Tergovchilar ikkinchi urinishda Janubiy Koreyaning hokimiyatdan chetlatilgan prezidenti Yun Sok Yolni isyonchilikda ayblab hibsga oldi. Bu amaldagi, lekin hokimiyatdan chetlatilgan davlat rahbarining qo‘lga olinishidagi ilk holatdir.
Isroil va HAMAS o‘rtasida G‘azo sektorida sulh tuzish va isroillik garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar “yakuniy bosqichda”, dedi kelishuvga vositachilik qilayotgan Qatar TIV.
2020-yilda hokimiyatni ushlab qolishga urinish bo‘yicha AQSh saylangan prezidenti Donald Trampga qarshi dalillar sudda ayblov hukmi chiqarish uchun yetarli bo‘lardi, deyiladi tergovni olib borgan maxsus prokuror hisobotida. U, shuningdek, Kapitoliyga bostirib kirish uchun javobgarlikni Trampga yukladi.
So‘nggi to‘rt yil ichida AQSh va uning ittifoqchilari kuchliroq bo‘ldi, mamlakat raqiblari esa zaiflashdi, dedi prezident Jo Bayden o‘z ma’muriyatining tashqi siyosatini sarhisob qilar ekan. “Ayni paytda Qo‘shma Shtatlar global raqobatda g‘olib kelmoqda”, — dedi u.
Rossiyalik general Igor Kirillovni o‘ldirish ishi bo‘yicha ikki kishi qo‘lga olindi, ular Ingushetiyada tug‘ilgan. Hibsga olinganlar asosiy ayblanuvchi — o‘zbekistonlik Ahmad Qurbonov uchun Moskva viloyatida uy ijaraga olganlikda gumonlanmoqda.
Qatar bir yildan ortiq davom etayotgan muzokaralardan so‘ng Isroil va HAMASga G‘azo sektori bo‘yicha sulh bitimi loyihasini taqdim etdi, deb yozmoqda Reuters. Qatar tomonlarga o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish to‘g‘risidagi bitim matnini yetkazgan.
Janubiy Koreya hukumati mamlakat aeroportlaridagi radiomayoqli konstruksiyalarni almashtirmoqchi. Bunday qarorga Boeing 737−800 Jeju Air samolyoti halokatga uchragach, uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib, bunday to‘siqqa urilgani sabab bo‘ldi. Hodisada bortdagi 181 kishidan 179 nafari halok bo‘lgan.
Olti kundan beri Los-Anjeles bo‘ylab keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlari kuzatilmoqda. Tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lganlar soni 24 kishiga yetdi, 12 mingdan ortiq bino, jumladan, turar joy binolari, maktablar va cherkovlar vayron bo‘ldi yoki zarar ko‘rdi.
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol o‘z xavfsizligidan xavotirlanib, impichment ishi bo‘yicha seshanba kuni o‘tadigan birinchi rasmiy sud majlisida qatnashmaydi. Uning advokati prezidentning sudga borishi uchun shaxsiy himoya va xavfsizlik masalasi hal qilinishi kerakligini aytdi.
Kaliforniya shtatida o‘rmon yong‘inlari oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘ldi. 180 mingga yaqin odam o‘z uylarini tark etdi. Aholi punktlari va 12 mingdan ortiq bino yonib ketdi. Yong‘inlardan ko‘rilgan zarar 135−150 mlrd dollarga yetdi. Tabiiy ofatga oid suratlar va yangilangan ma’lumotlar.
Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharifning fevral oxirida O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda. U tranzit savdosi uchun Karachi portidan foydalanishni taklif qilishi va muhim savdo kelishuvlariga imzo chekishi rejalashtirilgani xabar qilindi.
Sud Donald Trampga pornoaktrisaga qilgan to‘lovlarini yashirish uchun hujjatlarni qalbakilashtirgani bo‘yicha hukm chiqardi va unga hech qanday shartlarsiz ozodlikni tayinladi. Ya’ni u qamoq yoki jarima kabi jazolarni olmaydi.
Donald Trampning jamoasi Daniyani bo‘lajak prezidentning Grenlandiya bilan bog‘liq niyatlari jiddiyligidan ogohlantirdi. Tramp orolni sotib olish haqida 2019-yilda o‘ylagan edi, biroq hozirda, Daniya rasmiylarining fikriga ko‘ra, vaziyat “mutlaqo boshqacha”.
2024-yil ob-havo kuzatuvlari tarixidagi eng issiq yil bo‘ldi — global o‘rtacha harorat birinchi marta sanoatgacha bo‘lgan davrga nisbatan 1,5 darajadan ko‘proqqa ko‘tarildi.
Tramp Meksika ko‘rfazi nomini Amerika ko‘rfazi deya o‘zgartirish kerakligini aytgach, Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum unga javob qaytardi. “Meksika Amerikasi — yomon eshitilmayapti”, — degan prezident hozirgi AQSh hududining bir qismi Meksika bilan birlashtirilgan 1607-yilgi eski xaritaga ishora qildi.
Armiya bosh qo‘mondoni Jozef Aun ikkinchi turda mamlakat prezidenti lavozimiga saylandi. Uni AQSh va Saudiya Arabistoni qo‘llab-quvvatlaydi, deb yozdi CNN. Reuters bo‘lsa Aunning saylanishi Saudiya Arabistoni ta’sirining mamlakatda qayta tiklanishi va Eron ta’sirining zaiflashishini ko‘rsatishini ta’kidladi.
Zaporojega Rossiya qo‘shinlari tomonidan qilingan havo hujumi oqibatida 10 dan ortiq odam halok bo‘ldi, 113 kishi jarohat oldi. Ukraina rasmiylariga ko‘ra, shaharga ikkita aviabomba tashlangan.
Armaniston hukumati Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish jarayonini boshlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Endi hujjat parlamentga yuboriladi. Bosh vazir Nikol Pashinyan bunday qaror faqat umumxalq referendumi orqali qabul qilinishi mumkinligini aytdi.
AQShning Los-Anjeles shahrida o‘rmon yong‘inlari tufayli kamida 5 kishi halok bo‘ldi, 100 mingdan ortiq kishini evakuatsiya qilish rejalashtirilgan. Kaliforniya hukumati favqulodda holat e’lon qilgan. Dastlabki zarar miqdori 50 mlrd dollardan ortiqqa baholanmoqda.
Meta faktchekerlardan voz kechadi, “senzura miqdorini keskin kamaytiradi”, Facebook, Instagram va Threads kabi platformalarida ko‘proq siyosiy kontentni tavsiya qiladi, deya ma’lum qildi Mark Sukerberg. Ayrim tanqidchilar hamda OAV bu o‘zgarishlarni “shunchaki Trampga xushomad va ortga qadam” deb baholamoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting