Navoiy viloyatida qiymati 3 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan 30 dona AntMiner T19 mayning qurilmasini o‘g‘rilagan ikki shaxs qo‘lga olindi. Hozirgacha 13 ta qurilma topilgan.
Dilshadbek Karimov Andijon viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga, Akmal Savurbayev Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. O‘tkirbek Raxmanov esa Zafarobod tumaniga hokim bo‘ldi.
Mobil-ID tizimi, Ochiqlik indeksi yuritiladigan davlat organ va tashkilotlari, nogironligi bo‘lgan shaxslarga 15 mln so‘mgacha subsidiya berilishi, kinoteatrlar uchun ishga tushgan maxsus axborot tizimi, «O‘ztransgaz» kompaniyasining huquqiy vorisiga aylangan «UzGasTrade» — 1 avgustdan nimalar o‘zgaradi?
Toshkentning Bektemir tumanida Matiz va Howo yuk mashinasi to‘qnashuvi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi.
Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida fuqaro boshqa fuqaroga qarashli issiqxona uchun ajratilgan 2 gektar yer maydonini ishlab chiqarish sexi qurmoqchi bo‘lgan shaxsga 500 ming dollarga sotishga uringanlikda ayblanmoqda. U so‘ralgan puldan 50 ming dollarini olgan vaqtida DXX tomonidan qo‘lga olindi.
«Gazeta.uz» yana bir yangi — «Zamonaviy kasb egalari» loyihasiga qo‘l urdi. Birinchi suhbatdosh «Tasnif» studiyasi rahbari Lazizbek Hamidov nima sababdan jurnalistikani tark etgani, muvaffaqiyati sirlari, qolaversa, kompyuter grafikasi ortidan yiliga 3−4 mlrd so‘m topish mumkinligi haqida so‘zlab berdi.
Ukrainada mahalliy aholiga palov ulashib kelgan o‘zbekistonlik Sardor Hakimov raketa zarbasi oqibatida halok bo‘ldi. U otishma paytida yerto‘lada palov pishirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lgan.
Hukumat qarori bilan professional ta’lim muassasalariga sirtqi va kechki ta’lim shakliga qabul qilish tartibi belgilandi. Unga ko‘ra, sirtqi ta’limda mustaqil, jumladan masofadan turib o‘qish, kechki ta’limda esa bu ikki uslubga qo‘shimcha ravishda tushdan keyin auditoriyada mashg‘ulot o‘tilishi mumkin.
Toshkentning Yashnobod tumanida PPX inspektori voyaga yetmagan bola bilan qo‘pol muomalada bo‘lgani aks etgan video tarqaldi. Xodim bolaga uning videosi, jumladan «yuzini internetga chiqarishga haqqi yo‘qligini» aytib, aks holda uni va ota-onasini sudga berish bilan qo‘rqitgan. IIV holatga munosabat bildirdi.
«XXI asrda bunday bo‘lishiga, bu kabi qo‘rquvni his qilish mumkinligiga hali ham ishona olmayapman» — demoqda Nukus aholisi. Ko‘pchilik o‘z yaqinlari va do‘stlarini yo‘qotdi, ammo bu haqda gapirishdan qo‘rqmoqda. «Gazeta.uz» bosh muharriri Azamat Atajanovning reportaji.
Tovuq va sabzavotli vok lapshasi, sabzavotli kish, ajabsanda, sabzavotli ragu, tovuq va sabzavotlardan qilingan toblatma, turkcha ratatuy, sabzavotlar bilan cho‘pchalarda pishirilgan tovuq — Zira.uz turli xil mazali sabzavotli taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Moskvadagi yong‘inda sakkiz kishi vafot etdi, ulardan ikki nafari O‘zbekiston fuqarolaridir. FVVning xabar berishicha, derazalardagi panjaralar va yong‘in sodir bo‘lgan vaqtda ishlamay qolgan signalizatsiya odamlarni qutqarib qolishga to‘sqinlik qilgan.
Yo‘l qurilishida noqonuniy sarflangan milliardlab so‘mlik mablag‘lar, tiriklik haqidagi ma’lumotnomaga izoh, magistraturaga topshirilayotgan sertifikatlarning 70 foizi soxtaligi, IT kasblar haqida gapirgan prezident, to‘siq tegib vafot etgan keksa ayol va boshqalar — «Gazeta.uz» da kun dayjesti.
2021−2022 yillarda yo‘l qurish va ta’mirlashda 45 ta holatda 34,5 mlrd so‘mlik mablag‘lar noqonuniy sarflangan. Senatda topshiriluvchi obyektlar soni va qiymati hamda buyurtmachi va pudratchi o‘rtasida tuzilgan shartnomalarni bekor qilish holatlari yildan-yilga ortib borayotgani va boshqalar muhokama qilindi.
Shahrisabzdagi davlat bolalar bog‘chasida noqonuniy olib qolingan qizcha hojatxona eshigiga o‘rnatilgan oyna sinishi natijasida jarohat olib, ko‘p qon yo‘qotishidan vafot etdi. Hozirda prokuratura ishni o‘rganmoqda.
Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida yuk mashinasi urib yuborgan to‘siq o‘sha paytda yo‘lni kesib o‘tayotgan ayolga borib tegdi. Piyoda kasalxonada vafot etgan.
Frankfurtda bo‘lib o‘tgan STEM olimpiadasida The British School of Tashkent o‘quvchilari «Ilmiy tadqiqotlar», «Matematika» va «Informatika» yo‘nalishlari bo‘yicha medallarni qo‘lga kiritishdi.
O‘zbekistonning qator viloyatlarida havo harorati bo‘yicha rekordlar yangilandi. 22 iyul kuni kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori harorat (taxminan +50 daraja) Qizilqum va Termiz hududida qayd etildi. 23 iyul kuni Toshkentda havo harorati +42,8 darajagacha ko‘tarilib, 2018 yilgi rekordni yangiladi.
Andijon viloyatidagi «Do‘stlik» chegara postida umumiy qiymati 862,8 mln so‘m bo‘lgan qariyb 6000 dona sovuq qurolning olib kirilishiga chek qo‘yildi.
«Agrobank» Qarshi filiali rahbari 1998 yilda «o‘lgan» deb topilgan fuqarodan tirikligi to‘g‘risida ma’lumotnoma so‘radi. Bundan norozi fuqaro murojaat yo‘lladi. Bank holatga izoh berib, qonuniy hujjatlar bankka to‘liq taqdim etilgach, kredit ajratish masalasi ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting