Jahon

“Hizbulloh” rahbari Hasan Nasrulloh Isroil hujumi oqibatida halok bo‘ldi
28 sentabr 2024, 17:40

“Hizbulloh” rahbari Hasan Nasrulloh Isroil hujumi oqibatida halok bo‘ldi

Livandagi “Hizbulloh” rahbari Hasan Nasrulloh Isroil kuchlari hujumi oqibatida vafot etdi. Xabarni harakatning o‘zi ham tasdiqladi. “Hizbulloh” o‘z bayonotida Isroilga qarshi kurashni davom ettirishi ma’lum qilgan.

Yaponiyaning hukmron partiyasi rahbari etib Shigeru Ishiba saylandi. U mamlakatning yangi bosh vaziri bo‘ladi
27 sentabr 2024, 17:31

Yaponiyaning hukmron partiyasi rahbari etib Shigeru Ishiba saylandi. U mamlakatning yangi bosh vaziri bo‘ladi

Yaponiya sobiq mudofaa vaziri Shigeru Ishiba hukmron Liberal-demokratik partiyaning rahbari etib saylandi va mamlakatning yangi bosh vaziri bo‘ladi. 67 yoshli siyosatchi ko‘pincha bir partiyalilar uchun bahsli bo‘lgan liberal qarashlari bilan tanilgan va jamoatchilik orasida mashhur.

Dunyodagi har uchinchi bola uzoqni ko‘ra olmaslikdan aziyat chekmoqda — tadqiqot
27 sentabr 2024, 15:29

Dunyodagi har uchinchi bola uzoqni ko‘ra olmaslikdan aziyat chekmoqda — tadqiqot

Uzoqni ko‘ra olmaydigan bolalar va o‘smirlarning ulushi 30 yil ichida sezilarli oshdi. Xitoy olimlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda har uchinchi bola undan aziyat chekmoqda. Ularning prognoziga ko‘ra, 2050-yilga borib, voyaga yetmaganlar o‘rtasida miopiya bilan kasallanish 740 milliondan oshadi.

Nyu-York meri Erik Adams jinoyatda ayblanmoqda — NYT
26 sentabr 2024, 20:23

Nyu-York meri Erik Adams jinoyatda ayblanmoqda — NYT

Nyu-York meri Erik Adams korrupsiyaviy jinoyatda ayblanmoqda. Prokurorlar uning 2021-yilgi saylov kampaniyasini moliyalashtirish manbalarini tekshirmoqda. Rasmiylar Adamsning bir qancha davlatlar, jumladan, O‘zbekiston bilan aloqalari haqida ma’lumot so‘ragan.

Isroil “Hizbulloh” bilan sulh bitimidan voz kechdi
26 sentabr 2024, 19:53

Isroil “Hizbulloh” bilan sulh bitimidan voz kechdi

Isroil AQSh, Yevropa Ittifoqi va Yaqin Sharqda masshtabliroq urushning oldini olishga urinayotgan boshqa ittifoqchilarning “Hizbulloh” bilan uch haftalik sulh taklifini rad etdi.

BMT Bosh assambleyasi Kelajak uchun paktni qabul qildi
24 sentabr 2024, 20:42

BMT Bosh assambleyasi Kelajak uchun paktni qabul qildi

BMT Bosh assambleyasi davlatlar kelgusi avlodlar va sayyora uchun yaxshiroq kelajakni ta’minlash bo‘yicha bir qator harakatlarni o‘z zimmalariga oladigan Kelajak uchun paktni ma’qulladi.

Hoqon Shukur va uning AQShga surgun qilinishi: “Voldemortning yaxshi versiyasiga o‘xshayman — nomim aytilmasligi kerak”
24 sentabr 2024, 20:02

Hoqon Shukur va uning AQShga surgun qilinishi: “Voldemortning yaxshi versiyasiga o‘xshayman — nomim aytilmasligi kerak”

The New York Times’ning sport ilovasi — The Atletic’da jahon chempionatlari tarixidagi eng tezkor gol muallifi, eng mashhur turk futbolchilaridan biri Hoqon Shukurning nomi qanday qilib “Turkiya tarixidan o‘chirilgani” haqida maqola e’lon qilindi. “Gazeta.uz” maqolani o‘zbek tiliga o‘girdi.

Isroil “Hizbulloh” obyektlariga zarba berdi, Livan yuzlab qurbonlar borligini aytmoqda
23 sentabr 2024, 23:15

Isroil “Hizbulloh” obyektlariga zarba berdi, Livan yuzlab qurbonlar borligini aytmoqda

Isroil armiyasi Livan janubida “Hizbulloh” bilan aloqasi borligi aytilayotgan yuzlab nishonlarga havo hujumlari uyushtirdi. Livan rasmiylariga ko‘ra, buning oqibatida 250 dan ortiq odam halok bo‘ldi, 1000 dan ortiq kishi jarohatlandi.

Tramp noyabr saylovlarida yutqazsa, keyingilarida qatnashmasligini aytdi
23 sentabr 2024, 20:40

Tramp noyabr saylovlarida yutqazsa, keyingilarida qatnashmasligini aytdi

AQShda Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp noyabr oyidagi saylovlarda yutqazsa, 2028-yilgisida qatnashmasligini aytdi.

Ukrainaning “g‘alaba rejasi” to‘rtta banddan iborat — Times
23 sentabr 2024, 15:40

Ukrainaning “g‘alaba rejasi” to‘rtta banddan iborat — Times

Ukrainaning Rossiya bilan urushdagi “g‘alaba rejasi” 4 banddan iborat bo‘lib, NATO mudofaa paktiga o‘xshash xavfsizlik kafolatlari, harbiy va moliyaviy yordam so‘rovlarini o‘z ichiga oladi.

Qirg‘izistonda “obro‘sizlantirish maqsadida” huquq-tartibot xodimlarini tasvirga olganlik uchun jazolash taklif qilinmoqda
20 sentabr 2024, 19:48

Qirg‘izistonda “obro‘sizlantirish maqsadida” huquq-tartibot xodimlarini tasvirga olganlik uchun jazolash taklif qilinmoqda

Qirg‘iziston parlamenti a’zolari huquq-tartibot idoralari xodimlarining ishini aks ettiruvchi surat va videolarni “obro‘sizlantirish maqsadida” internetda e’lon qilganlik uchun jarima yoki 7 sutkagacha qamoq ko‘rinishidagi jazo choralarini taklif qilmoqda.

Isroil Livandagi “Hizbulloh” obyektlariga yalpi zarbalar berdi
20 sentabr 2024, 17:24

Isroil Livandagi “Hizbulloh” obyektlariga yalpi zarbalar berdi

Isroil armiyasi Livandagi “Hizbulloh” obyektlariga eng yirik havo hujumlaridan birini amalga oshirdi. BMT Xavfsizlik kengashi vaziyatni muhokama qilish uchun shoshilinch yig‘ilish o‘tkazadi.

Isroil “zamonaviy Troya oti” — portlovchi peyjerlarni qanday yaratdi? — NYT
19 sentabr 2024, 21:38

Isroil “zamonaviy Troya oti” — portlovchi peyjerlarni qanday yaratdi? — NYT

Livanda peyjerlarning bir vaqtda portlatilishi Isroil razvedkasi tomonidan amalga oshirilgan “murakkab va uzoq” operatsiya edi, deb yozdi NYT. “Hizbulloh” rahbari telefondan foydalanmaslikka chaqirganidan so‘ng Isroil guruh asosiy mijoziga aylangan peyjer ishlab chiqarish kompaniyasini yaratgan.

AQSh Federal zaxira tizimi 2020-yildan beri birinchi marta asosiy stavkani pasaytirdi
19 sentabr 2024, 15:30

AQSh Federal zaxira tizimi 2020-yildan beri birinchi marta asosiy stavkani pasaytirdi

AQSh Federal zaxira tizimi to‘rt yil ichida birinchi marta asosiy foiz stavkasini pasaytirdi. Ushbu qarorni regulyator yuqori inflyatsiya darajasi ortda qolganiga ishonch hosil qilingani bilan izohladi. Bu O‘zbekistonga qarz mablag‘larini pastroq foiz stavkasida jalb qilish imkonini beradi.

2050-yilgacha superbakteriya sababli 39 mln dan ortiq odam o‘lishi mumkin — tadqiqot
19 sentabr 2024, 01:13

2050-yilgacha superbakteriya sababli 39 mln dan ortiq odam o‘lishi mumkin — tadqiqot

Antibiotiklarga chidamli bakteriyalar keltirib chiqaradigan infeksiyalar 2050-yilga kelib 39 milliondan ortiq odamni o‘ldirishi mumkin. Ayniqsa, keksalar superbakteriyalarga zaif bo‘ladi.

Livanda yangi portlashlar seriyasi yuz berdi
19 sentabr 2024, 00:14

Livanda yangi portlashlar seriyasi yuz berdi

Livanda “Hizbulloh” foydalanadigan portativ ratsiyalarni portlatish boshlandi. Kamida 14 kishi halok bo‘ldi, 450 dan ortiq kishi jarohatlandi. Bir kun oldin butun mamlakat bo‘ylab guruh a’zolarining peyjerlari bir vaqtning o‘zida portlagandi.

Livandagi “Hizbulloh” a’zolari orasida yuz bergan ommaviy portlashda 3000 ga yaqin kishi jarohatlandi
18 sentabr 2024, 14:59

Livandagi “Hizbulloh” a’zolari orasida yuz bergan ommaviy portlashda 3000 ga yaqin kishi jarohatlandi

17-sentabr kuni butun Livanda bir vaqtning o‘zida “Hizbulloh” a’zolari foydalangan peyjerlar portladi. Kamida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, uch mingga yaqin kishi yaralandi. Guruh sodir bo‘lgan voqealarda Isroilni aybladi.

Norvegiya elektromobillar soni benzinli avtomobillar sonidan oshgan ilk davlat bo‘ldi
18 sentabr 2024, 14:41

Norvegiya elektromobillar soni benzinli avtomobillar sonidan oshgan ilk davlat bo‘ldi

Norvegiyada elektromobillar soni (754,3 mingdan ziyod) birinchi marta benzinli avtomobillar sonidan oshib ketdi. Sotuv va chiqindi soliqlaridan ozod qilish, avtoturargoh to‘lovlarini kamaytirish va elektromobillar uchun avtobus yo‘laklaridan foydalanishga ruxsat berilishi bunga turtki bo‘lgani qayd etildi.

Londondagi Oksford-strit piyodalar hududiga aylantiriladi
17 sentabr 2024, 21:38

Londondagi Oksford-strit piyodalar hududiga aylantiriladi

London meri Sodiq Xon shaharning asosiy savdo ko‘chasi hisoblanadigan Oksford-stritni piyodalar hududiga aylantirish rejasini e’lon qildi. Shu yo‘l bilan rasmiylar aholi va sayyohlar uchun sharoitlarni yaxshilash, shuningdek, iqtisodiy faollikni oshirishni istamoqda.

Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 mln kishiga yetdi — WSJ
17 sentabr 2024, 17:01

Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 mln kishiga yetdi — WSJ

Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi 2,5 yillik keng masshtabli urush davomida frontda halok bo‘lgan yoki yaralanganlar soni million kishiga yetdi, deb ma’lum qildi The Wall Street Journal.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting