“Daniel” to‘foni Liviya shimoli-sharqida halokatli suv toshqinlarini keltirib chiqardi, kamida 3000 kishi halok bo‘ldi va 10 ming kishi bedarak yo‘qolgan. Mamlakat hukumati xalqaro yordam so‘ramoqda.
Mahbuslar almashinuvi doirasida AQSh Eronning Janubiy Koreya bank hisoblarida muzlatilgan 6 mlrd dollarlik aktivlarini Qatarga o‘tkazishga ruxsat berdi. Mablag‘lardan faqat gumanitar savdo maqsadida foydalanish mumkin bo‘ladi.
Liviyada “Daniel” sikloni keltirib chiqargan suv toshqinlari oqibatida 2000 dan ortiq odam halok bo‘lgani aytilmoqda. Bir necha minglab odamlar bedarak yo‘qolgan. Hukumat 3 kunlik milliy motam e’lon qildi.
Marokashdagi zilzila qurbonlari soni 2122 kishiga, jarohatlanganlar soni esa 2421 kishiga yetdi. Tabiiy ofat hududida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Marokashda 9-sentabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan zilzila oqibatida 1000 dan ziyod odam halok bo‘ldi. YUNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan tarixiy hududlarga zarar yetdi. O‘zbekiston prezidenti hodisa munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi.
Gonkongda so‘nggi 140 yil ichidagi eng kuchli yog‘ingarchilik kuzatildi. Shahar ko‘chalari, vokzal va savdo markazlari suv ostida qoldi. Suv toshqinlari oqibatida 130 dan ortiq kishi jarohatlandi, kamida ikki kishi halok bo‘lgan.
Iqlim o‘zgarishi keltirib chiqargan issiqlik to‘lqinlari havo sifati, inson salomatligi va ekotizimlarga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Qanday qilib issiqlik ozon ifloslanishini oshiradi va shahar issiqlik orollari nimasi bilan xavfli — Jahon meteorologiya tashkiloti hisobotida.
Xitoy hukumati amaldorlarga iPhone va boshqa xorijiy brend qurilmalarini idoraga olib kirishni taqiqladi. Bu XXRning xorijiy texnologiyalarga qaramlikni kamaytirishga urinishi bilan bog‘liq. Cheklov mamlakatda Apple mahsulotlari sotuvining pasayishiga olib kelishi mumkin.
BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi “moliyalashtirishdagi ulkan taqchillik” tufayli millionlab afg‘onlarga yordamni qisqartirishga majbur bo‘lmoqda. Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda mamlakatning 90 foizgacha aholisida oziq-ovqat taqchilligi kuzatilmoqda.
Ukrainaning Donetsk viloyati Konstantinovka shahridagi bozor artilleriya yordamida o‘qqa tutilishi oqibatida 16 kishi, jumladan bir bola halok bo‘ldi.
O‘zbekistonda tug‘ilgan Rustem Umerov Ukraina mudofaa vaziri etib tayinlandi. Uni Sharq, xususan, arab mamlakatlarida yaxshi obro‘ va e’tiborga ega shaxs deya ta’riflashadi. U Rossiya bilan tinchlik muzokaralari va asirlar almashinuvlarida qatnashgan. “Gazeta.uz” Umerovning tarjimai holini havola qiladi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev mamlakatda zirhli texnika, dronlar va o‘qotar qurollar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi kerakligi, davlat armiyasi gibrid urushlarga tayyor turishi kerakligini bildirdi.
Qirg‘izistonda milliy pasportlarni mustaqil tarzda chop etish boshlandi. Ilgari mamlakat har yili chet eldan 1,5 milliongacha ID karta va fuqarolik pasporti buyurtma qilgan.
Hindiston Quyoshni kuzatish va kosmik ob-havo xususiyatlarini o‘rganish uchun koinotga Aditya-L1 avtomat stansiyasini uchirdi. Avvalroq Hindiston kosmik uskunasi Oy sathiga muvaffaqiyatli qo‘ndirilgan edi.
Prezident Qasim-Jomart Toqayev “mamlakat kelajagi bilan bog‘liq o‘ta muhim masala” bo‘lgani uchun Qozog‘istonda atom elektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha umumxalq referendumi o‘tkazishni taklif qildi.
2019-yildan buyon Buyuk Britaniya mudofaa vaziri sifatida ishlab kelgan Ben Uolles iste’foga chiqdi. U Ukrainaga ko‘rsatilayotgan yordamni kuchaytirishda hal qiluvchi rolni o‘ynagan. Uollesning o‘rnini Energetika vazirligini boshqargan Grant Shapps egalladi.
IShIDga aloqadorlikda gumon qilingan kontrabandachi o‘zbekistonlik bir guruh muhojirlarga Meksika orqali AQShga kirishga yordam bergan. Bu ma’lum bo‘lgach, FQB ularni butun mamlakat bo‘ylab “qidirishga shoshildi”, — deb yozadi CNN. 15 nafar o‘zbekistonlikning manzili hali aniqlanmagan.
2-sentabrdan Xitoyning Xanchjou shahridagi Milliy ipak muzeyida an’anaviy o‘zbek so‘zanalari, chopon va zargarlik buyumlarini o‘z ichiga olgan 20 ta eksponat namoyish etiladi. “Rang-barang Osiyo: Osiyo liboslari ko‘rgazmasi”da mintaqa mamlakatlarining 150 ga yaqin libosi ham taqdim etiladi.
Qirg‘iziston Madaniyat vazirligi bolalar ruhiy rivojlanishi va salomatligiga zarari sababli TikTok ijtimoiy tarmog‘ini bloklashga qaror qildi.
Fransiya maktablarida yangi o‘quv yilidan musulmonlar libosi — abayya kiyish taqiqlanadi. Mamlakat ta’lim vazirining fikricha, o‘quvchilarning tashqi ko‘rinishi ularning dinini bildirib turmasligi kerak. Mamlakatda 2004-yildan beri maktablarga diniy ramzlar yoki kiyimlarda kelish mumkin emas.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting