Yaponiya bosh vaziri Fumio Kishida 2024-yil sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan hukmron partiya raisi saylovlarida ikkinchi muddatga nomzodini ko‘rsatmaydi va shu tariqa hukumat rahbari lavozimini tark etadi. Bunday qarorni u qator siyosiy mojarolar fonida qabul qildi.
AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp milliarder Ilon Maskka intervyu berdi. Suhbat Maskning X platformasida bo‘lib o‘tdi va texnik muammolar tufayli 40 daqiqa kechikish bilan boshlandi. Siyosatchi va biznesmen turli mavzularni muhokama qildi, shuningdek, “bir-birlariga maqtov yog‘dirdi”.
Mars sathidan pastda (11,5 dan 20 kilometrgacha) juda katta suyuq suv zaxirasi bo‘lishi mumkin. Amerikalik olimlar NASA’ning InSight Lander zondi tahlili asosida shunday xulosaga keldi.
Rossiya hukumati og‘ir yo‘qotishlar fonida askarlar yetishmasligi sababli joriy yilning oxirlaridayoq yangi safarbarlik o‘tkazishi mumkin, deb yozdi Bloomberg. Armiyaga qo‘shilganlik uchun bonuslarni oshirish yordam bermayapti.
Jo Bayden CBS telekanaliga bergan intervyusida Donald Trampning g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ymaslik va demokratiyani saqlab qolish uchun bo‘lajak saylovlardan voz kechgani haqida gapirdi. “Prezidentlik katta sharaf bo‘lsa ham, eng muhimi — biz Trampni mag‘lub etishimiz kerak, kerak, kerak”, — dedi u.
Ukrainaning Rossiyaning Kursk viloyatidagi hujumidan ko‘zlangan yakuniy maqsad noma’lumligicha qolmoqda. Rossiya Federatsiyasi frontning boshqa hududlaridan qo‘shinlarini Ukraina xohlaganchalik tez olib chiqmayapti. Ammo operatsiya ukrainaliklarning ruhiyatini allaqachon ko‘targan, deb yozadi The Economist.
Turkiyada 9 kundan buyon taqiqda bo‘lgan Instagram shanba kuni blokdan chiqarildi. Instagram mamlakat rasmiylari talablarini bajarishga va foydalanuvchilarga qo‘yilgan senzurani tartibga solishga rozi bo‘lgan. Bu yillar davomida platformaga qo‘yilgan eng uzoq muddatli taqiq bo‘ldi.
Qozog‘iston sobiq ichki ishlar vaziri Yerlan Turgumbayev 2022-yil yanvaridagi namoyishlar bo‘yicha o‘z vakolatini suiiste’mol qilganlikda aybdor deb topildi va besh yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi. Sud uning pushaymonligi va muqaddam sudlanmaganini inobatga oldi.
Ortda qolgan oy tarixdagi ikkinchi eng issiq iyul bo‘ldi va ketma-ket 13 oy davomida qayd etilgan harorat rekordlarini buzdi. Biroq, iqlimshunoslarning ogohlantirishicha, global isish davom etmoqda.
Isroil Tehronda HAMAS yetakchisi Ismoil Haniya o‘ldirilgani ortidan yaqin kunlarda Eron va uning ittifoqchilari hujumini kutmoqda. Isroil shaharlarida bombapanohlar tayyorlanmoqda, shifokorlar qon zaxiralamoqda. Biroq Eron mintaqada eskalatsiya xavfi tufayli hujumni qayta ko‘rib chiqqan bo‘lishi mumkin.
Bangladeshda bosh vazir Shayx Hasina qochib ketgach, muvaqqat hukumatni “kambag‘allar bankiri” sifatida tanilgan Nobel mukofoti sovrindori Muhammad Yunus qo‘lga oldi. Mamlakat armiyasi namoyishlarni bostirishdan va tinch aholini otishdan bosh tortdi, bu esa Hasinaning 15 yillik boshqaruviga barham berdi.
Ukraina qo‘shinlari 6-avgust kuni ertalab Rossiyaning Kursk viloyatiga kirdi va, ehtimol, 10 kilometr oldinga siljidi. Rossiya Mudofaa vazirligi yurish to‘xtatilganini ma’lum qildi. Vladimir Zelenskiy esa “Rossiyaga qanchalik ko‘p bosim o‘tkazilsa, tinchlik shunchalik yaqin bo‘lishini” aytdi.
Iyul oyi oxirida Tehronda o‘ldirilgan Ismoil Haniyaning o‘rniga Yahyo Sinvar HAMAS siyosiy byurosining yangi rahbari bo‘ladi. Isroil hukumati uni HAMASning 7-oktabrdagi hujumlariga boshchilik qilganlardan deb biladi.
Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Kamala Harris Minnesota gubernatori Tim Uolsni AQSh prezidentligi saylovlarida sherik sifatida tanladi. Uols — AQSh Milliy gvardiyasining sobiq a’zosi, u, shuningdek, maktabda ijtimoiy fanlardan dars bergan.
AQSh sudi Google monopoliyaga qarshi qonunlarni buzgan, deb qaror qildi. Kompaniya smartfonlarda standart qidiruv tizimi bo‘lish uchun shartnomalar tuzgan. “Google — monopolist”, — dedi sudya va IT gigantining harakatlari “monopoliyasini saqlab qolish"ga qaratilganini ta’kidladi.
AQSh vitse-prezidenti Kamala Harris Demokratik partiya delegatlarining 99 foiz ovozini oldi va prezidentlik sayloviga uning nomzodi ko‘rsatildi. U 6-avgust kuni vitse-prezident nomini aytishi kutilmoqda.
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi “Salimboy” nomi bilan tanilgan o‘zbekistonlik Salim Abduvaliyevni qidiruvga berdi. U uyushgan jinoiy guruh faoliyatini moliyalashtirishda gumonlanmoqda.
15 yildan beri hokimiyatda bo‘lib kelgan Bangladesh bosh vaziri Shayx Hasina ommaviy namoyishlar fonida iste’foga chiqdi va mamlakatdan qochib ketdi. Armiya muvaqqat hukumat tuzilganini e’lon qildi.
Yaponiya fond bozori 12,4 foizga tushib ketdi, bu 1987-yildagi “qora dushanba"dan beri eng katta qulash bo‘ldi. Iena kursining ko‘tarilishi, pul-kredit siyosatining keskinlashishi va AQShda iqtisodiy ma’lumotlarning yomonlashuvi tufayli investorlarning yapon fond bozoriga ishonchi pasaydi, deb yozdi Bloomberg.
Britaniya shaharlarida Sautportdagi bolalar raqs studiyasiga uyushtirilgan va uch qizchaning o‘limiga sabab bo‘lgan hujumdan so‘ng migrantlarga qarshi namoyishlar va zo‘ravonliklar davom etmoqda. Bosh vazir Kir Starmer tartibsizliklarni “o‘ta o‘ng banditizm” deb atadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting