Braziliya Oliy sudi X’ga (Twitter) kirishni cheklashga qaror qildi va blokni chetlab o‘tganlik uchun jarimalar joriy qildi. Bunga ijtimoiy tarmoq egasi Ilon Mask mamlakatda qonuniy vakil tayinlashdan bosh tortgani sabab bo‘ldi. Milliarderga tegishli Starlink tortishuvlardan so‘ng tarmoqni bloklashga rozi bo‘ldi.
AQSh hukumati HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvar va guruhning qator rahbarlariga 2023-yil 7-oktabr kuni Isroilga qilingan hujum munosabati bilan rasman jinoiy ayblovlarni e’lon qildi.
Qozog‘istonda atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha referendum 6-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi, dedi mamlakat prezidenti Qosim-Jomart Toqayev. Uning so‘zlariga ko‘ra, referendum “keng umummilliy muloqotning yana bir ko‘rinishi” va “eshituvchi davlat” konsepsiyasini amalga oshirishning yorqin namunasi bo‘ladi.
Germaniya hukumati uch yildan so‘ng afg‘onistonlik mahkumlarni vataniga deportatsiya qilishni tikladi. Avvalroq OAV Berlin O‘zbekiston va Kobulning boshqa qo‘shnilari bilan afg‘onistonliklarni ular orqali deportatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani haqida yozgan edi.
Isroil va HAMAS gumanitar tashkilotlar bolalarni poliomiyelitga qarshi emlashlari uchun G‘azodagi jangovar harakatlarda uch kunlik tanaffusga kelishdi. Avvalroq JSST anklavda 25 yil ichida birinchi kasallanish holatini tasdiqlagan edi.
Gruziya Konstitutsiyaviy sudi mamlakatda ommaviy noroziliklarga sabab bo‘lgan “xorijiy agentlar to‘g‘risida"gi qonunga qarshi da’volarni ko‘rib chiqishni boshladi. Da’vogarlar Gruziya prezidenti, nodavlat tashkilotlar, muxolifat deputatlari va mediatashkilotlar hisoblanadi.
Namibiya hukumati 700 dan ortiq yovvoyi hayvon, jumladan, fil, begemot va zebralarni o‘ldirish rejasini tasdiqladi. Ularning go‘shti mamlakatda yuz bergan so‘nggi 100 yildagi eng yomon qurg‘oqchilik fonida oziq-ovqat tanqisligiga duchor bo‘lgan jamoalarga tarqatiladi.
Qozog‘iston avtotransportda benzin va dizel olib chiqishga 2022-yil iyul oyida joriy etilgan taqiqni yana uzaytiradi, shuningdek, mamlakat ichidagi yaxshi hosil tufayli olma importi cheklanadi. Yil boshidan buyon O‘zbekiston Qozog‘iston bozoriga 2,8 mln dollardan ortiq olma yetkazib berdi.
Yaponiya janubi-g‘arbida “Shanshan” tayfuni kuzatildi, 200 mingdan ortiq xonadon elektr ta’minotisiz qoldi. Toyota va boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilar zavodlarda ishni to‘xtatdi, yuzlab reyslar bekor qilindi. Hukumat mamlakat bo‘ylab 5,2 milliondan ortiq aholini evakuatsiya qilish topshirig‘ini berdi.
Maxsus prokuror Jek Smit Donald Trampning 2020-yilgi saylov natijalarini bekor qilishga urinishi bo‘yicha yangi ayblov xulosasini sudga berdi. Hujjat Oliy sudning AQSh sobiq prezidentlarining qisman jinoiy immunitetga bo‘lgan huquqi to‘g‘risidagi qarorini inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqildi.
Ukraina Rossiya bilan urushni tugatish rejasini tayyorladi va AQShga taqdim etadi, dedi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy. U bir necha banddan iborat, ulardan biri — Kursk viloyatidagi operatsiya.
Texas sudi prezident Jo Baydenning amerikaliklar bilan turmush qurgan migrantlarga qonuniy maqomga ega bo‘lish imkonini beradigan dasturini to‘xtatishga qaror qildi.
Qirg‘iziston Madaniyat vazirligi OAV va internetda yolg‘on ma’lumotlarni tarqatganlik uchun fuqarolar va yuridik shaxslarga jarimalar joriy etishni taklif qildi. Vazirlikning fikricha, bu “internet-kontent iste’molida tanqidiy fikrlash zarurligi yuzasidan aholi xabardorligini oshiradi”.
Telegram asoschisi Pavel Durov Telegram’da sodir etilgan moliyaviy va kiberjinoyatlar bo‘yicha harakatsizlikda ayblanmoqda. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Durovning Parijda hibsga olinishi sud tergovi doirasida sodir bo‘lganini va “hech qanday siyosiy qaror emasligini” aytdi.
Rossiya armiyasi Ukraina hududiga yuzdan ortiq raketa va dronlar uchirdi, asosiy zarba energetika obyektlariga berildi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hujumni urush davridagi eng yirik hujumlardan biri deb atadi va mamlakat energetika sektoriga “katta zarar yetkazilganini” ta’kidladi.
Telegram Pavel Durovning Fransiyada hibsga olinishiga izoh berarkan, ushbu platformadagi suiiste’molliklar uchun platforma yoki uning egasi javobgar ekani haqidagi da’volarni absurd deb atadi.
O‘zbekistonning moliyaviy ko‘magida Mozori Sharifda ming talabaga mo‘ljallangan madrasa qurilishi boshlandi. Loyiha uchun 6 mln dollar ajratilgan bo‘lib, obyekt bir yil ichida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilmoqda.
Telegram asoschisi Pavel Durov Parijdagi aeroportda hibsga olindi. Fransuz OAV u Telegram`da yetarlicha moderatsiya yo‘qligi ortidan kelib chiqqan giyohvand moddalar savdosi, bolalarga qarshi jinoyatlar va firibgarlikda ayblanayotgani haqida yozmoqda.
Rossiyaning Volgograd oblastidagi koloniyada mahbuslar xodimlarni garovga oldi, ba’zilarini o‘ldirdi. Ularga qarshi o‘tkazilgan harbiy amaliyot chog‘ida isyonda gumonlangan to‘rt mahbus ham yo‘q qilindi.
Qozog‘iston sudi birinchi marta egalari qonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritganini isbotlay olmagan aktivlarni davlat hisobiga o‘tkazdi. 10 million dollardan ortiq mablag‘, xususan, qimmatbaho zargarlik buyumlari va tarixiy buyumlar musodara qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting