Nyu-Yorkning Bruklin shahrida 24 yoshli o‘zbekistonlik erkak oilasining to‘rt a’zosi — onasi, akasining rafiqasi va ularning ikki kichik farzandini o‘ldirganlikda gumonlanmoqda.
Windows tizimi bilan ishlaydigan qurilmalarda butun dunyo bo‘ylab muammolar kuzatilmoqda. Avstraliya, AQSh, Yaponiya, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarda aeroport, banklar, OAV, fond birjalari texnik muammolar haqida xabar bermoqda.
AQSh prezidenti Jo Bayden uchinchi marta COVID-19 bilan kasallandi. Kasallik yengil kechmoqda va u o‘zini izolyatsiyalagan holda ishlaydi, deya ta’kidladi Oq uy.
Bir qator YI davlatlari Afg‘onistonda 2021-yilda Tolibon hokimiyat tepasiga kelganidan keyin yopilgan elchixonalarini qayta ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb yozdi Bloomberg.
Respublikachilar partiyasi Donald Trampni rasman AQSh prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatdi. U vitse-prezident sifatida Ogayo shtatining 39 yoshli senatori Jey Di Vensni tanladi.
Florida sudi AQShning sobiq prezidenti Donald Trampga nisbatan maxfiy hujjatlardan nojo‘ya foydalanganlik bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoiy ishni bekor qildi. Siyosatchi o‘ziga qarshi qo‘yilgan qolgan uchta jinoiy ishni tugatishga chaqirdi.
AQSh prezidenti Jo Bayden Donald Trampga suiqasd uyushtirilganidan keyin xalqqa qilgan murojaatida Amerika siyosatidagi “shiddatni pasaytirish” va zo‘ravonlikning odatiy holga aylanishining oldini olishga chaqirdi. Trampning o‘zi suiqasdni “juda syurreal tajriba” deb atadi. Suiqasdning maqsadi noma’lum.
Prezidentlikka nomzod Donald Tramp Pensilvaniyadagi tarafdorlari bilan miting vaqtida noma’lum shaxs otgan o‘qdan yaralandi. U yuzida qon bilan Maxfiy xizmat xodimlari yordamida sahnani tark etdi. Tramp “yaxshi” va “xavfsiz” holatda, dedi uning matbuot xizmati. Uni otgan shaxs va yana bir kishi halok bo‘ldi.
Fransiya hukumati Olimpiada o‘yinlari oldidan 5 mingga yaqin boshpanasiz migrantni Parijdan ko‘chirdi, deb yozdi The New York Times. Ular avtobuslarda boshqa shaharlarga olib ketilib, maxsus boshpanalarga joylashtirilmoqda, shundan so‘ng ba’zilari deportatsiya qilinmoqda.
BMT Bosh assambleyasi Ukraina atom inshootlari xavfsizligi bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi. Unda Rossiyadan Zaporoje AESdan qo‘shinlarini zudlik bilan olib chiqib ketish va uni to‘liq Ukraina hukumati nazoratiga qaytarish talab etiladi.
Ukraina hukumati Donald Trampning Oq uyga qaytishidan xavotirlanib, Rossiyani ikkinchi tinchlik sammitiga taklif qilmoqchi va uni noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan AQShdagi prezidentlik saylovlari oldidan o‘tkazmoqchi, deb yozmoqda Bloomberg.
Daniya va Niderlandiya AQSh ko‘magida Ukrainaga F-16 qiruvchi samolyotlarini jo‘natish jarayonini boshladi. Kiyev shu yilning yozida ulardan foydalanishni boshlashi kutilmoqda.
Daniya poytaxti Kopengagen velosiped haydagan yoki chiqindi yiqqan sayyohlarni bepul tushlik yoki tadbir chiptalari bilan taqdirlashga qaror qildi. Rasmiylar shu tarzda sayyohlarning ekologiyaga zararini qoplashni istamoqda.
Yevropa Ittifoqi Gruziyaning ittifoqqa qo‘shilish jarayonini to‘xtatdi. Mamlakatda “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi nomzodga ko‘rsatilgan qadamlardan chekinish deb baholandi. Yevrokengash, shuningdek, Tbilisini “kuzgi parlament saylovlari erkin va adolatli o‘tishini ta’minlashga” chaqirdi.
Rossiyaning Ukraina shaharlariga uyushtirilgan keng ko‘lamli raketa hujumi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi, 65 dan ortiq kishi jarohatlandi. Kiyevda mamlakatdagi eng yirik bolalar shifoxonasiga jiddiy zarar yetdi.
So‘l partiyalarning “Yangi xalq fronti” koalitsiyasi Fransiyadagi parlament saylovlarining ikkinchi bosqichida g‘alaba qozonib, 182 o‘rinni qo‘lga kiritdi. Birinchi turda g‘alaba qozongan o‘ta o‘nglar uchinchi bo‘ldi.
Eronda o‘tgan prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichida Mas’ud Pezeshkiyon g‘alaba qozondi. Etnik ozarbayjon bo‘lgan Pezeshkiyonga 16,4 mln eronlik — saylovda qatnashganlarning 54,8 foizi ovoz berdi. Uning raqibi Said Jaliliy esa 13,5 mln ovoz to‘pladi.
Isroil HAMASdan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha yangi takliflar oldi va bir necha oy davomida berk ko‘chaga kirib qolgan muzokaralarni davom ettirishga rozi bo‘ldi.
Havo ifloslanishi inson salomatligi uchun eng jiddiy ekologik tahdidlardan biri. Muammo yiliga 4,2 mln kishining bevaqt o‘limi sababi bo‘lmoqda. Dunyo mamlakatlari bunga qarshi qanday kurashayotgani — Markaziy Osiyoda toza havo yaratish konferensiyasi sharhida.
Britaniyani 14 yil boshqargan Konservativ partiya parlament saylovlarida mag‘lub bo‘ldi. Navbatdagi bosh vazir Kir Starmer boshchiligidagi Leyboristlar partiyasi ko‘pchilik ovozlarni qo‘lga kiritdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting