Jahon

“Tolibon” afg‘on ayollariga jamoat joylariga yuzi ochiq holda chiqishni rasman taqiqladi
23 avgust 2024, 23:52

“Tolibon” afg‘on ayollariga jamoat joylariga yuzi ochiq holda chiqishni rasman taqiqladi

Tolibon Afg‘onistonda ayollarga “vasvasaga tushmaslik va boshqalarni ham vasvasaga solmaslik” uchun yuzlari ochiq holda sahnada ko‘rinishni, shuningdek, jamoat joylariga chiqishni rasman taqiqladi. Taqiqlar Illatlar va fazilatlar to‘g‘risidagi qonunlarning birinchi deklaratsiyasiga kiritildi.

Rossiyaga sanksiya ostidagi Amerika chiplari O‘zbekiston orqali olib kelinyapti — The Insider
23 avgust 2024, 22:19

Rossiyaga sanksiya ostidagi Amerika chiplari O‘zbekiston orqali olib kelinyapti — The Insider

Rossiya sanksiyalar tufayli importi taqiqlangan Amerika mikrosxemalarini Ukrainaga muntazam zarba berishda qo‘llash uchun sotib olishda davom etmoqda. Bunda yakuniy oluvchi sifatida boshqa davlatdagi kompaniyani ko‘rsatish kifoya qilmoqda, xususan, O‘zbekiston yangi tranzit nuqtasiga aylandi, deb yozdi The Insider.

“Sanksiyalarga qarshi kurashishda va oilamni himoya qilishda davom etaman” — Alisher Usmonov
23 avgust 2024, 11:29

“Sanksiyalarga qarshi kurashishda va oilamni himoya qilishda davom etaman” — Alisher Usmonov

Kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Alisher Usmonov rossiyalik tadbirkorlarga qarshi sanksiyalarni “ulkan xato” deb atadi. Uning aytishicha, u sanksiyalarga qarshi kurashishda davom etmoqda va sanksiyalarga uchragan oilasini himoya qilmoqda.

Rossiya Ukrainaning Pokrovsk shahrini olishga yaqin — Economist
23 avgust 2024, 01:53

Rossiya Ukrainaning Pokrovsk shahrini olishga yaqin — Economist

Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Donetsk viloyatidagi Pokrovsk shahrini — boshqa yirik shaharlarga yo‘l ochadigan muhim strategik maqsadni qo‘lga kiritishga yaqin turibdi, deb yozadi Economist. Rasmiylar mahalliy aholini evakuatsiya qilishni boshladi.

Qozog‘istonda AES qurish bo‘yicha jamoatchilik eshituvlari yakunlandi
23 avgust 2024, 00:02

Qozog‘istonda AES qurish bo‘yicha jamoatchilik eshituvlari yakunlandi

Ostonada Qozog‘istondagi birinchi atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha so‘nggi ommaviy eshituvlar bo‘lib o‘tdi. Avvalroq prezident Qosim-Jomart Toqayev AES bo‘yicha referendum kuzda bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgandi.

Lukashenkoning bayonotidan so‘ng Belarus elchisi Qozog‘iston TIVga taklif etildi
22 avgust 2024, 17:39

Lukashenkoning bayonotidan so‘ng Belarus elchisi Qozog‘iston TIVga taklif etildi

Aleksandr Lukashenko MDHning ba’zi davlatlari Rossiyadan faqat foyda olishga intilayotgani haqida gapirgandi. U misol sifatida KXSHTning Qozog‘istondagi yanvar voqealaridagi harakatini eslatdi. Bayonotdan so‘ng Belarus elchisi Qozog‘iston TIVga taklif etildi va Ostona pozitsiyasini xolisona baholash so‘raldi.

Ibrohim Raisiy vertolyotining qulashiga yomon ob-havo sabab bo‘lgan
21 avgust 2024, 21:14

Ibrohim Raisiy vertolyotining qulashiga yomon ob-havo sabab bo‘lgan

May oyida halok bo‘lgan Eron prezidenti Ibrohim Raisiy vertolyoti noqulay ob-havo sharoiti va ortiqcha yuk — me’yordan ko‘p yo‘lovchilar tufayli qulagani aniqlandi.

Demokratik partiya Kamala Harrisni AQSh prezidentligiga nomzod sifatida tasdiqladi
21 avgust 2024, 15:17

Demokratik partiya Kamala Harrisni AQSh prezidentligiga nomzod sifatida tasdiqladi

Demokratik partiya Kamala Harrisni prezidentlikka nomzod sifatida rasman tasdiqladi. U Amerika yetakchi partiyalaridan birining davlat rahbari lavozimiga nomzodi ilgari surilgan birinchi qora tanli ayol va birinchi osiyolik ayolga aylandi.

YI Rossiyaning sanksiyalardan qochishi muammosini hal qilish uchun Kavkaz va MO davlatlaridan yordam so‘rashi kerak. Bu oson emas — Economist
20 avgust 2024, 23:23

YI Rossiyaning sanksiyalardan qochishi muammosini hal qilish uchun Kavkaz va MO davlatlaridan yordam so‘rashi kerak. Bu oson emas — Economist

Rossiyaning tashqi savdosi, G‘arb sanksiyalariga qaramay, Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi vositachilar tufayli “gullab-yashnashda” davom etmoqda. Sanksiyalardan qochishga yechim topish uchun Yevropa Ittifoqi ushbu mamlakatlar hukumatlaridan yordam so‘rashi kerak, biroq bu oson ish emas, deb yozdi The Economist.

Ozarbayjon BRIKSga qo‘shilishga ariza berdi
20 avgust 2024, 22:49

Ozarbayjon BRIKSga qo‘shilishga ariza berdi

Ozarbayjon BRIKSga a’zo bo‘lish uchun rasman ariza topshirdi. Ittifoq so‘nggi bor 2024-yil yanvarida kengaygandi, o‘shanda unga beshta davlat, jumladan, BAA va Eron ham qo‘shilgan.

“Amerika, men sen uchun hammasini qildim”. Bayden demokratlar oldida xayrlashuv nutqini aytdi va estafetani Harrisga uzatdi
20 avgust 2024, 22:09

“Amerika, men sen uchun hammasini qildim”. Bayden demokratlar oldida xayrlashuv nutqini aytdi va estafetani Harrisga uzatdi

AQSh prezidenti Jo Bayden Demokratik partiya qurultoyida prezidentlik faoliyatini sarhisob qilib, xayrlashuv nutqini irod etdi. U yana “demokratiyani saqlab qolish” uchun Donald Trampni mag‘lub etishga chaqirdi va Kamala Harrisni qo‘llab-quvvatlab, tajribali va nihoyatda halol deb atadi.

Britaniyada mizoginiyani ekstremizm bilan tenglashtirishmoqchi
19 avgust 2024, 22:29

Britaniyada mizoginiyani ekstremizm bilan tenglashtirishmoqchi

Buyuk Britaniya Ichki ishlar vazirligi ayollarga nisbatan o‘taketgan nafrat — mizoginiyani ekstremizmga tenglashtirish rejalarini e’lon qildi. IIV rahbari ekstremizmning ortib borishi Britaniya demokratiyasiga tahdid solayotganini ta’kidladi.

Qozog‘iston maymunchechak sabab chegaradagi nazoratni kuchaytirdi
19 avgust 2024, 10:27

Qozog‘iston maymunchechak sabab chegaradagi nazoratni kuchaytirdi

Qozog‘iston SSV mamlakatga maymunchechak kirib kelishining oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilganini ma’lum qildi. Xususan, aeroportlar va chegara o‘tish joylarida nazorat choralari kuchaytirildi. Vazirlik endemik mamlakatlarga boruvchi fuqarolarga tavsiyalar berdi.

Aktyor Alen Delon 88 yoshida vafot etdi
18 avgust 2024, 13:24

Aktyor Alen Delon 88 yoshida vafot etdi

Fransiyaning mashhur aktyorlaridan biri Alen Delon 88 yoshida vafot etdi.

Iroq parlamenti bolalar nikohini qonuniylashtirishni ko‘rib chiqmoqda, mamlakatda namoyishlar boshlandi
17 avgust 2024, 00:33

Iroq parlamenti bolalar nikohini qonuniylashtirishni ko‘rib chiqmoqda, mamlakatda namoyishlar boshlandi

Iroq parlamenti, huquq himoyachilari fikricha, qizlar uchun nikoh yoshini 9 yoshga tushirish va diniy idoralarga nikoh masalalarini qaytadan tartibga solish imkonini beruvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Bir qator shaharlarda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi.

Qozog‘iston Rossiyaga qarshi sanksiyalarga o‘z manfaatlariga zarar keltiradigan tarzda “ko‘r-ko‘rona ergashmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari
16 avgust 2024, 21:30

Qozog‘iston Rossiyaga qarshi sanksiyalarga o‘z manfaatlariga zarar keltiradigan tarzda “ko‘r-ko‘rona ergashmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari

Qozog‘iston G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalariga o‘z manfaatlariga zarar keltirish orqali “ko‘r-ko‘rona ergashmaydi”, dedi mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Serik Jumangarin. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston ikkinchi darajali sanksiyalar ostida “qolmaslik” uchun qoidalarga amal qilishda davom etadi.

JSST maymunchechak epidemiyasini favqulodda holat deb e’lon qildi
16 avgust 2024, 04:01

JSST maymunchechak epidemiyasini favqulodda holat deb e’lon qildi

JSST ikki yil ichida ikkinchi bor maymunchechak epidemiyasini sog‘liqni saqlash bo‘yicha favqulodda holat deb e’lon qildi. Qaror Kongo Demokratik Respublikasida infeksiya avj olgani va kasallik qo‘shni davlatlarga ham tarqalgani fonida qabul qilindi.

Hindistonda minglab ayollar gender zo‘ravonligiga qarshi tungi namoyish o‘tkazdi
16 avgust 2024, 03:34

Hindistonda minglab ayollar gender zo‘ravonligiga qarshi tungi namoyish o‘tkazdi

15-avgustga o‘tar kechasi Hindistonning Kalkutta shahrida o‘n minglab ayollar gender zo‘ravonligiga qarshi tungi marshga chiqdi. Aksiyaga shahar shifoxonalaridan birida ishlagan stajyor hamshiraning uzun ish vaqtidan so‘ng zo‘rlangani va o‘ldirilgani sabab bo‘ldi.

AQSh Adliya vazirligi monopol mavqei tufayli Google’ni bo‘lish variantini ko‘rib chiqmoqda
15 avgust 2024, 03:49

AQSh Adliya vazirligi monopol mavqei tufayli Google’ni bo‘lish variantini ko‘rib chiqmoqda

AQSh Adliya vazirligi Google’ni majburan bir necha qismlarga bo‘lish hamda Android operatsion tizimi va Chrome brauzeridan mahrum qilish variantini ko‘rib chiqmoqda. Avvalroq sud kompaniyani qidiruv tizimlari bozorida monopolist deb topgandi.

Tailand sudi bosh vazirni axloq kodeksini buzgani uchun lavozimidan chetlatdi
15 avgust 2024, 03:34

Tailand sudi bosh vazirni axloq kodeksini buzgani uchun lavozimidan chetlatdi

Tailand konstitutsiyaviy sudi bosh vazir Settha Thavisinni axloq qoidalarini buzgani sababli lavozimidan chetlatish uchun ovoz berdi. U o‘z idorasiga o‘tmishda korrupsiya ishi bo‘yicha sudlangan advokatni tayinlagan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting