Jahon

YI Ukraina va Moldova bilan a’zolik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
25 iyun 2024, 21:51

YI Ukraina va Moldova bilan a’zolik bo‘yicha muzokaralarni boshladi

Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldovaning ittifoqqa qo‘shilishi bo‘yicha rasmiy muzokaralarni boshladi. “Oldindagi yo‘l oson bo‘lmaydi. Ammo u ulkan imkoniyatlarga ham to‘la”, — dedi Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen.

Xalqaro jinoiy sud Sergey Shoygu va Valeriy Gerasimovni hibsga olishga order berdi
25 iyun 2024, 17:01

Xalqaro jinoiy sud Sergey Shoygu va Valeriy Gerasimovni hibsga olishga order berdi

Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud Rossiya Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimov va mamlakat sobiq mudofaa vaziri Sergey Shoyguni hibsga olishga order berdi. Ular harbiy va insoniyatga qarshi jinoyatlarda gumonlanmoqda. Order uchun Ukrainadagi fuqarolik obyektlariga berilgan zarbalar asos bo‘lgan.

WikiLeaks asoschisi Julian Assanj Britaniya qamoqxonasidan ozod etildi
25 iyun 2024, 14:38

WikiLeaks asoschisi Julian Assanj Britaniya qamoqxonasidan ozod etildi

WikiLeaks asoschisi Julian Assanj so‘nggi 5 yilini o‘tkazgan Britaniya qamoqxonasidan garov evaziga ozod qilindi. AQSh rasmiylari bilan kelishuv doirasida u josuslik ayblovlaridan biri bo‘yicha aybini tan oldi. Buning evaziga u Britaniyadagi qamoqda o‘tagan vaqtga teng muddatga qamaladi va ozod qilinadi.

Netanyaxu: HAMAS bilan shiddatli janglar nihoyasiga yetmoqda, ammo urush davom etadi
24 iyun 2024, 23:34

Netanyaxu: HAMAS bilan shiddatli janglar nihoyasiga yetmoqda, ammo urush davom etadi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu HAMAS bilan G‘azodagi shiddatli janglar yakunlanayotganini aytdi, biroq guruh yo‘q qilinmaguncha urushni davom ettirishga va’da berdi. Isroil qo‘shinlarining bir qismini “Hizbulloh” bilan tez-tez janglar sodir bo‘layotgan Livan bilan chegaraga yuborishni rejalashtirmoqda.

Janubiy Koreyada zavoddagi yong‘in oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
24 iyun 2024, 17:27

Janubiy Koreyada zavoddagi yong‘in oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Janubiy Koreyaning Xvason shahridagi litiy batareyalar ishlab chiqaruvchi zavodda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 22 kishi, asosan, xorijliklar halok bo‘ldi.

Saudiya Arabistonida Haj vaqtida 1300 dan ortiq ziyoratchi vafot etdi
24 iyun 2024, 14:22

Saudiya Arabistonida Haj vaqtida 1300 dan ortiq ziyoratchi vafot etdi

Saudiya Arabistoni rasmiylarining ma’lum qilishicha, bu yil Haj vaqtida 1301 kishi vafot etdi. Ularning aksariyati ro‘yxatdan o‘tmagan ziyoratchilar bo‘lib, jaziramada uzoq vaqt qolib ketgan.

Chernogoriya, Bosniya, Xorvatiya va Albaniyada keng masshtabdagi blekaut yuz berdi
21 iyun 2024, 21:01

Chernogoriya, Bosniya, Xorvatiya va Albaniyada keng masshtabdagi blekaut yuz berdi

Chernogoriya, Bosniya, Albaniya hamda Xorvatiyaning Adriatika dengizi qirg‘oqlaridagi katta qismida keng masshtabli blekaut yuz berdi. OAV to‘rt mamlakatning barcha qismlarida elektr uzilishlari haqida yozmoqda.

Armaniston Falastinni mustaqil davlat sifatida tan oldi
21 iyun 2024, 15:45

Armaniston Falastinni mustaqil davlat sifatida tan oldi

Armaniston Falastinni davlat sifatida tan olganini e’lon qildi. Mamlakat tashqi ishlar vazirligi “ikki davlat” tamoyilini Isroil-Falastin mojarosini hal qilishning yagona yo‘li deb atadi.

Saudiya Arabistonida Haj ziyorati chog‘ida halok bo‘lganlar soni 1000 nafardan oshdi — France-Presse
20 iyun 2024, 18:19

Saudiya Arabistonida Haj ziyorati chog‘ida halok bo‘lganlar soni 1000 nafardan oshdi — France-Presse

Saudiya Arabistonida haj vaqti jazirama issiqda halok bo‘lganlar soni 1000 nafardan oshdi, ularning yarmidan ko‘pi ro‘yxatdan o‘tmagan ziyoratchilardir, deya xabar bermoqda France-Presse (AFP) agentligi.

Yevroittifoq Rossiyaga qarshi 14-sanksiya paketi bo‘yicha kelishib oldi
20 iyun 2024, 17:32

Yevroittifoq Rossiyaga qarshi 14-sanksiya paketi bo‘yicha kelishib oldi

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 14-sanksiya paketi yuzasidan kelishib oldi. Yangi cheklovlar Rossiya energetika sektoriga ta’sir qiladi hamda uchinchi mamlakatlar, jumladan, Xitoy, Turkiya va Hindistondagi o‘nlab kompaniyalar bilan savdoni cheklaydi.

AQShdagi yuz minglab hujjatsiz immigrantlar mamlakat fuqaroligiga qabul qilinishi kutilmoqda
20 iyun 2024, 11:59

AQShdagi yuz minglab hujjatsiz immigrantlar mamlakat fuqaroligiga qabul qilinishi kutilmoqda

AQSh fuqarolari bilan oila qurgan hamda mamlakatda kamida 10 yil yashagan noqonuniy immigrantlar mamlakat fuqaroligini olish uchun ariza topshirishi mumkin. Yangi dastur 500 mingdan ortiq kishini qamrab olishi kutilmoqda.

Nvidia dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylandi
20 iyun 2024, 10:50

Nvidia dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylandi

Nvidia Microsoft va Apple`ni ortda qoldirib, dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylandi. Uning bozor qiymati rekord daraja — 3,335 trln dollargacha ko‘tarildi. Nvidia qiymatining tez o‘sishi investorlarning sun’iy intellekt texnologiyalari rivojlanishi bo‘yicha optimizmi bilan bog‘liqligi aytilmoqda.

Saudiya Arabistonida Hajga borgan kamida 550 ziyoratchi jaziramadan vafot etdi
19 iyun 2024, 16:45

Saudiya Arabistonida Hajga borgan kamida 550 ziyoratchi jaziramadan vafot etdi

Saudiya Arabistonidagi Haj vaqtida jazirama tufayli kamida 550 nafar ziyoratchi halok bo‘ldi. 17-iyun kuni Makka shahrida havo harorati +52 darajagacha ko‘tarildi.

Rossiya va KXDR strategik sherikchilik to‘g‘risida shartnoma imzoladi
19 iyun 2024, 15:45

Rossiya va KXDR strategik sherikchilik to‘g‘risida shartnoma imzoladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan strategik sherikchilik to‘g‘risidagi shartnoma imzoladi. Hujjat ishtirokchilardan biriga tajovuz qilinganda o‘zaro yordam ko‘rsatishni nazarda tutadi.

Germaniya afg‘onlarni O‘zbekiston orqali deportatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda — Bloomberg
19 iyun 2024, 14:39

Germaniya afg‘onlarni O‘zbekiston orqali deportatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda — Bloomberg

Germaniya hukumati O‘zbekiston bilan Germaniyadan afg‘on qochqinlarini deportatsiya qilish imkonini beruvchi kelishuvni tuzish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, deb yozmoqda Bloomberg. Bunday kelishuv Berlinga “Tolibon” bilan bevosita kelishuvlardan tiyilish imkonini beradi.

Rossiya Ukrainaga urushda yetkazilgan zarar uchun 486 mlrd dollar to‘lashi kerak — G7 yetakchilari
15 iyun 2024, 12:56

Rossiya Ukrainaga urushda yetkazilgan zarar uchun 486 mlrd dollar to‘lashi kerak — G7 yetakchilari

G7 mamlakatlari yetakchilari Rossiya urushni to‘xtatishi va Ukrainaga yetkazilgan 486 mlrd dollarlik zararni qoplashi kerakligi haqida bayonot berdi. Shuningdek, ular yadroviy, kimyoviy, biologik yoki radiologik qurollardan istalgan ko‘rinishda foydalanish jiddiy oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirdi.

Shveysariyada Ukraina bo‘yicha tinchlik sammiti bo‘lib o‘tadi. U haqda nimalar ma’lum?
15 iyun 2024, 01:36

Shveysariyada Ukraina bo‘yicha tinchlik sammiti bo‘lib o‘tadi. U haqda nimalar ma’lum?

Shu hafta oxirida Byurgenshtokda Ukraina va Shveysariya tashkilotchiligidagi tinchlik sammiti bo‘lib o‘tadi. Maqsad — Ukrainaning Rossiya bilan urushni tugatish uchun “tinchlik formulasi"ni global qo‘llab-quvvatlash. “Gazeta.uz” anjuman va uning ishtirokchilari haqida nimalar ma’lumligi haqida yozadi.

AQSh va Ukraina 10 yillik xavfsizlik shartnomasini imzoladi
14 iyun 2024, 07:40

AQSh va Ukraina 10 yillik xavfsizlik shartnomasini imzoladi

AQSh va Ukraina prezidentlari Jo Bayden va Vladimir Zelenskiy G7 sammiti doirasida ikki tomonlama xavfsizlik shartnomasini imzoladi. U 10 yilga mo‘ljallangan va Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishida “ko‘prik” sifatida ko‘rilmoqda.

YI Xitoy elektromobillari uchun bojlarni oshirish niyatida
13 iyun 2024, 21:59

YI Xitoy elektromobillari uchun bojlarni oshirish niyatida

Yevropa komissiyasi iyul oyidan boshlab Xitoy elektromobillari uchun import bojlarini joriy 10 foizdan taxminan 30 foizga oshirish niyatida. Xitoy TIV buni “proteksionizmning odatiy holati” deb atadi.

BMT komissiyasi ham HAMASni, ham Isroilni urush jinoyatlarida aybladi
12 iyun 2024, 20:52

BMT komissiyasi ham HAMASni, ham Isroilni urush jinoyatlarida aybladi

BMT mustaqil komissiyasi HAMAS ham, Isroil ham 2023-yil oktabr oyidan beri urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etgan, degan xulosaga keldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting