Seulda harbiy holat e’lon qilinib, bekor qilingandan keyin vaziyat tinch. Parlament binosi oldida kechasi boshlangan namoyish davom etmoqda. Odamlar prezidentni iste’foga chiqishga chaqiruvchi plakatlarni ushlab turibdi. Koreya Respublikasi poytaxtidan ayni daqiqalarda olingan suratlar.
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol parlamentning shu mazmundagi ovoz berishidan so‘ng mamlakatda avval e’lon qilingan harbiy holatni bekor qilishini aytdi. Yunning qarori Seulda noroziliklar va unga nisbatan impichment chaqiruvlariga sabab bo‘ldi.
Koreya Respublikasi parlamenti mamlakatda harbiy holatni bekor qilish uchun ovoz berdi. 300 deputatdan 190 nafari prezident qaroriga qarshi ovoz berdi. Parlament binosi oldida odamlar yig‘ilgan. Harbiylar parlament binosini tark eta boshladi.
Gruziya Konstitutsiyaviy sudi prezident va muxolifatning oktabr oyida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari natijalarini ko‘plab qoidabuzarliklar tufayli bekor qilishni talab qilgan da’volarini rad etdi. Qaror to‘qqiz sudyaning yetti nafari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Mamlakatda namoyishlar davom etmoqda.
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol konstitutsiyaviy tartibni “kommunistik kuchlar”dan himoya qilish uchun harbiy holat e’lon qildi. U bunday chorani muxolifatning harakatlari tufayli qo‘llaganini aytdi, uning so‘zlariga ko‘ra, muxolifat mamlakatni inqirozga olib kirmoqchi.
NATO a’zolari orasida Ukrainani ittifoqqa taklif qilish uchun zarur bo‘lgan “konsensus belgilari yo‘q”, deb yozadi Reuters. Ukraina TIV mamlakat blok a’zoligiga “hech qanday muqobil yoki o‘rnini bosuvchi” a’zolikni qabul qilmasligini bildirdi va Budapesht memorandumining “achchiq tajribasi”ni eslatdi.
Germaniya kansleri Olaf Shols 2,5 yil ichida Ukrainaga qilgan ilk tashrifi chog‘ida mamlakatga 650 mln yevrolik qo‘shimcha harbiy yordam yetkazib berilishini e’lon qildi. Shuningdek, Kiyevdan Putinga murojaat qilib, Germaniya Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi susaymasligini ta’kidladi.
Gruziyada 5 kundan beri hukumatning YeIga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatish qaroriga qarshi norozilik namoyishlari davom etmoqda. Politsiya suv va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llamoqda, namoyishchilar bunga javoban barrikadalar qurib, mushak otmoqda. Bunda jami 200 dan ortiq kishi qo‘lga olindi.
Ar-Riyod shahrida BMT Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiyasi tomonlar konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston ham ishtirok etayotgan tadbirda cho‘llanish, yerlarning degradatsiyasi va qurg‘oqchilik muammolariga e’tibor qaratiladi. Fotoreportaj.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina armiyasining Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarni ozod qilish uchun kuchlari yetarli emasligini aytdi. U Ukraina xavfsizlik kafolatlarini olishi va mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilish kerakligini bildirdi.
AQSh prezidenti Jo Bayden o‘g‘li Hanter Baydenni “sodir etgan yoki sodir etgan bo‘lishi mumkin” bo‘lgan jinoyatlari uchun afv etdi. U soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash, qalbaki soliq deklaratsiyasini taqdim etish, noqonuniy qurol saqlash kabi jinoyatlarda ayblangan.
Suriyada qo‘zg‘olonchilar Idlibda 25 ta qishloq va harbiy aeroportni egallab oldi. Shuningdek, hukumat qo‘shinlari Halabni deyarli qarshiliksiz tark etgani ma’lum qilindi. Hujum boshlanganidan beri kamida 277 kishi halok bo‘ldi. “Gazeta.uz” vaziyat bo‘yicha Meduza tayyorlagan materialning tarjimasini havola etadi.
Kipr hukumati 77 nafar chet el fuqarosiga berilgan “oltin” pasportni bekor qilishga qaror qildi. Ushbu ro‘yxatda Alisher Usmonovning singlisi Gulbahor Ismoilova ham bor. Hukumat komissiyasi surishtiruvi davomida ular tomonidan qoidabuzarliklar aniqlangani aytildi.
Tbilisida Yevropa integratsiyasi bo‘yicha muzorakalarning bekor qilinishiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari davom etmoqda. Ikki kunda 150 dan ortiq kishi qo‘lga olindi, 10 nafar politsiyachi jarohatlandi. Prezident politsiya harakatlarini “Rossiya uslubidagi qatag‘onlar” bilan taqqosladi.
Italiyada minglab ishchilar hukumatning 2025-yilgi budjet rejalaridan norozi bo‘lib, shuningdek, ish haqi va xizmatlar sifatini oshirishni talab qilib, ish tashlashga chiqdi. Jarayon temiryo‘l transportidan tashqari iqtisodiyotning barcha sohalarini qamrab oldi.
Repatriatsiya tadbirlari natijasida Ukraina Qurolli kuchlarining urushda halok bo‘lgan 502 nafar harbiy xizmatchisining jasadi ortga qaytarildi. Kiyev esa 52 nafar rossiyalik harbiyning jasadini qaytargani xabar qilindi.
Shveysariya prokuraturasi Lombard Odier xususiy banki va uning sobiq xodimini jinoiy daromadlarni yuvishda ayblamoqda. Ular Gulnora Karimovaning jinoiy faoliyatini yashirishga yordam berishda “hal qiluvchi rol” o‘ynagani ta’kidlanyapti.
Qozog‘iston Milliy banki tenge kursining keskin tushishi sababli asosiy foiz stavkasini 14,25 foizdan 15,25 foizgacha ko‘tarishga qaror qildi. Shuningdek, inflatsiya va iqtisodiy o‘sish bo‘yicha bashoratlar salbiy tomonga o‘zgartirildi.
Gruziya bosh vaziri 2028-yilgacha Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralardan voz kechilganini e’lon qildi. Shundan so‘ng Tbilisida bir necha ming kishi yig‘ildi. Namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv bo‘ldi. Prezident Salome Zurabishvili ham namoyishga qo‘shildi. Jarayon davomida 43 kishi qo‘lga olindi.
Avstraliyada 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini butunlay taqiqlovchi qonun qabul qilindi. Hujjat bunday taqiq bo‘yicha dunyodagi eng qat’iy talablardan biri ekani ta’kidlanmoqda. Tanqidchilar va inson huquqlari vakillari qonunni qoraladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting