Jahon

Avstraliya 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqlamoqchi
7 noyabr 2024, 15:09

Avstraliya 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqlamoqchi

Avstraliyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishi butunlay taqiqlanmoqda. Mamlakat bu jarayonni tartibga solish sohasida jahon standartini o‘rnatmoqchi. Avstraliya raqamli sanoat assotsiatsiyasi buni “zamonaviy muammolar uchun o‘tgan asrdagi yechim” deya atadi.

WSJ: Tramp jamoasi Ukrainaning NATOga kirishini kamida 20 yilga muzlatishni taklif qildi
7 noyabr 2024, 13:24

WSJ: Tramp jamoasi Ukrainaning NATOga kirishini kamida 20 yilga muzlatishni taklif qildi

Donald Tramp jamoasi Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lish rejalaridan kamida 20 yilga voz kechmoqchi, deb yozadi WSJ. Bu Rossiya-Ukraina urushini tugatish bo‘yicha takliflarning bir qismidir. AQSh, shuningdek, Rossiyaning kelgusi tajovuzlarini to‘xtatish uchun Ukrainaga qurol berishni davom ettirishi mumkin.

Germaniya: Shols moliya vazirini ishdan oldi, hukmron koalitsiya parchalanib ketdi
7 noyabr 2024, 12:02

Germaniya: Shols moliya vazirini ishdan oldi, hukmron koalitsiya parchalanib ketdi

Germaniya kansleri Olaf Shols mamlakat moliya vaziri Kristian Lindnerni “ko‘pincha uning ishonchini oqlamagani va murosaga kelmagani” uchun ishdan oldi. Shuningdek, “svetofor koalitsiyasi” deb ataluvchi hukmron koalitsiya parchalanib ketdi. Yanvarda Bundestagda hukumatga ishonch masalasi ovozga qo‘yilishi kutilmoqda.

Trampning g‘alabasiga Amerika matbuoti munosabati — sarlavhalarda
6 noyabr 2024, 18:20

Trampning g‘alabasiga Amerika matbuoti munosabati — sarlavhalarda

Donald Tramp to‘rt yillik tanaffusdan keyin Oq uyga qaytib, AQShning 47-prezidenti bo‘ladi. Amerika matbuoti uning g‘alabasiga qanday munosabat bildirmoqda — “Gazeta.uz” obzorida.

Donald Tramp o‘zini AQShning yangi prezidenti deb e’lon qildi
6 noyabr 2024, 13:08

Donald Tramp o‘zini AQShning yangi prezidenti deb e’lon qildi

AQSh prezidentligiga respublikachilardan nomzod Donald Tramp Floridada yig‘ilganlarga minnatdorlik bildirib, o‘zini AQShning 47-prezidenti deb atadi. “Bu Amerika xalqining hayratlanarli g‘alabasi bo‘lib, bizga uni yana buyuk qilish imkonini beradi”, — dedi u. Ovozlarni sanash hali tugagani yo‘q.

AQShda respublikachilar Senat ustidan nazoratni qo‘lga kiritdi
6 noyabr 2024, 12:29

AQShda respublikachilar Senat ustidan nazoratni qo‘lga kiritdi

G‘arbiy Virjiniya va Ogayo shtatlaridagi g‘alabalar tufayli respublikachilar Senatda ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu ikki g‘alaba respublikachilarga 100 o‘rinli Senatda kamida 51 o‘rinni egallash imkonini beradi.

Isroilda mudofaa vaziri ishdan bo‘shatildi. Bunga qarshi namoyishlar bo‘lmoqda
6 noyabr 2024, 11:56

Isroilda mudofaa vaziri ishdan bo‘shatildi. Bunga qarshi namoyishlar bo‘lmoqda

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu mudofaa vaziri Yoav Galantni ishdan bo‘shatdi. Netanyahu buni urush davrida vazir va uning orasida ishonch yo‘qolgani bilan izohladi. Mamlakatda jarayonga qarshi namoyishlar boshlandi, unda, jumladan, Netanyahuning iste’foga chiqishi so‘ralmoqda.

Yaponiya dunyodagi birinchi yog‘och sun’iy yo‘ldoshni koinotga uchirdi
5 noyabr 2024, 21:37

Yaponiya dunyodagi birinchi yog‘och sun’iy yo‘ldoshni koinotga uchirdi

Yaponiyada yaratilgan dunyodagi birinchi yog‘och sun’iy yo‘ldosh — LignoSat koinotga uchirildi. U Yerdan taxminan 400 km balandlikda orbitaga chiqariladi. “O‘zimiz ishlab chiqara oladigan yog‘ochlar yordamida uylar qurish, kosmosda abadiy yashash va ishlash qobiliyatiga ega bo‘lamiz”, — deydi uning yaratuvchilari.

Lahorda havo ifloslanishi ortidan maktablar vaqtincha yopildi
5 noyabr 2024, 17:47

Lahorda havo ifloslanishi ortidan maktablar vaqtincha yopildi

Pokistonning Lahor shahrida havoning xavfli sifati tufayli boshlang‘ich maktablar bir haftaga yopildi. Dam olish kunlarida ifloslanish rekord darajaga yetdi. Pokiston bunda “Hindiston shamollari”ni ham ayblamoqda. Hududda xodimlarning yarmi uydan ishlash tartibiga o‘tdi. Qator cheklovlar joriy etildi.

Turkiya Qirg‘izistonning tashqi qarzidan “yashil” loyihalar evaziga kechdi
5 noyabr 2024, 16:42

Turkiya Qirg‘izistonning tashqi qarzidan “yashil” loyihalar evaziga kechdi

Turkiya Qirg‘izistonning 58,8 mln dollarlik tashqi qarzidan “yashil” loyihalarni amalga oshirish evaziga kechib yubordi. Avvalroq Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarov moliya tashkilotlari va davlatlarga davlat qarzini “yashil” tashabbuslarga ayirboshlashni bir necha bor taklif qilgandi.

AQShning yangi prezidenti nomi qachon ma’lum bo‘ladi?
5 noyabr 2024, 12:08

AQShning yangi prezidenti nomi qachon ma’lum bo‘ladi?

AQShda prezidentlik saylovlari boshlanishiga sanoqli soatlar qoldi. G‘olib nomi qachon ma’lum bo‘lishi mumkin, ovozlar qanday hisoblanadi, nima saylov natijalarini uzoq kutishga olib kelishi mumkin — material shu haqda.

KXDR Yapon dengizi tomon yettita ballistik raketa uchirdi
5 noyabr 2024, 11:16

KXDR Yapon dengizi tomon yettita ballistik raketa uchirdi

Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon 7 ta ballistik raketa uchirdi. Yaponiya buni “tinchlik va xavfsizlikka tahdid” deb atadi. Mutaxassislarga ko‘ra, KXDR bu bilan AQSh saylovlari oldidan yadroviy salohiyatini ko‘rsatmoqchi va Rossiyaga qo‘shin yuborgani muhokama qilinayotganda e’tiborni boshqa tarafga qaratmoqchi.

Nyu-Yorkda ko‘chani belgilanmagan joydan kesib o‘tishga ruxsat berildi
4 noyabr 2024, 23:41

Nyu-Yorkda ko‘chani belgilanmagan joydan kesib o‘tishga ruxsat berildi

Nyu-York hukumati odamlarga ko‘chani belgilanmagan joydan — “peshexod” tashqarisidan yoki svetoforning qizil chirog‘ida kesib o‘tishga ruxsat beruvchi qonunni qabul qildi. Ilgari bu 250 dollargacha jarimani nazarda tutgan va, qonun tashabbuskoriga ko‘ra, asosan qora tanlilar va lotin amerikasiliklarga qo‘llangan.

Kemi Badenok Britaniya Konservativ partiyasining yangi rahbari bo‘ldi
4 noyabr 2024, 18:56

Kemi Badenok Britaniya Konservativ partiyasining yangi rahbari bo‘ldi

Buyuk Britaniya Konservativ partiyasining yangi rahbari etib Kemi Badenok saylandi. U Britaniya siyosiy partiyasini boshqaruvchi birinchi qora tanli ayol bo‘ldi.

O‘q-dori va qo‘shin jo‘natgani uchun KXDR Rossiyadan guruch va kosmik texnologiyalar oladi — Korea Herald
4 noyabr 2024, 15:47

O‘q-dori va qo‘shin jo‘natgani uchun KXDR Rossiyadan guruch va kosmik texnologiyalar oladi — Korea Herald

O‘q-dori yetkazish va Rossiya-Ukraina urushiga qo‘shin yuborish evaziga Shimoliy Koreya Rossiyadan yiliga 600−700 tonna guruch va kosmik texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini oladi, deb yozdi Korea Herald gazetasi. Shuningdek, Koreya yarimorolidagi ehtimoliy urushda Moskva Pxenyanga yordam berishi mumkin.

Tehronda talaba qiz norozilik sifatida ko‘chaga ichki kiyimda chiqdi
4 noyabr 2024, 11:55

Tehronda talaba qiz norozilik sifatida ko‘chaga ichki kiyimda chiqdi

Eron poytaxtida talaba qiz norozilik namoyishi sifatida universitet hovlisiga ichki kiyimda chiqqach, qo‘lga olindi. Jarayonda unga kuch ishlatilgani aytilmoqda. Qiz avvalroq hijobni noto‘g‘ri o‘ragani uchun (yoki umuman o‘ramagani uchun) hujumga uchragan. Huquq himoyachilari qizni ozod etishni talab qilmoqda.

Mayya Sandu Moldovadagi prezidentlik saylovida g‘alaba qozondi
4 noyabr 2024, 11:24

Mayya Sandu Moldovadagi prezidentlik saylovida g‘alaba qozondi

Ovozlarning 99,82 foizi sanab chiqilgach, Moldovada amaldagi prezident Mayya Sandu saylovning ikkinchi bosqichida g‘alaba qozondi. Sandu 55,40 foiz, uning raqibi Aleksandr Stoyanoglo 44,60 foiz ovoz oldi. Prezident chet elda yashovchi fuqarolar ovozi hisobiga ustunlikka erishdi.

Turkiya “xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilishni rejalashtirmoqda — Bloomberg
1 noyabr 2024, 19:45

Turkiya “xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilishni rejalashtirmoqda — Bloomberg

Turkiya hukumati “xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilmoqchi, uni buzganlik uchun yetti yilgacha qamoq jazosi nazarda tutiladi. Fuqarolik jamiyati, OAV va muxolifat qonunning o‘zgacha fikrlarni bostirish uchun foydalanilishidan xavotirda.

Rossiyada migrantlarning rus tilini bilmaydigan farzandlarini maktabga olmaslik taklif qilindi
1 noyabr 2024, 18:32

Rossiyada migrantlarning rus tilini bilmaydigan farzandlarini maktabga olmaslik taklif qilindi

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev migrantlarning rus tilini bilmaydigan bolalarini maktabga qabul qilmaslikka chaqirdi. Hozir bundan umumiy ta’lim darajasi aziyat chekmoqda, dedi u.

Ispaniyada toshqin qurbonlari soni 150 kishidan oshdi
1 noyabr 2024, 16:34

Ispaniyada toshqin qurbonlari soni 150 kishidan oshdi

Ispaniya sharqida kuzatilgan suv toshqinlari qurbonlari soni 150 kishidan oshdi. Valensiyadagi kuchli yomg‘irlar avtomobillar, ko‘priklar, yo‘llar va temiryo‘llarni yuvib ketdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting