Jahon

Adilbek Kasimaliyev Qirg‘izistonning yangi bosh vaziri bo‘ldi
18 dekabr 2024, 15:02

Adilbek Kasimaliyev Qirg‘izistonning yangi bosh vaziri bo‘ldi

Qirg‘izistonning yangi bosh vaziri etib avval bosh vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Adilbek Kasimaliyev tayinlandi. U ikki kun avval prezident iste’foga chiqargan Akilbek Japarovning o‘rnini egallaydi.

“Menda hamma Putin Rossiyasidan qo‘rqadigandek taassurot bor” — Zelenskiy
18 dekabr 2024, 13:50

“Menda hamma Putin Rossiyasidan qo‘rqadigandek taassurot bor” — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatning kuchi Qrim va Donbassni qaytarib olishga yetmasligi, Putinga bosim o‘tkazish va bu urushni to‘xtatish uchun kuchli Amerika va Yevropa kerakligini aytdi. “Menda shunday taassurot borki, hamma Putin Rossiyasidan qo‘rqadi, u jazosiz qolmoqda”, — dedi Zelenskiy.

Rossiyada general teraktda halok bo‘ldi. O‘zbekistonlik erkak bu ishda gumonlanmoqda
18 dekabr 2024, 12:48

Rossiyada general teraktda halok bo‘ldi. O‘zbekistonlik erkak bu ishda gumonlanmoqda

Rossiya Qurolli kuchlari generali Igor Kirillovni o‘ldirishda gumonlangan O‘zbekiston fuqarosi Moskvada ushlandi. Tergov qo‘mitasi uni Ukraina 100 ming dollar evaziga yollaganini bildirdi. Ilgari Kirillov Ukraina harbiylariga qarshi taqiqlangan kimyoviy qurol ishlatishga buyruq bergani aytiladi.

AQSh chegarada qo‘shinlar to‘planishi tufayli Turkiyaning Suriyaga bostirib kirishidan xavotirda — WSJ
17 dekabr 2024, 19:15

AQSh chegarada qo‘shinlar to‘planishi tufayli Turkiyaning Suriyaga bostirib kirishidan xavotirda — WSJ

AQSh Turkiya kuchlarining Suriya chegarasida to‘planayotgani va Anqaraning Suriya kurdlari yerlariga bostirib kirishi ehtimolidan xavotirda, deb yozdi WSJ. Harbiylar va artilleriyani ko‘paytirish Bashar Asad rejimi qulaganidan keyin boshlandi.

Hindistonda havo ifloslanishi bilan bog‘liq cheklovlar kuchaytirildi
17 dekabr 2024, 18:43

Hindistonda havo ifloslanishi bilan bog‘liq cheklovlar kuchaytirildi

Hindistonda havo sifati yanada yomonlashganidan so‘ng Nyu Dehli va unga yaqin hududlarda cheklovlar kuchaytirildi. Gibrid darslar 10−12-sinflardan tashqari barcha sinflarga tatbiq etildi. Xodimlarning 50 foiziga uydan ishlashga ruxsat berildi. Ko‘plab qurilish ishlari taqiqlanmoqda.

Germaniya parlamenti Shols hukumatiga nisbatan ishonchsizlik votumini qabul qildi
17 dekabr 2024, 15:31

Germaniya parlamenti Shols hukumatiga nisbatan ishonchsizlik votumini qabul qildi

Germaniya parlamenti kansler Olaf Sholsning so‘rovini qo‘llab-quvvatladi va uning hukumatiga nisbatan ishonchsizlik votumi uchun ovoz berdi. Bu hukmron koalitsiya parchalanganidan keyin zarurat tug‘ilgan muddatidan ilgari saylovlarga yo‘l ochadi.

YI Suriyaning yangi rahbariyati bilan Rossiya harbiy bazalarini mamlakatdan olib chiqishni muhokama qilmoqchi
17 dekabr 2024, 13:58

YI Suriyaning yangi rahbariyati bilan Rossiya harbiy bazalarini mamlakatdan olib chiqishni muhokama qilmoqchi

Yevropa Ittifoqi Suriyaning yangi rahbariyati bilan Rossiya harbiy bazalarini mamlakatdan chiqarishni muhokama qilmoqchi, deb xabar berdi ittifoq oliy vakili Kaya Kallas. Ittifoqning ko‘pgina rasmiylari Suriyada Rossiya harbiylari bo‘lmasligi tarafdori. Bu masala “Suriya rasmiylari bilan uchrashuvlarda ko‘tariladi”.

Janubiy Koreya Konstitutsiyaviy sudi prezidentga impichment ishini ko‘rishni boshladi
16 dekabr 2024, 20:05

Janubiy Koreya Konstitutsiyaviy sudi prezidentga impichment ishini ko‘rishni boshladi

Janubiy Koreya Konstitutsiyaviy sudi prezident Yun Sok Yolga harbiy holat joriy etishga uringani uchun impichment masalasini ko‘rib chiqishni boshladi. Sudyalar uni lavozimidan chetlashtirish yoki qayta tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilishi kerak. Huquq organlari Yunni isyon ko‘tarish ishi bo‘yicha so‘roqqa chaqirdi.

“Boshpana so‘rash yoki iste’fo haqida o‘ylamaganman”. Bashar Asad Moskvadan maktub yo‘lladi
16 dekabr 2024, 19:18

“Boshpana so‘rash yoki iste’fo haqida o‘ylamaganman”. Bashar Asad Moskvadan maktub yo‘lladi

Suriya sobiq prezidenti Bashar Asad Moskvadan maktub e’lon qilib, u “oxirigacha Suriyani tark etmoqchi bo‘lmagani, bu voqealar paytida iste’foga chiqish yoki boshpana so‘rash haqida o‘ylamagani”ni aytdi. Asadning ta’kidlashicha, aynan Moskva uni mamlakatdan zudlik bilan evakuatsiya qilishni so‘ragan.

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 15-sanksiyalar paketini qabul qildi
16 dekabr 2024, 16:54

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 15-sanksiyalar paketini qabul qildi

Yevropa Ittifoqi kengashi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 15-paketini ma’qulladi. 54 nafar jismoniy shaxs va 30 ta, jumladan, Xitoy, Hindiston, BAA va boshqa mamlakatlar tashkilotlari cheklovlarga uchradi. Yangi choralar Rossiyaning “soyadagi floti”ga ham qaratildi.

Qirg‘iziston hukumati rahbari ishdan bo‘shadi
16 dekabr 2024, 12:10

Qirg‘iziston hukumati rahbari ishdan bo‘shadi

Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi va prezident administratsiyasi rahbari Akilbek Japarov “boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z arizasiga ko‘ra” lavozimidan ozod etildi. Japarovning vazifalarini vaqtincha bajarish Adilbek Kasimaliyevga yuklatildi.

Sobiq futbolchi Mixail Kavelashvili Gruziya prezidenti etib saylandi
14 dekabr 2024, 18:01

Sobiq futbolchi Mixail Kavelashvili Gruziya prezidenti etib saylandi

Gruziyadagi saylovchilar kollegiyasi Mixail Kavelashvilini yangi prezident etib sayladi. 53 yoshli deputat va sobiq futbolchi yagona nomzod edi. Bu lavozimga uni “Gruzin orzusi” hukmron partiyasi ilgari surdi. Amaldagi prezident Zurabishvili avvalroq o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilishdan bosh tortgandi.

2024-yilda dunyo bo‘ylab 54 nafar jurnalist o‘ldirildi — “Chegara bilmas muxbirlar”
14 dekabr 2024, 15:44

2024-yilda dunyo bo‘ylab 54 nafar jurnalist o‘ldirildi — “Chegara bilmas muxbirlar”

“Chegara bilmas muxbirlar” tashkiloti hisobotiga ko‘ra, 2024-yilda 17 davlatda 54 nafar jurnalist o‘z xizmat vazifasini bajarayotib halok bo‘ldi. Ularning yarmidan ko‘pi jangovar zonalarda vafot etgan. Dunyo bo‘ylab 550 nafar jurnalist qamoqda qolmoqda.

Janubiy Koreya parlamenti prezidentga impichment e’lon qildi
14 dekabr 2024, 13:13

Janubiy Koreya parlamenti prezidentga impichment e’lon qildi

Janubiy Koreya parlamentida harbiy holat joriy etishga uringan prezident Yun Sok Yolga nisbatan impichment e’lon qilishda yetarlicha ovoz to‘plandi. Uning lavozimidan chetlatilishi uchun 204 deputat ovoz berdi.

Janubiy Koreya: yaqin daqiqalarda prezident impichmenti uchun takroriy ovoz berish boshlanadi (suratlar)
14 dekabr 2024, 11:31

Janubiy Koreya: yaqin daqiqalarda prezident impichmenti uchun takroriy ovoz berish boshlanadi (suratlar)

Seulda parlament atrofidagi ko‘chalarda odamlar prezident harbiy holat e’lon qilganidan beri eng katta mitingga yig‘ildi. U yerda tez orada Yun Sok Yol impichmenti uchun takroriy ovoz berish o‘tkaziladi.

Avstriya vataniga qaytishni istagan suriyalik qochqinlarga 1000 yevrodan to‘lamoqchi
13 dekabr 2024, 23:29

Avstriya vataniga qaytishni istagan suriyalik qochqinlarga 1000 yevrodan to‘lamoqchi

Avstriya o‘z vataniga qaytishni istagan suriyalik qochqinlarga 1000 yevrodan pul to‘lamoqchi. “Hozir mamlakat qayta qurishda o‘z fuqarolariga muhtoj”, — dedi Avstriya kansleri. Yevropadagi qator davlatlar singari Avstriyada suriyaliklarga boshpana berish jarayoni to‘xtatib turilibdi.

Bashar Asad hatto qarindoshlarini ogohlantirmay, Suriyadan qochgan — Reuters
13 dekabr 2024, 21:08

Bashar Asad hatto qarindoshlarini ogohlantirmay, Suriyadan qochgan — Reuters

Suriya sobiq prezidenti Bashar Asad hatto qarindoshlarini ham ogohlantirmasdan, mamlakatdan qochib ketgan. Moskvaga borishdan bir necha soat oldin u armiyani Rossiyaning yordami yo‘lda ekaniga ishontirgan, deb yozadi Reuters.

Fransua Bayru Fransiyaning yangi bosh vaziri etib tayinlandi
13 dekabr 2024, 17:25

Fransua Bayru Fransiyaning yangi bosh vaziri etib tayinlandi

Makron Fransiya yangi bosh vaziri etib sobiq adliya vaziri, markazchi Fransua Bayruni tayinladi. Uning birinchi galdagi vazifasi 2025-yil uchun budjetni tarqoqlikka uchragan Milliy majlisda ma’qullatishga erishishdan iborat.

AQSh Gruziya rasmiylariga qarshi viza sanksiyalarini joriy qildi
13 dekabr 2024, 16:12

AQSh Gruziya rasmiylariga qarshi viza sanksiyalarini joriy qildi

AQSh mamlakatda “demokratiyaga putur yetkazganlik uchun javobgar” bo‘lgan 20 nafar Gruziya fuqarosiga nisbatan viza cheklovlarini joriy qildi. Ro‘yxatga vazirlar, parlament a’zolari va ichki ishlar xodimlari kiritilgan.

Moldova Rossiya gazi tufayli favqulodda holat e’lon qildi
13 dekabr 2024, 14:07

Moldova Rossiya gazi tufayli favqulodda holat e’lon qildi

Moldovada Rossiya gazining Ukraina orqali yetkazib berilishi to‘xtatilishi ehtimoli munosabati bilan 60 kunlik favqulodda holat joriy etildi. Ukraina 1-yanvardan Rossiya gazi va neftining Yevropaga tranzitini to‘xtatishini e’lon qilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting