Jahon

Argentinada soliq xizmati tugatildi
23 oktabr 2024, 02:31

Argentinada soliq xizmati tugatildi

Argentina hukumati “argentinaliklarning iqtisodiy erkinligiga to‘sqinlik qilayotgan keraksiz byurokratiyani yo‘q qilish” maqsadida soliq xizmati tugatilganini e’lon qildi. Vakolatlar “oddiyroq” tuzilmaga ega yangi agentlikka o‘tkaziladi.

Gruziyada 26-oktabrda parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Nimalar ma’lum?
23 oktabr 2024, 02:12

Gruziyada 26-oktabrda parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Nimalar ma’lum?

Gruziyada, tahlilchilar fikricha, tarixiy ahamiyatga ega bo‘ladigan parlament saylovlariga 3 kun qoldi. Milliarder Bidzina Ivanishvili boshchiligidagi hukmron partiya saylovlarni “urush va tinchlik o‘rtasidagi”, muxolifat esa Yevropa va rossiyaparast kelajak o‘rtasidagi referendum deb atamoqda.

Kubada masshtabli blekaut davom etmoqda, butun mamlakat elektrsiz qoldi
21 oktabr 2024, 21:01

Kubada masshtabli blekaut davom etmoqda, butun mamlakat elektrsiz qoldi

Kuba aholisi yirik elektr stansiyasida ro‘y bergan avariyadan so‘ng to‘rtinchi kundirki elektr ta’minotisiz qolmoqda. Hozircha IES faoliyatini tiklashning imkoni bo‘lmadi. Gavanada odamlar norozilik sifatida ko‘chalarga chiqa boshladi.

Moldovada prezidentlik saylovlarida Mayya Sandu yetakchilik qilmoqda
21 oktabr 2024, 15:15

Moldovada prezidentlik saylovlarida Mayya Sandu yetakchilik qilmoqda

Moldova prezidentlik saylovlarida nomzodlardan hech biri 50 foiz ovoz ololmadi. Endi amaldagi prezident Mayya Sandu va mamlakatning sobiq bosh prokurori Aleksandr Stoyanoglo saylovlarning ikkinchi turida o‘zaro kurashadi. Yevrointegratsiya bo‘yicha referendumda ovozlar deyarli teng taqsimlandi.

Turkiyalik sobiq imom Fathulloh Gulen vafot etdi
21 oktabr 2024, 14:22

Turkiyalik sobiq imom Fathulloh Gulen vafot etdi

AQShda yashagan turkiyalik sobiq imom, “Xizmat” jamoatchilik harakati asoschisi Fathulloh Gulen 83 yoshida vafot etdi. Turkiya hukumati uni 2016-yilgi davlat to‘ntarishiga urinish tashkilotchisi sifatida ayblab kelar edi, uning o‘zi esa ayblovlarni rad etib kelgan.

Rossiyada chaqaloqning o‘limida ayblangan o‘zbekistonlik ayol hibsga olindi
21 oktabr 2024, 11:24

Rossiyada chaqaloqning o‘limida ayblangan o‘zbekistonlik ayol hibsga olindi

Rossiyada yarim yoshli chaqaloqning o‘limida ayblanayotgan o‘zbekistonlik ayol vaqtincha hibsga olindi. U chaqaloqni cho‘miltirish vaqtida qo‘lida tushirib yuborgani taxmin qilinmoqda.

“Ukrainani NATOga taklif qilish — urushni to‘xtatishning yagona yo‘li” — Zelenskiy
18 oktabr 2024, 22:26

“Ukrainani NATOga taklif qilish — urushni to‘xtatishning yagona yo‘li” — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘z mamlakatini NATOga taklif qilishni Rossiya bilan urushni tugatishning yagona yo‘li deb atadi. Uning fikricha, bu Kiyevning muzokaralardagi pozitsiyasini mustahkamlaydi va ukrainaliklarning ruhiyatini oshiradi.

Netanyahu G‘azo va Livandagi urushni davom ettirishni ma’lum qildi
18 oktabr 2024, 17:54

Netanyahu G‘azo va Livandagi urushni davom ettirishni ma’lum qildi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvar o‘ldirilgani ortidan G‘azo va Livanda urushni davom ettirishga va’da berib, guruh tomonidan garovga olinganlar ozod qilinmaguncha janglar to‘xtamasligini aytdi.

HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvar G‘azoda o‘ldirildi
17 oktabr 2024, 23:01

HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvar G‘azoda o‘ldirildi

Isroil HAMAS guruhi yetakchisi Yahyo Sinvar G‘azo sektoridagi operatsiya paytida o‘ldirilganini tasdiqladi. U 2023-yil 7-oktabr kuni Isroilga qilingan hujumning asosiy tashkilotchisi hisoblanayotgandi.

Bangladesh xalqaro tribunali mamlakat sobiq bosh vaziri Shayx Xasinani hibsga olishga order berdi
17 oktabr 2024, 19:16

Bangladesh xalqaro tribunali mamlakat sobiq bosh vaziri Shayx Xasinani hibsga olishga order berdi

Bangladesh xalqaro tribunali ommaviy norozilik namoyishlari fonida mamlakatdan qochib ketgan sobiq bosh vazir Shayx Xasinani hibsga olishga order berdi. U yuzlab namoyishchilarning o‘limiga aloqadorlikda gumonlanmoqda.

“Markaziy Osiyo jahon xaritasida tobora ko‘zga tashlanib bormoqda” — Toqayev
17 oktabr 2024, 16:49

“Markaziy Osiyo jahon xaritasida tobora ko‘zga tashlanib bormoqda” — Toqayev

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev “Markaziy Osiyodagi hozirgi vaziyat 10 yil oldingi vaziyatdan keskin farq qiladi”, dedi. U mintaqa mamlakatlari bir-biri bilan faol hamkorlik qilayotganini ta’kidlab, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvlarini samarali deb atadi.

Qozog‘iston “yaqin kelajakda” BRIKSga qo‘shilmaslik qarorini e’lon qildi
16 oktabr 2024, 23:00

Qozog‘iston “yaqin kelajakda” BRIKSga qo‘shilmaslik qarorini e’lon qildi

Qozog‘iston “yaqin kelajakda” BRIKSga ariza berishdan bosh tortadi, dedi Qosim-Jomart Toqayevning matbuot kotibi, uning so‘zlariga ko‘ra, BMT “universal tashkilot” sifatida ustuvor ahamiyatga ega. Toqayevning o‘zi avvalroq BRIKSga a’zolikka qiziqish bildirgandi.

Zelenskiy Radada Ukrainaning “g‘alaba rejasi”ni taqdim etdi
16 oktabr 2024, 22:35

Zelenskiy Radada Ukrainaning “g‘alaba rejasi”ni taqdim etdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ilk bor o‘z “g‘alaba rejasi”ni ommaga taqdim etdi. U besh banddan iborat va NATOga taklifnoma, Ukrainada “noyadroviy to‘xtatishning keng qamrovli paketi”ni joylashtirish va Yevropadagi Amerika kontingentining bir qismini ukrain harbiylari bilan almashishni nazarda tutadi.

Rossiyaning Irkutsk va Omsk viloyatida migrantlarga iqtisodiyot tarmoqlarida ishlash taqiqlanadi
16 oktabr 2024, 17:08

Rossiyaning Irkutsk va Omsk viloyatida migrantlarga iqtisodiyot tarmoqlarida ishlash taqiqlanadi

Rossiyaning Irkutsk va Omsk viloyati gubernatorlari ayrim sohalarda mehnat migrantlarini patent bilan ishga jalb qilishni taqiqlovchi farmon chiqardi. Bunga o‘rmon xo‘jaligi, dori vositalari ishlab chiqarish, taksi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, savdo va boshqa sohalar kiradi. O‘zgarishlar 2025-yildan kuchga kiradi.

AQSh Isroildan G‘azodagi gumanitar vaziyatni yaxshilashni talab qildi
16 oktabr 2024, 15:50

AQSh Isroildan G‘azodagi gumanitar vaziyatni yaxshilashni talab qildi

AQSh Isroil hukumati 30 kun ichida G‘azo sektoridagi gumanitar vaziyatni yaxshilash choralarini ko‘rmasa, Isroilni harbiy qo‘llab-quvvatlashni cheklashi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Tinchlik bo‘yicha Nobel Yaponiyadagi atom bombasidan jabrlanganlar tashkilotiga berildi
11 oktabr 2024, 14:40

Tinchlik bo‘yicha Nobel Yaponiyadagi atom bombasidan jabrlanganlar tashkilotiga berildi

2024-yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Yaponiyaning Xirosima va Nagasakiga tashlangan atom bombalaridan jabrlanganlarni birlashtirgan Nixon Hidankyo tashkilotiga topshirildi. Mukofot “yadro qurollaridan boshqa hech qachon foydalanmaslik kerakligini isbotlagani uchun” berildi.

Floridaga “Milton” to‘foni yopirildi, 3 milliondan ortiq iste’molchi elektrsiz qoldi
10 oktabr 2024, 21:59

Floridaga “Milton” to‘foni yopirildi, 3 milliondan ortiq iste’molchi elektrsiz qoldi

AQShning Florida shtatida sodir bo‘lgan “Milton” to‘foni birinchi toifagacha zaiflashdi. Kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi, o‘nlab uylar vayron bo‘ldi, 3 milliondan ortiq uy va korxona elektr ta’minotisiz qoldi.

Yer yuzida yovvoyi hayvonlar soni 50 yilda 73 foizga kamaydi
10 oktabr 2024, 18:18

Yer yuzida yovvoyi hayvonlar soni 50 yilda 73 foizga kamaydi

Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasi (WWF) tadqiqotiga ko‘ra, so‘nggi yarim asrda sayyoradagi yovvoyi hayvonlarning soni 73 foizga kamaydi. Yovvoyi tabiat uchun asosiy tahdidlar inson faoliyati natijasida yashash muhitining degradatsiyasi va yo‘qolishidir.

Adabiyot bo‘yicha Nobel janubiy koreyalik yozuvchi Xan Kangga berildi
10 oktabr 2024, 16:52

Adabiyot bo‘yicha Nobel janubiy koreyalik yozuvchi Xan Kangga berildi

Adabiyot bo‘yicha 2024-yilgi Nobel mukofoti janubiy koreyalik yozuvchi Xan Gangga tarixiy jarohatlarga qarshi kurashadigan va inson hayotining nozikligini ochib beradigan ta’sirli she’riy nasri uchun berildi.

KXDR Janubiy Koreyaga olib boruvchi avtomobil va temiryo‘llarni to‘sib qo‘yadi
9 oktabr 2024, 22:26

KXDR Janubiy Koreyaga olib boruvchi avtomobil va temiryo‘llarni to‘sib qo‘yadi

KXDR “milliy xavfsizlik himoyasi uchun” Janubiy Koreya bilan qolgan barcha avtomobil va temiryo‘llarni yopishini e’lon qildi. Janubiy Koreya buni “Kim Chen In muvaffaqiyatsiz rejimining umidsiz chorasi” deb atadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting