Rossiyada yarim yoshli chaqaloqning o‘limida ayblanayotgan o‘zbekistonlik ayol vaqtincha hibsga olindi. U chaqaloqni cho‘miltirish vaqtida qo‘lida tushirib yuborgani taxmin qilinmoqda.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘z mamlakatini NATOga taklif qilishni Rossiya bilan urushni tugatishning yagona yo‘li deb atadi. Uning fikricha, bu Kiyevning muzokaralardagi pozitsiyasini mustahkamlaydi va ukrainaliklarning ruhiyatini oshiradi.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvar o‘ldirilgani ortidan G‘azo va Livanda urushni davom ettirishga va’da berib, guruh tomonidan garovga olinganlar ozod qilinmaguncha janglar to‘xtamasligini aytdi.
Isroil HAMAS guruhi yetakchisi Yahyo Sinvar G‘azo sektoridagi operatsiya paytida o‘ldirilganini tasdiqladi. U 2023-yil 7-oktabr kuni Isroilga qilingan hujumning asosiy tashkilotchisi hisoblanayotgandi.
Bangladesh xalqaro tribunali ommaviy norozilik namoyishlari fonida mamlakatdan qochib ketgan sobiq bosh vazir Shayx Xasinani hibsga olishga order berdi. U yuzlab namoyishchilarning o‘limiga aloqadorlikda gumonlanmoqda.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev “Markaziy Osiyodagi hozirgi vaziyat 10 yil oldingi vaziyatdan keskin farq qiladi”, dedi. U mintaqa mamlakatlari bir-biri bilan faol hamkorlik qilayotganini ta’kidlab, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvlarini samarali deb atadi.
Qozog‘iston “yaqin kelajakda” BRIKSga ariza berishdan bosh tortadi, dedi Qosim-Jomart Toqayevning matbuot kotibi, uning so‘zlariga ko‘ra, BMT “universal tashkilot” sifatida ustuvor ahamiyatga ega. Toqayevning o‘zi avvalroq BRIKSga a’zolikka qiziqish bildirgandi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ilk bor o‘z “g‘alaba rejasi”ni ommaga taqdim etdi. U besh banddan iborat va NATOga taklifnoma, Ukrainada “noyadroviy to‘xtatishning keng qamrovli paketi”ni joylashtirish va Yevropadagi Amerika kontingentining bir qismini ukrain harbiylari bilan almashishni nazarda tutadi.
Rossiyaning Irkutsk va Omsk viloyati gubernatorlari ayrim sohalarda mehnat migrantlarini patent bilan ishga jalb qilishni taqiqlovchi farmon chiqardi. Bunga o‘rmon xo‘jaligi, dori vositalari ishlab chiqarish, taksi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, savdo va boshqa sohalar kiradi. O‘zgarishlar 2025-yildan kuchga kiradi.
AQSh Isroil hukumati 30 kun ichida G‘azo sektoridagi gumanitar vaziyatni yaxshilash choralarini ko‘rmasa, Isroilni harbiy qo‘llab-quvvatlashni cheklashi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
2024-yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Yaponiyaning Xirosima va Nagasakiga tashlangan atom bombalaridan jabrlanganlarni birlashtirgan Nixon Hidankyo tashkilotiga topshirildi. Mukofot “yadro qurollaridan boshqa hech qachon foydalanmaslik kerakligini isbotlagani uchun” berildi.
AQShning Florida shtatida sodir bo‘lgan “Milton” to‘foni birinchi toifagacha zaiflashdi. Kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi, o‘nlab uylar vayron bo‘ldi, 3 milliondan ortiq uy va korxona elektr ta’minotisiz qoldi.
Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasi (WWF) tadqiqotiga ko‘ra, so‘nggi yarim asrda sayyoradagi yovvoyi hayvonlarning soni 73 foizga kamaydi. Yovvoyi tabiat uchun asosiy tahdidlar inson faoliyati natijasida yashash muhitining degradatsiyasi va yo‘qolishidir.
Adabiyot bo‘yicha 2024-yilgi Nobel mukofoti janubiy koreyalik yozuvchi Xan Gangga tarixiy jarohatlarga qarshi kurashadigan va inson hayotining nozikligini ochib beradigan ta’sirli she’riy nasri uchun berildi.
KXDR “milliy xavfsizlik himoyasi uchun” Janubiy Koreya bilan qolgan barcha avtomobil va temiryo‘llarni yopishini e’lon qildi. Janubiy Koreya buni “Kim Chen In muvaffaqiyatsiz rejimining umidsiz chorasi” deb atadi.
AQShning Florida shtati hukumati “Milton” to‘foni xavfi tufayli 5,5 milliondan ortiq odamni evakuatsiya qilishga chaqirdi. Evakuatsiya shtat tarixidagi eng yiriklaridan biri bo‘ldi.
Devid Beyker, Demis Xassabis va Jon Jumper 2024-yilgi kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari bo‘ldi. Olimlarga mukofot sun’iy intellektdan foydalanib, oqsillar tuzilishini aniqlagani va yangi turlarini yaratishdagi ishlari uchun taqdim qilindi.
Qozog‘iston hukumati AES qurish bo‘yicha beshtagacha davlatni o‘z ichiga oladigan xalqaro konsorsium tuzish niyatida. Yetkazib beruvchilarni tanlash bo‘yicha qaror kelasi yili qabul qilinadi.
Isroil Livan janubida “Hizbulloh"ga qarshi quruqlikdagi operatsiyasini kengaytirganini ma’lum qildi. Guruh Isroil hududiga yuzlab raketalar uchirdi. So‘nggi uch hafta ichida Livanda 1400 dan ortiq odam halok bo‘ldi.
Fizika bo‘yicha 2024-yilgi Nobel mukofoti sun’iy neyron tarmoqlaridan foydalangan holda mashinali o‘qitishni ta’minlaydigan asosiy kashfiyotlar va ixtirolar uchun Jon Xopfild va Jeffri Xintonga berildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting