Jahon

Yevropa Ittifoqi Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari konsepsiyasini tayyorladi
23 noyabr 2023, 13:36

Yevropa Ittifoqi Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari konsepsiyasini tayyorladi

Yevropa Ittifoqi Ukraina uchun harbiy yordam, dezinformatsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish, yadro xavfsizligini ta’minlash, ittifoqqa qo‘shilish uchun zarur islohotlarni amalga oshirishda yordam va boshqalarni nazarda tutuvchi xavfsizlik kafolatlari konsepsiyasini tayyorladi.

Rossiyada O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida ommaviy mushtlashuv bo‘ldi
22 noyabr 2023, 13:17

Rossiyada O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida ommaviy mushtlashuv bo‘ldi

Moskvadagi ko‘p qavatli uy qurilishi maydonida 35−40 nafar ishchi ishtirokida janjal yuz berdi, ular orasida o‘zbekistonliklar ham bor. Mushtlashuvga oshxonaga kirishda navbat talashish sabab bo‘ldi. Migrantlar jinoiy va ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Isroil va HAMAS o‘t ochishni vaqtincha to‘xtatishga kelishdi
22 noyabr 2023, 11:38

Isroil va HAMAS o‘t ochishni vaqtincha to‘xtatishga kelishdi

Isroil hukumati HAMAS bilan o‘t ochishni vaqtincha to‘xtatish va bu davrda asirlarni almashishga kelishib oldi. Sulh vaqtida insonparvarlik yordami, dori-darmon va yonilg‘i yuklangan yuk mashinalari G‘azoga kirishi mumkin bo‘ladi. Tafsilot.

Tadqiqot: Dunyo aholisining eng boy 1 foizi eng kambag‘al 66 foizdan ko‘proq uglerod gazi chiqindilarini chiqaradi
22 noyabr 2023, 10:25

Tadqiqot: Dunyo aholisining eng boy 1 foizi eng kambag‘al 66 foizdan ko‘proq uglerod gazi chiqindilarini chiqaradi

Global iqlim tengsizligi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, dunyodagi eng boy 1 foiz aholi daromadlari past bo‘lgan 66 foiz aholiga qaraganda ko‘proq miqdorda tabiatga uglerod gazi chiqindilari chiqaradi.

AQShga Meksika orqali noqonuniy kirgan o‘zbekistonliklar endi mamlakatga qo‘yib yuborilmaydi
20 noyabr 2023, 14:54

AQShga Meksika orqali noqonuniy kirgan o‘zbekistonliklar endi mamlakatga qo‘yib yuborilmaydi

AQShga Meksika orqali noqonuniy kirmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari endilikda mamlakatga qo‘yib yuborilmaydi va immigratsiya ishi hal bo‘lgunicha hibsda saqlanadi. Noqonuniy migratsiyaga yordam bergan oila a’zolari ham viza olishdan mahrum etilishi mumkin.

JSST: emlash kamaygani uchun dunyo bo‘ylab qizamiq va undan o‘lim darajasi ortmoqda
18 noyabr 2023, 10:02

JSST: emlash kamaygani uchun dunyo bo‘ylab qizamiq va undan o‘lim darajasi ortmoqda

2022-yilda qizamiq bilan kasallanish 2021-yilga nisbatan 18 foizga, o‘lim darajasi 40 foizdan ko‘proqqa oshgan. Bu emlash qamrovining pasayishi bilan bog‘liq, deyiladi JSST hisobotida.

Yevropa Ittifoqi ekologik jinoyatlar uchun jazoni kuchaytiradi
17 noyabr 2023, 17:33

Yevropa Ittifoqi ekologik jinoyatlar uchun jazoni kuchaytiradi

Yevroparlament va Yevropa Ittifoqi davlatlari atrof-muhitga qarshi jinoyatlar ro‘yxatini kengaytirdi va ularga nisbatan jazo choralarini kuchaytirdi. Odamlar o‘limiga olib keladigan ekologik jinoyat uchun aybdorlar 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilinadi.

Xitoy va AQSh rahbarlarining bir yil ichidagi dastlabki uchrashuvi tafsilotlari
17 noyabr 2023, 11:46

Xitoy va AQSh rahbarlarining bir yil ichidagi dastlabki uchrashuvi tafsilotlari

AQSh prezidenti Jo Bayden va Xitoy yetakchisi Si Szinpin so‘nggi bir yilda birinchi marta shaxsan uchrashib, “konstruktiv” muzokaralar olib bordi. Uchrashuv samarali kechmadi, lekin tomonlar kelishmovchiliklarga qaramay muloqotni davom ettirmoqchiligini bildirdi. “Bu muhim progress”, — dedi AQSh prezidenti.

JSST yolg‘izlikni inson salomatligi uchun global tahdid deb atadi
16 noyabr 2023, 22:08

JSST yolg‘izlikni inson salomatligi uchun global tahdid deb atadi

JSST yolg‘izlikni inson salomatligiga global tahdid deb atadi va ijtimoiy aloqalarni o‘rganish bo‘yicha komissiya tuzdi. Mutaxassislar yolg‘izlikning zararini kuniga 15 ta sigaret chekishga tenglashtirdi.

Xiaomi birinchi elektromobilini namoyish etdi
16 noyabr 2023, 09:45

Xiaomi birinchi elektromobilini namoyish etdi

Xiaomi o‘zining birinchi elektromobili — Beijing Xiaomi SU7`ni namoyish etdi. Panorama oynali tomga ega, besh o‘rindiqli ushbu modelning yana bir necha versiyalari bo‘ladi.

Fransiya Suriya prezidentini hibsga olishga order berdi
15 noyabr 2023, 22:30

Fransiya Suriya prezidentini hibsga olishga order berdi

Fransiya sudi Suriya prezidenti Bashar Asadni hibsga olishga xalqaro order berdi. U 2013-yilda kimyoviy qurol qo‘llash bilan bog‘liq insoniyatga qarshi jinoyatda ayblanmoqda.

Isroil G‘azo sektoridagi “Al-Shifo” tibbiyot majmuasida operatsiya boshladi
15 noyabr 2023, 12:54

Isroil G‘azo sektoridagi “Al-Shifo” tibbiyot majmuasida operatsiya boshladi

Isroil mudofaa kuchlari G‘azodagi eng yirik “Al-Shifo” tibbiyot majmuasida HAMASga qarshi harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Isroil askarlari shifoxonaga kirgan va tutunli granata otgan bo‘lishi mumkin. Ular kasalxonadan yerosti boshqaruv posti uchun qalqon sifatida foydalanilayotganini aytmoqda. HAMAS buni rad etdi.

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq rahbariga nisbatan ikkita yangi jinoiy ish qo‘zg‘atildi
14 noyabr 2023, 22:10

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq rahbariga nisbatan ikkita yangi jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq rahbari Karim Masimovga nisbatan yirik miqdorda pora olish va jinoiy yo‘llar bilan topilgan pullarni yuvishda gumonlanib, ikkita yangi jinoiy ish ochildi.

Nepal hukumati “ijtimoiy uyg‘unlikni” buzgani uchun TikTok`ni blokladi
14 noyabr 2023, 17:33

Nepal hukumati “ijtimoiy uyg‘unlikni” buzgani uchun TikTok`ni blokladi

Nepal hukumati mamlakatda TikTok faoliyatini cheklashga qaror qildi. Platforma kontenti “ijtimoiy uyg‘unlikni buzuvchi, oilaviy hamda ijtimoiy munosabatlarga putur yetkazuvchi” deb topildi.

Rossiya bilan urushda 70 ming Ukraina askari halok bo‘ldi — The Economist
14 noyabr 2023, 10:14

Rossiya bilan urushda 70 ming Ukraina askari halok bo‘ldi — The Economist

AQSh hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya bilan urushda 70 ming Ukraina askari halok bo‘lgan, yana 120 ming nafari yaralangan. The Economist maqolasida Ukrainada ishsizlik urushdan oldingi darajadan yuqoriligicha qolayotgani, qurilish, tog‘-kon sanoatida ko‘proq xotin-qizlarning mehnatga kirib kelayotgani qayd etilgan.

Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Devid Kemeron Qirollik tashqi ishlar vaziri bo‘ldi
13 noyabr 2023, 20:08

Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Devid Kemeron Qirollik tashqi ishlar vaziri bo‘ldi

Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Devid Kemeron Birlashgan Qirollikning yangi tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi. U 2010−2016-yillarda Britaniya hukumatini boshqargan va Brexit to‘g‘risidagi referendumdan so‘ng iste’foga chiqqan edi.

O‘zbekiston Falastinning bosib olingan hududlaridagi Isroil aholi punktlarini noqonuniy deb topishni yoqladi
13 noyabr 2023, 10:30

O‘zbekiston Falastinning bosib olingan hududlaridagi Isroil aholi punktlarini noqonuniy deb topishni yoqladi

BMT Isroilning Falastin va Suriyadagi bosib olingan hududlarida qurilgan aholi punktlarini noqonuniy deb topdi. Bu bo‘yicha rezolyutsiya loyihasini 145 ta mamlakat orasida O‘zbekiston ham ma’qulladi.

Qirg‘iziston Konstitutsiyaviy sudi fuqarolarning ota ismi o‘rniga onasining ismini tanlash huquqini bekor qildi
10 noyabr 2023, 21:37

Qirg‘iziston Konstitutsiyaviy sudi fuqarolarning ota ismi o‘rniga onasining ismini tanlash huquqini bekor qildi

Qirg‘iziston Konstitutsiyaviy sudi voyaga yetgan fuqarolarning ota ismi o‘rniga onasining ismini tanlash huquqini beruvchi qarorini bekor qildi. Aholining katta qismi ona ismini olish institutini qirg‘iz xalqining axloqiy asoslari va an’analariga tahdid soluvchi salbiy hodisa sifatida qabul qilgan.

Turkmaniston Iroqqa gaz yetkazib beradi
10 noyabr 2023, 15:32

Turkmaniston Iroqqa gaz yetkazib beradi

Turkmaniston Iroq bilan gazni Eron orqali yetkazib berish borasida kelishib oldi. Protokol yiliga 9 milliard kub metr gaz yetkazib berish bo‘yicha 5 yillik shartnomani nazarda tutadi.

Reuters: Rossiyada benzin eksportiga qo‘yilgan taqiq 19-noyabrgacha bekor qilinadi
10 noyabr 2023, 10:39

Reuters: Rossiyada benzin eksportiga qo‘yilgan taqiq 19-noyabrgacha bekor qilinadi

Rossiya hukumati kelasi hafta dizel va benzin eksportiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda Reuters manbalarga tayanib.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting