Jahon

Ukraina ilk F-16 qiruvchi samolyotlarini qabul qilib oldi
5 avgust 2024, 16:30

Ukraina ilk F-16 qiruvchi samolyotlarini qabul qilib oldi

Ukraina prezidenti Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlari birinchi partiyasini olganini tasdiqladi. Kiyevga ularni olish uchun ikki yildan ko‘proq vaqt kerak bo‘ldi. 2024-yil oxirigacha mamlakatga 20 ta shunday samolyot kelishi kutilmoqda.

Turkiyada Instagram bloklandi
2 avgust 2024, 19:40

Turkiyada Instagram bloklandi

Turkiya rasmiylari kutilmaganda Instagram`ga kirishni blokladi. Regulyator blokirovkaning sabablari va muddatini aytmadi. Mamlakatda ushbu platformaning 50 milliondan ortiq foydalanuvchisi bor.

Rossiya va G‘arb keng ko‘lamli mahbuslar almashinuvini amalga oshirdi. Nimalar ma’lum?
2 avgust 2024, 12:41

Rossiya va G‘arb keng ko‘lamli mahbuslar almashinuvini amalga oshirdi. Nimalar ma’lum?

Anqarada Rossiya va G‘arb davlatlari (AQSh, Germaniya, Polsha, Sloveniya va Norvegiya) o‘rtasida siyosatchi, jurnalist, qator muxolifatchilar va boshqalardan iborat mahbuslar almashinuvi bo‘ldi. Jami 26 kishi: 10 kishi Rossiyaga, 13 kishi Germaniyaga, 3 kishi AQShga yuborildi. Batafsil.

Yaponiyada guruch zaxiralari 1999-yildan beri eng past darajaga yetdi, sabab — sayyohlar va kam hosil
31 iyul 2024, 23:47

Yaponiyada guruch zaxiralari 1999-yildan beri eng past darajaga yetdi, sabab — sayyohlar va kam hosil

Yaponiyada guruch zaxiralari hosil kamayishiga olib kelgan turizm bumi va jazirama tufayli so‘nggi o‘nyilliklardagi eng past darajaga tushdi. Tanqislik sharoitida ekin narxi 30 yillik maksimumga yetdi.

Kim Chen In hokimiyatni qiziga topshirishga tayyorlanmoqda — OAV
31 iyul 2024, 23:28

Kim Chen In hokimiyatni qiziga topshirishga tayyorlanmoqda — OAV

Janubiy Koreya razvedkasi KXDR yetakchisi qizi Kim Ju Eyni vorislikka tayyorlashni boshlagan, deb hisoblamoqda. Yosh bo‘lishiga qaramay (taxminan 11 yoshda), u barcha muhim tadbirlarda, jumladan, raketa sinovlarida otasiga hamroh bo‘lmoqda.

HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya Tehronda o‘ldirildi
31 iyul 2024, 09:50

HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya Tehronda o‘ldirildi

Tehronda HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya va uning qo‘riqchisi ularga qilingan hujum oqibatida halok bo‘ldi. Haniya Eronning yangi prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonning inauguratsiya marosimida qatnashishi uchun Tehronga kelgandi.

Turkiya qarovsiz itlarni tutish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi, muxolifat unga qarshi chiqishga va’da berdi
30 iyul 2024, 23:57

Turkiya qarovsiz itlarni tutish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi, muxolifat unga qarshi chiqishga va’da berdi

Turkiya parlamenti qarovsiz itlarni tutish va boshpanalarga joylashtirish haqidagi qonunni ma’qulladi. Mamlakat bo‘ylab hujjatga qarshi noroziliklar bo‘lib o‘tdi, faollar bu hayvonlar evtanaziyasining kuchayishiga olib keladi, deb hisoblamoqda. Muxolifat qonunga sud orqali e’tiroz bildirishga va’da berdi.

AQSh noqonuniy migratsiyaga yordam bergan turoperatorlarga viza cheklovlarini joriy etadi
30 iyul 2024, 16:48

AQSh noqonuniy migratsiyaga yordam bergan turoperatorlarga viza cheklovlarini joriy etadi

AQSh Davlat departamenti noqonuniy migratsiyaga ko‘maklashuvchi sayyohlik agentliklari va turoperatorlari rahbarlariga nisbatan viza cheklovlari joriy etilishini e’lon qildi.

Venesuelada prezidentlik saylovlaridan keyin norozilik namoyishlari boshlandi
30 iyul 2024, 15:28

Venesuelada prezidentlik saylovlaridan keyin norozilik namoyishlari boshlandi

Venesuelaning amaldagi rahbari Nikolas Maduro g‘alaba qozongan prezidentlik saylovlaridan so‘ng Karakas va mamlakatning boshqa shaharlarida minglab odamlar namoyishga chiqdi. U 2013-yildan buyon shu lavozimda qolmoqda.

Bayden sobiq prezidentlar daxlsizligini bekor qilishni taklif qilmoqda
29 iyul 2024, 22:54

Bayden sobiq prezidentlar daxlsizligini bekor qilishni taklif qilmoqda

AQSh prezidenti Jo Bayden mamlakatning sobiq rahbarlarini jinoiy javobgarlikka immunitetini va Oliy sud sudyalarining vakolat muddatini cheklaydigan islohotlarni taklif qildi. “Hech kim qonundan ustun emas. AQSh prezidenti ham. AQSh Oliy sudi sudyasi ham. Hech kim”, — dedi Bayden.

Venesueladagi prezidentlik saylovlarida Nikolas Maduro g‘olib bo‘ldi, muxolifat natijalarni tan olmayapti
29 iyul 2024, 22:18

Venesueladagi prezidentlik saylovlarida Nikolas Maduro g‘olib bo‘ldi, muxolifat natijalarni tan olmayapti

Venesuela saylov kengashi mamlakatni 2013-yildan beri boshqarib kelayotgan Nikolas Maduro prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganini e’lon qildi. Muxolifat hukumatni soxtakorlikda aybladi. Bir qator Lotin Amerikasi davlatlari ham natijalarni tan olishdan bosh tortdi.

Fransiyada Olimpiadaning ochilish kuni temiryo‘lda sabotaj yuz berdi
26 iyul 2024, 19:01

Fransiyada Olimpiadaning ochilish kuni temiryo‘lda sabotaj yuz berdi

Parij Olimpiadasi ochilishi kuni Fransiya temiryo‘l tarmog‘ida sabotaj uyushtirildi. Vandallar bir necha muhim yo‘nalishlardagi signal qutilariga o‘t qo‘ydi, bu esa tezyurar poyezdlarning harakatiga jiddiy ziyon keltirdi.

“Isroil to‘liq g‘alabagacha kurashadi”. Netanyahu AQSh Kongressida nutq so‘zladi
25 iyul 2024, 22:31

“Isroil to‘liq g‘alabagacha kurashadi”. Netanyahu AQSh Kongressida nutq so‘zladi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu AQSh Kongressidagi nutqida Isroil HAMAS bilan to‘liq g‘alabagacha kurashishini aytdi va G‘azodagi urushni Eron bilan kurashga qiyosladi. Uning chiqishi Vashingtonda norozilik namoyishlarini yuzaga keltirdi. U namoyish a’zolarini “Eronning foydali ahmoqlari” deb atadi.

“Demokratiya har qanday unvondan muhimroq”. Bayden saylovdan nega voz kechganini izohladi
25 iyul 2024, 16:10

“Demokratiya har qanday unvondan muhimroq”. Bayden saylovdan nega voz kechganini izohladi

Jo Bayden Amerika xalqiga murojaatida uning shaxsiy ambitsiyalari demokratiya yo‘liga to‘sqinlik qilmasligi kerakligini aytdi. “Men bu lavozimni qadrlayman. Ammo vatanimni ko‘proq sevaman”, — dedi u saylovdan chiqish qarorini izohlab. Bayden “estafetani yangi avlodga topshirish” zarurligini aytdi.

KXDR Janubiy Koreyaga chiqindi sharlarini uchirishda davom etmoqda, ulardan biri prezident qarorgohiga tushdi
25 iyul 2024, 00:41

KXDR Janubiy Koreyaga chiqindi sharlarini uchirishda davom etmoqda, ulardan biri prezident qarorgohiga tushdi

Shimoliy Koreya tomonidan uchirilgan chiqindi to‘ldirilgan sharlardan biri Janubiy Koreya prezidenti idorasi binosiga kelib tushdi. May oyidan beri Pxenyan janubga 3000 dan ortiq shunday sharlarni uchirdi.

AQSh Maxfiy xizmati rahbari Trampga suiqasddan so‘ng iste’foga chiqdi
25 iyul 2024, 00:29

AQSh Maxfiy xizmati rahbari Trampga suiqasddan so‘ng iste’foga chiqdi

AQSh Maxfiy xizmati rahbari Kimberli Chitl sobiq prezident Donald Trampga suiqasd uyushtirilgani sababli tanqidlar ostida iste’foga chiqdi. U bu voqea Maxfiy xizmatning so‘nggi o‘nyilliklardagi “eng katta muvaffaqiyatsizligi” ekanini tan oldi.

21-iyul dunyodagi eng issiq kun bo‘ldi
24 iyul 2024, 17:51

21-iyul dunyodagi eng issiq kun bo‘ldi

21-iyul, yakshanba kuni 1940-yildan beri boshlangan kuzatuvlar tarixidagi rekord darajadagi issiq kun bo‘ldi. Yevropa iqlim xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, o‘sha kuni sayyorada o‘rtacha harorat Selsiy bo‘yicha 17,09 darajaga yetgan.

Kamala Harrisni prezidentlikka nomzodlik uchun yetarlicha demokrat qo‘llab-quvvatlaydi
23 iyul 2024, 20:24

Kamala Harrisni prezidentlikka nomzodlik uchun yetarlicha demokrat qo‘llab-quvvatlaydi

AQSh vitse-prezidenti Kamala Harrisni Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun yetarlicha delegat qo‘llab-quvvatlaydi, deb hisoblaydi AP. Rasmiy ovoz berish avgust oyida bo‘lib o‘tadi. CNN ma’lumotlariga ko‘ra, muvaffaqiyatli startga qaramay, Harrisni “ancha qiyinroq muammolar” kutib turibdi.

Boy mamlakatlar migrantlarni tobora kamroq xohlayapti — Economist
23 iyul 2024, 19:39

Boy mamlakatlar migrantlarni tobora kamroq xohlayapti — Economist

Boy davlatlar muhojirlar soni ortib borayotganiga qarshi “qo‘zg‘olon ko‘tarib”, migratsiya siyosatini kuchaytirmoqda. Bu esa o‘z natijalarini bermoqda — migratsiya bumi nihoyasiga yetayotgandek, ammo bunday choralar iqtisodiyotga katta zarar yetkazishi mumkin, deb yozdi The Economist.

Jo Bayden AQSh prezidentlik saylovlaridan chiqishga qaror qildi
21 iyul 2024, 23:35

Jo Bayden AQSh prezidentlik saylovlaridan chiqishga qaror qildi

AQSh prezidenti Jo Bayden noyabr oyidagi saylovlarda mamlakat prezidentligi uchun kurashdan chiqishini ma’lum qildi. So‘nggi haftalarda u nomzodini qaytarib olishga chaqirgan partiyadoshlari tomonidan bosim ostida qolgandi. U Kamala Harrisni nomzod sifatida ko‘rsatishni taklif qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting