Jahon

Toqayev Braziliya va Xitoyning Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasini qo‘llab-quvvatladi
16 sentabr 2024, 21:55

Toqayev Braziliya va Xitoyning Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasini qo‘llab-quvvatladi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Germaniya kansleri bilan uchrashuvda Braziliya va Xitoyning Ukrainadagi urushni hal qilish bo‘yicha tinchlik rejasini qo‘llab-quvvatladi. Unga ko‘ra, urushning yanada avj olishi “tuzatib bo‘lmaydigan oqibatlarga” olib keladi, “qo‘shni xalqlar esa tinch-totuv yashashi kerak”.

“Manipulyativ diktatorlar ustozi” Alberto Fuximori erkin OAV bilan qanday kurashgan edi?
16 sentabr 2024, 18:55

“Manipulyativ diktatorlar ustozi” Alberto Fuximori erkin OAV bilan qanday kurashgan edi?

11-sentabr kuni 10 yildan ortiq vaqt davomida Peru prezidenti bo‘lgan Alberto Fuximori vafot etdi. U yangi zamon diktatorlari haqidagi “Manipulyativ diktatorlar” kitobining asosiy qahramonlaridan biri hisoblanadi. “Gazeta.uz” mazkur asardagi Fuximori bilan bog‘liq parchani taqdim etadi.

Markaziy Yevropada kuchli suv toshqini yuz berdi, kamida 15 kishi halok bo‘ldi
16 sentabr 2024, 17:37

Markaziy Yevropada kuchli suv toshqini yuz berdi, kamida 15 kishi halok bo‘ldi

“Boris” bo‘roni tufayli kuchli yomg‘irlar Markaziy Yevropada suv toshqinini keltirib chiqardi: kamida 15 kishi halok bo‘ldi, minglab uylar suv ostida qoldi. Polshada tabiiy ofat rejimi joriy etildi.

AQShda Trampga qarshi yangi ehtimoliy suiqasdga urinish tekshirilmoqda
16 sentabr 2024, 16:44

AQShda Trampga qarshi yangi ehtimoliy suiqasdga urinish tekshirilmoqda

AQShda prezidentlikka nomzod Donald Tramp golf o‘ynayotgan golf klubi yaqinida otishma yuz berdi. Gumonlanuvchi hibsga olindi, FQB sobiq prezidentga qarshi ehtimoliy suiqasdga urinishni tekshirmoqda. Bu so‘nggi ikki oy ichidagi mana shunday ikkinchi hodisadir.

JSST maymunchechakka qarshi birinchi vaksinani tasdiqladi
13 sentabr 2024, 20:55

JSST maymunchechakka qarshi birinchi vaksinani tasdiqladi

Daniyaning Bavarian Nordic A/S kompaniyasining MVA-BN vaksinasi dastlabki kvalifikatsiyadan o‘tdi va maymunchechakka qarshi birinchi dori bo‘ldi, deb xabar qildi JSST.

Donald Tramp Kamala Harris bilan boshqa debat o‘tkazmasligini ma’lum qildi
13 sentabr 2024, 09:12

Donald Tramp Kamala Harris bilan boshqa debat o‘tkazmasligini ma’lum qildi

AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp demokratlardan raqibi Kamala Harris bilan bo‘lgan debatda g‘olib chiqqanini aytib, u bilan boshqa debat o‘tkazmasligini ma’lum qildi. “Harris o‘tgan 4 yilda qilishi kerak bo‘lgan ishlarga e’tibor qaratishi kerak”, degan Tramp “Uchinchi debat bo‘lmaydi!” — deb ta’kidladi.

SpaceX tarixda ilk bor oddiy odamlarni koinotga uchirdi
13 sentabr 2024, 02:16

SpaceX tarixda ilk bor oddiy odamlarni koinotga uchirdi

SpaceX’ning Crew Dragon kemasi ekipajining ikki a’zosi ochiq koinotga chiqdi — tarixda ilk bor bu ishni professional bo‘lmagan astronavtlar tijorat missiyasi doirasida amalga oshirdi.

Qirg‘izistonda davlat xizmatchilarining maoshlarini oshirish taqiqlandi
12 sentabr 2024, 19:08

Qirg‘izistonda davlat xizmatchilarining maoshlarini oshirish taqiqlandi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov davlat xizmatchilarining maoshlarini oshirish, shuningdek, davlat idoralari shtatlarini kengaytirishga ikki yillik moratoriy kiritdi. Qaror davlat budjetining “xarajatlarini optimallashtirish"ga qaratilgan.

Rossiyada migrantlarga oilalarini birga olib kelishni taqiqlashmoqchi
12 sentabr 2024, 18:20

Rossiyada migrantlarga oilalarini birga olib kelishni taqiqlashmoqchi

Rossiya Davlat dumasida mehnat muhojirlariga o‘z oilalarini mamlakatga olib kelishni taqiqlovchi qonun loyihasi tayyorlanmoqda. “Odam o‘zi ishlash uchun kelarkan, oila a’zolarini ham yetaklab kelishi mumkin emas”, — dedi duma spikeri Vyacheslav Volodin.

Tojikiston oliy muftiysiga hujum uyushtirildi
12 sentabr 2024, 08:28

Tojikiston oliy muftiysiga hujum uyushtirildi

Oliy muftiy, 2010-yildan beri Tojikiston Ulamolar kengashiga raislik qilayotgan Saidmukarram Abdulqodirzodaga masjid yaqinida sanchib-kesuvchi tig‘ bilan zarba berildi. U yengil jarohat oldi, hujum uyushtirgan shaxs ushlanib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Kamala Harris va Donald Tramp debatda nimalar dedi? Asosiy ma’lumotlar
11 sentabr 2024, 11:48

Kamala Harris va Donald Tramp debatda nimalar dedi? Asosiy ma’lumotlar

AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp debatda Kamala Harrisni Baydenning iqtisodiy dasturini ko‘chirganlikda aybladi, shuningdek, uni “marksist” deya atadi. Harris esa Tramp haqida “sharmanda” so‘zini qo‘llab, dunyo yetakchilari uning ustidan kulayotganini aytdi. Nomzodlar Ukrainadagi urushga ham to‘xtaldi.

Avstraliyada bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqlash rejalashtirilmoqda
11 sentabr 2024, 01:51

Avstraliyada bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqlash rejalashtirilmoqda

Avstraliya hukumati bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqlovchi qonun tayyorlayotganini ma’lum qildi. Minimal yosh chegarasi hali aniqlanmagan, ammo bu 14−16 yosh bo‘lishi mumkin.

Madridda elektr samokatlar ijarasi taqiqlandi
10 sentabr 2024, 20:22

Madridda elektr samokatlar ijarasi taqiqlandi

Madrid hukumati elektr samokatlarni ijaraga beruvchi kompaniyalarning litsenziyalarini bekor qildi, endi shaharda bu transport ijarasi mavjud emas. Hokimlik qarorni xizmatlar piyodalar xavfsizligini ta’minlash shartlarini bajarmagani bilan izohladi.

KVN boshlovchisi Aleksandr Maslyakov vafot etdi
9 sentabr 2024, 08:59

KVN boshlovchisi Aleksandr Maslyakov vafot etdi

1964-yildan beri KVN televizion yumoristik o‘yinlariga boshlovchilik qilgan Aleksandr Maslyakov 83 yoshda vafot etdi. U so‘nggi yillarda kovid va undan keyingi asoratlardan aziyat chekayotgandi.

Qirg‘iziston “Tolibon”ni taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqardi
8 sentabr 2024, 09:48

Qirg‘iziston “Tolibon”ni taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqardi

Qirg‘iziston TIV “mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlash va muloqotni davom ettirish” maqsadida “Tolibon”ni taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqardi. Mamlakat Afg‘onistonda hamda butun mintaqada tinch muhitni ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash tarafdoriligini bildirdi.

Dunyo ketma-ket ikkinchi yil rekord darajadagi eng issiq yozni boshdan kechirdi
6 sentabr 2024, 20:57

Dunyo ketma-ket ikkinchi yil rekord darajadagi eng issiq yozni boshdan kechirdi

O‘tgan uch oy — iyun, iyul va avgust — tarixdagi eng issiq davrga aylandi. Sayyorada ketma-ket ikkinchi yil anomal issiq yoz qayd etilmoqda.

Durov Fransiyada hibsga olinganidan so‘ng ilk bor bayonot berib, ayblovlarni rad etdi
6 sentabr 2024, 11:58

Durov Fransiyada hibsga olinganidan so‘ng ilk bor bayonot berib, ayblovlarni rad etdi

Telegram asoschisi Pavel Durov Fransiyada hibsga olinganidan so‘ng birinchi marta bayonot berdi. Uning fikricha, agar mamlakat internet xizmatidan norozi bo‘lsa, uning rahbarini ta’qib qilmasdan, kompaniyani sudga berishi kerak. Shu bilan birga, Durov suiiste’molliklarga qarshi kurashishga va’da berdi.

Harris va Tramp 10-sentabr kungi debat qoidalarini kelishib oldi
6 sentabr 2024, 00:11

Harris va Tramp 10-sentabr kungi debat qoidalarini kelishib oldi

AQSh prezidentligiga nomzodlar Kamala Harris va Donald Tramp o‘rtasidagi ilk debat 10-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. Zalda tomoshabinlar bo‘lmaydi, raqiblarning mikrofonlari esa navbat bilan yoqiladi.

Mishel Barne — Fransiyaning yangi bosh vaziri
5 sentabr 2024, 17:55

Mishel Barne — Fransiyaning yangi bosh vaziri

Parlament saylovlaridan ikki oy o‘tib, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron sobiq yevrokomissar va Fransiya Tashqi ishlar vazirligining sobiq rahbari Mishel Barneni mamlakat bosh vaziri etib tayinladi. 73 yoshli siyosatchi Fransiya tarixidagi eng keksa bosh vazirga aylandi.

Qozog‘iston Konstitutsiyaviy sudi tinch yig‘ilishlarga qo‘yilgan cheklovlarning qonuniyligini tekshiradi
5 sentabr 2024, 17:42

Qozog‘iston Konstitutsiyaviy sudi tinch yig‘ilishlarga qo‘yilgan cheklovlarning qonuniyligini tekshiradi

Qozog‘iston Konstitutsiyaviy sudi mahalliy hokimiyat organlarining boshqa tadbirlar o‘tkazish, tanlangan vaqt va joyda ta’mirlash ishlarini olib borish kabi sabablar bilan tinch yig‘ilishlarni o‘tkazishdan bosh tortishi qanchalik qonuniy ekanini ko‘rib chiqadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting