 320neo samolyotining cheklangan tijorat yuklanishi bilan izohladi. Bagajlar 30 avgust kuni yetkazib beriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting