Jamiyat

Jizzaxda Nexia va Lacetti to‘qnashuvida ikki kishi halok bo‘ldi
12 sentabr 2024, 01:48

Jizzaxda Nexia va Lacetti to‘qnashuvida ikki kishi halok bo‘ldi

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida quvib o‘tish qoidalarini buzib, teskari yo‘nalishga chiqib ketgan Nexia qarshisidan kelayotgan Lacetti bilan to‘qnashdi. Oqibatda Nexia haydovchisi va yo‘lovchisi halok bo‘ldi.

Farg‘onada sog‘lig‘i yomonlashgan Lacetti haydovchisi YTH sodir etdi va halok bo‘ldi
12 sentabr 2024, 01:34

Farg‘onada sog‘lig‘i yomonlashgan Lacetti haydovchisi YTH sodir etdi va halok bo‘ldi

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida 61 yoshli haydovchi sog‘lig‘i yomonlashgani sababli boshqaruvni yo‘qotib, qarshisidan kelayotgan kichik yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. U og‘ir jarohatlar bilan voqea joyida halok bo‘ldi.

“Vagner” XHK safida xizmat qilgan o‘zbekistonlik yollanishda ayblandi. Tafsilotlar
12 sentabr 2024, 00:48

“Vagner” XHK safida xizmat qilgan o‘zbekistonlik yollanishda ayblandi. Tafsilotlar

O‘zbekiston fuqarosi “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi bilan shartnoma tuzib, Ukraina, Rossiya va Belarusda xizmat qildi. U “Artemovskni ozod qilganlik uchun” medalini oldi va Yevgeniy Prigojinning “adolat marshi”da qatnashdi. Toshkent sudi uning ozodligini 4 yilga chekladi.

11-sentabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
11 sentabr 2024, 23:47

11-sentabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

O‘zbekistonda ishlash uchun kelgan AQShlik o‘qituvchilar, “yaqin kunlarda” boshlanadigan Boysun konini jilovlash ishlari, 20 yildan so‘ng yana samolyotlarni qabul qilayotgan Shahrisabz aeroporti, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha umummilliy harakat va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Boysun gaz konidagi avariyaga nima sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin?
11 sentabr 2024, 21:16

Boysun gaz konidagi avariyaga nima sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin?

Surxondaryodagi “M-25” gaz koni qudug‘idagi avariya oldidan xizmatlardan ko‘rsatmalar bo‘lgan va burg‘ilash eritmasida gaz topilgan, deb xabar berdi vaziyatdan xabardor bo‘lgan “Gazeta.uz” manbasi. Neft-gaz sohasidagi yana bir manbaning aytishicha, hodisada faqat ishchilarni aybdor qilish kerak emas.

Kambag‘allikni qisqartirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi komissiya tuziladi
11 sentabr 2024, 20:02

Kambag‘allikni qisqartirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi komissiya tuziladi

O‘zbekistonda bosh vazir o‘rinbosari boshchiligida kambag‘allikni qisqartirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi komissiya tuziladi. U tumanlardagi rahbarlar faoliyatiga baho beradi va har oy prezidentga axborot kiritadi. Komissiyaning viloyat va tuman bo‘limlariga hokimlar boshchilik qiladi.

OTMlarga kirishda “budjet” ballining 80 foizini to‘plagan kambag‘al oila farzandlariga qo‘shimcha grant ajratiladi
11 sentabr 2024, 19:39

OTMlarga kirishda “budjet” ballining 80 foizini to‘plagan kambag‘al oila farzandlariga qo‘shimcha grant ajratiladi

Endi kambag‘al oilalarda kamida 1 nafar oliy ma’lumotli kishi bo‘lishi uchun sharoit yaratiladi. Buning uchun, xususan, OTMlarga kirishda grant ballining 80 foizini to‘plagan kambag‘al oila farzandlariga qo‘shimcha grant ajratiladi. O‘zlashtirish ko‘rsatkichi 80 foizdan balandlar esa foizsiz ta’lim krediti oladi.

Toshkent masjidlaridagi 18 nafar imom va noib ishdan olindi
11 sentabr 2024, 19:26

Toshkent masjidlaridagi 18 nafar imom va noib ishdan olindi

Yil boshidan beri Toshkent shahri masjidlaridagi faoliyatida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan, mehnat majburiyatlarini yetarli darajada bajarmagan 8 nafar imom-xatib va 10 nafar imom noibi vazifasidan ozod etildi. Yana 4 nafar imom va noibga hayfsan qo‘llandi.

Quyosh paneli o‘rnatishga majburlashni mutlaqo yoqlamaymiz — Energovazirlik
11 sentabr 2024, 18:46

Quyosh paneli o‘rnatishga majburlashni mutlaqo yoqlamaymiz — Energovazirlik

Energovazirlik tadbirkorlar quyosh panellari o‘rnatishga majburlanayotgani, bu ishni qilmaganlar esa elektrdan uzish bilan qo‘rqitilayotgani haqidagi xabarlarga javoban “quyosh paneli o‘rnatishga majburlash yo‘q”ligini aytdi. O‘zLiDeP esa holatlar tasdiqlansa, vazirlik va idoralarga deputatlik so‘rovlari yubormoqchi.

Shahrisabz aeroporti 20 yildan so‘ng qayta ish boshladi
11 sentabr 2024, 18:03

Shahrisabz aeroporti 20 yildan so‘ng qayta ish boshladi

2003-yilda yopilgan Shahrisabz mahalliy aeroporti fuqaro aviatsiyasi parvozlari uchun o‘z faoliyatini tikladi. Toshkentdan L410 rusumli samolyotdagi ilk parvoz 1 soat 30 daqiqada yetib bordi. Aerodrom hozirda to‘rt turdagi samolyot va barcha turdagi vertolyotlarni sig‘dira oladi.

O‘zbekistondagi 14 ming rahbarning har biriga 5 tadan sharoiti eng og‘ir oila biriktiriladi
11 sentabr 2024, 17:53

O‘zbekistondagi 14 ming rahbarning har biriga 5 tadan sharoiti eng og‘ir oila biriktiriladi

Rahbarlar kambag‘al oilalar xonadoniga kirib, sharoitni o‘z ko‘zi bilan ko‘rsagina natija bo‘ladi, dedi prezident. Endi viloyatdagi 2 ming va tumandagi 12 ming rahbarning har biriga 5 tadan sharoiti eng og‘ir oila biriktirilishi ma’lum qilindi.

“Boysundagi konni jilovlash ishlari yaqin kunlarda amalga oshiriladi” — FVV vakili
11 sentabr 2024, 15:57

“Boysundagi konni jilovlash ishlari yaqin kunlarda amalga oshiriladi” — FVV vakili

FVV vakili Samandar Hikmatullayev Boysundagi vodorod sulfid chiqqan “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz konini jilovlash ishlari yaqin kunlarda amalga oshirilishini bildirdi. U gazdan ommaviy zaharlanish holatlari yo‘qligi, ammo odamlar orasida yengil zaharlanish holatlari uchrayotganini tan oldi.

2024-yilning 7 oyida salkam 765 mingta yangi ish o‘rni hisobotlarga qo‘shib yozilgan
11 sentabr 2024, 15:33

2024-yilning 7 oyida salkam 765 mingta yangi ish o‘rni hisobotlarga qo‘shib yozilgan

Bosh prokuratura yanvar-iyul oylarida 764 723 ta yangi ish o‘rni hisobotlarga qo‘shib yozilganini ma’lum qildi. Shuningdek, ish haqi va nafaqa pullari bo‘yicha 4,2 mlrd so‘m talon-toroj qilingani aniqlanib, 52 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“„Oltin“ yelkadagi tog‘ni ag‘daradi. Menda shu tog‘ qolib ketdi”. Parij Paralimpiadasi sovrindori Guljanoy Naimova hikoyasi
11 sentabr 2024, 14:14

“„Oltin“ yelkadagi tog‘ni ag‘daradi. Menda shu tog‘ qolib ketdi”. Parij Paralimpiadasi sovrindori Guljanoy Naimova hikoyasi

Uning taekvondochi bo‘lishiga oilasi qarshi edi. Akalari: “Senga to‘g‘ri kelmaydi”, deb uni avaylamoqchi bo‘lgan. Chunki u chap qo‘l pleksiti bilan dunyoga kelgan. Ammo u o‘z bilganidan qolmadi va yakunda ikki karra Paralimpiya sovrindoriga aylandi. “Iroda” loyihasida — parataekvondochi Guljanoy Naimova hikoyasi.

“O‘qimagan millat kuchli bo‘lmaydi”. Qozoqboy Yo‘ldoshevning shaxsiy kutubxonasidan reportaj
11 sentabr 2024, 12:50

“O‘qimagan millat kuchli bo‘lmaydi”. Qozoqboy Yo‘ldoshevning shaxsiy kutubxonasidan reportaj

“Gazeta.uz” kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi “Kutubxona” loyihasini davom ettiradi. Bu galgi mehmon — adabiyotshunos olim, pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yo‘ldoshev. “Millatning hozirgi ahvoliga kutubxonalar kerak emas, degan o‘y bor. Lekin… o‘qimagan millat kuchli bo‘lmaydi”, deydi u.

O‘zbekistondagi maktab va universitetlarda ishlash uchun AQShdan yana 20 nafar o‘qituvchi keldi
11 sentabr 2024, 12:33

O‘zbekistondagi maktab va universitetlarda ishlash uchun AQShdan yana 20 nafar o‘qituvchi keldi

Amerikalik 20 nafar o‘qituvchi O‘zbekistonga 10 ta hududdagi maktab va universitetda ingliz tilidan dars berish uchun keldi. Mamlakatda 2019-yildan buyon 98 nafar amerikalik ingliz tili o‘qituvchisi 21 ta davlat maktabi va 30 dan ortiq universitetda ishlamoqda.

Termiz shahri va tumanidagi gaz “zapravka”larga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi
11 sentabr 2024, 12:13

Termiz shahri va tumanidagi gaz “zapravka”larga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi

Termiz shahri va Termiz tumanida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalariga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi. Bunga gaz quvurida o‘rnatilgan gaz bosimini nazorat qiluvchi qurilmadagi nosozlik sabab ekani ma’lum qilindi.

Haydovchisi 363 marta qoida buzgan va 240 mln so‘m qarz bo‘lgan Spark auksionda sotiladi
11 sentabr 2024, 11:13

Haydovchisi 363 marta qoida buzgan va 240 mln so‘m qarz bo‘lgan Spark auksionda sotiladi

Toshkent shahrida Spark haydovchisi 363 marta yo‘l harakati qoidalarini buzgan va uning jarima summasi 240 mln so‘mdan oshib ketgan. MIB avtomobilni sotishga urinish chog‘ida xatlovga oldi. U qarz qoplanishi uchun auksion savdolariga chiqariladi.

Prezident davlat tibbiy sug‘urtasini joriy etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi
11 sentabr 2024, 10:21

Prezident davlat tibbiy sug‘urtasini joriy etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

Shavkat Mirziyoyevning davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Tizim 1-oktabrdan boshlab Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida, 2025-yil 1-yanvardan Qoraqalpog‘iston Respublikasida joriy etish rejalashtirilayotgandi.

Firibgarlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan erkak Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi
11 sentabr 2024, 02:33

Firibgarlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan erkak Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Firibgarlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan 32 yoshli erkak Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. U 2 yil davomida fuqarolarning umumiy hisobda 60 ming dollar miqdoridagi pulini o‘zlashtirganlikda gumonlanmoqda. Undan jabr ko‘rgan fuqarolardan konsullik yoki IIVga murojaat qilish so‘raldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting