Arxiv

Chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchisi sifatida Qurolli Kuchlar zaxirasidagi harbiylar jalb qilinadi
7 noyabr 2024, 18:12

Chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchisi sifatida Qurolli Kuchlar zaxirasidagi harbiylar jalb qilinadi

Endi chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchisi shtati Mudofaa vazirligiga o‘tadi. Bu vazifaga Qurolli Kuchlar zaxirasidagi harbiylar ishga qabul qilinadi. Shuningdek, musiqa fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahorati baholanib, malaka oshirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Pokistonning Lahor shahrida yuzlab odamlar havo ifloslanishi tufayli shifoxonaga yotqizildi
7 noyabr 2024, 18:12

Pokistonning Lahor shahrida yuzlab odamlar havo ifloslanishi tufayli shifoxonaga yotqizildi

Havoning kuchli ifloslanishi saqlanib qolayotgani sababli Pokistonning Lahor shahrida yuzlab odamlar nafas olish muammolari bilan kasalxonaga yotqizildi. Hukumat maktablardagi barcha sinflarni onlayn ta’limga o‘tkazdi va aholini yanvar oyi oxirigacha ko‘chalarda niqob taqishga chaqirdi.

“Ba’zi rivojlangan davlatlar rivojlanayotgan mamlakatlarga ham bir xil talab qo‘ymoqda” — JST bo‘yicha maxsus vakil
7 noyabr 2024, 17:54

“Ba’zi rivojlangan davlatlar rivojlanayotgan mamlakatlarga ham bir xil talab qo‘ymoqda” — JST bo‘yicha maxsus vakil

JSTga a’zolik masalasida “tashkilotga yaqinda a’zo bo‘lgan davlatlar bilan muzokaralar olib borish osonroq, chunki ular bu jarayon naqadar murakkab ekanini hali unutishmagan”, — dedi prezidentning JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek O‘runov. U, shuningdek, notarif to‘siqlar muammosiga ham to‘xtaldi.

Samarqandda har yili suzish bo‘yicha Silk Water xalqaro turniri o‘tkaziladi
7 noyabr 2024, 16:57

Samarqandda har yili suzish bo‘yicha Silk Water xalqaro turniri o‘tkaziladi

️2025-yildan boshlab har yili sinxron suzish bo‘yicha Toshkent shahrida “Suv parisi”, suzish bo‘yicha esa Samarqand viloyatida Silk Water xalqaro turnirlari o‘tkaziladi. 2026-yildan esa tajriba tariqasida Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatidagi mahallalarda 6×15 metr o‘lchamli suzish havzalari barpo etiladi.

Farg‘onada 4 kishi ovqatdan zaharlandi
7 noyabr 2024, 16:46

Farg‘onada 4 kishi ovqatdan zaharlandi

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida 4 kishi kafeda tayyorlangan ovqatdan zaharlanib, kasalxonaga yotqizildi. Holat Sanepidqo‘mita xodimlari tomonidan nazoratga olingan.

“YI barcha mavjud vositalar bilan O‘zbekistonga ko‘mak berishda davom etadi” — elchi Toyvo Klaar
7 noyabr 2024, 15:56

“YI barcha mavjud vositalar bilan O‘zbekistonga ko‘mak berishda davom etadi” — elchi Toyvo Klaar

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonni barcha mavjud vositalar bilan qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi, deb ta’kidladi elchi Toyvo Klaar. Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimning imzolanishi “yaqin kelajakda” Bryusselda, YI-Markaziy Osiyo birinchi sammiti esa 2025-yilda bo‘lib o‘tishi mumkin.

MIB mansabdor shaxslari 202,9 mlrd so‘mlik ijro ishlarini asossiz ravishda tugatgani aniqlandi
7 noyabr 2024, 15:52

MIB mansabdor shaxslari 202,9 mlrd so‘mlik ijro ishlarini asossiz ravishda tugatgani aniqlandi

Majburiy ijro byurosining Shayxontohur tuman bo‘limi mansabdor shaxslari 202,9 mlrd so‘mlik 200 ta ijro ishini qonunchilik talablariga zid ravishda asossiz tugatgani aniqlandi. Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Xorazmdagi kiyim do‘konlarida chiqqan yong‘in 1 soatda o‘chirildi
7 noyabr 2024, 15:25

Xorazmdagi kiyim do‘konlarida chiqqan yong‘in 1 soatda o‘chirildi

Payshanba kuni Urganch tumanining Gurlan ko‘chasidagi kiyim do‘konlarida yong‘in chiqdi. 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borib, 1 soat ichida alangani o‘chirdi. Hodisa oqibatida hech kim jarohat olmadi.

Avstraliya 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqlamoqchi
7 noyabr 2024, 15:09

Avstraliya 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqlamoqchi

Avstraliyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishi butunlay taqiqlanmoqda. Mamlakat bu jarayonni tartibga solish sohasida jahon standartini o‘rnatmoqchi. Avstraliya raqamli sanoat assotsiatsiyasi buni “zamonaviy muammolar uchun o‘tgan asrdagi yechim” deya atadi.

O‘zbekistonda fuqarolar saqlashi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar ro‘yxati tasdiqlandi
7 noyabr 2024, 14:16

O‘zbekistonda fuqarolar saqlashi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar ro‘yxati tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan fuqarolar saqlashi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar ro‘yxati tasdiqlandi. Shuningdek, davlat va ko‘chma sirklarda (shapito) yovvoyi hayvonlarni saqlash va ulardan sirk tomoshalari uchun foydalanish taqiqlandi.

WSJ: Tramp jamoasi Ukrainaning NATOga kirishini kamida 20 yilga muzlatishni taklif qildi
7 noyabr 2024, 13:24

WSJ: Tramp jamoasi Ukrainaning NATOga kirishini kamida 20 yilga muzlatishni taklif qildi

Donald Tramp jamoasi Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lish rejalaridan kamida 20 yilga voz kechmoqchi, deb yozadi WSJ. Bu Rossiya-Ukraina urushini tugatish bo‘yicha takliflarning bir qismidir. AQSh, shuningdek, Rossiyaning kelgusi tajovuzlarini to‘xtatish uchun Ukrainaga qurol berishni davom ettirishi mumkin.

Raqobat qo‘mitasi 6-noyabrdan propan narxining oshishiga cheklov o‘rnatdi
7 noyabr 2024, 12:44

Raqobat qo‘mitasi 6-noyabrdan propan narxining oshishiga cheklov o‘rnatdi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi propanning boshlang‘ich narxiga nisbatan 20 foiz miqdorda cheklov (spred) joriy etdi.

Germaniya: Shols moliya vazirini ishdan oldi, hukmron koalitsiya parchalanib ketdi
7 noyabr 2024, 12:02

Germaniya: Shols moliya vazirini ishdan oldi, hukmron koalitsiya parchalanib ketdi

Germaniya kansleri Olaf Shols mamlakat moliya vaziri Kristian Lindnerni “ko‘pincha uning ishonchini oqlamagani va murosaga kelmagani” uchun ishdan oldi. Shuningdek, “svetofor koalitsiyasi” deb ataluvchi hukmron koalitsiya parchalanib ketdi. Yanvarda Bundestagda hukumatga ishonch masalasi ovozga qo‘yilishi kutilmoqda.

Ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
7 noyabr 2024, 11:32

Ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibini buzganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda. Hujjat uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

Qo‘qon shahrida terrorchilik tashkilotini qo‘llab-quvvatlashda ayblangan 11 kishi qamaldi
7 noyabr 2024, 10:46

Qo‘qon shahrida terrorchilik tashkilotini qo‘llab-quvvatlashda ayblangan 11 kishi qamaldi

Qo‘qon shahrida “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkilotini qo‘llab-quvvatlashda aybdor deb topilgan 11 kishi 6 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etildi.

Tegishli huquqi yo‘q shaxslarning xalq tabobati bilan shug‘ullanishiga javobgarlik belgilandi
7 noyabr 2024, 10:31

Tegishli huquqi yo‘q shaxslarning xalq tabobati bilan shug‘ullanishiga javobgarlik belgilandi

Prezident xalq tabobati sohasida ishlash huquqi yo‘q shaxslar tomonidan tashxis qo‘yish va davolash xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilaydigan qonunni imzoladi. Bundan tashqari, xalq tabobatida ruxsat etilmagan usullardan foydalangan holda bunday xizmatlarni reklama qilish taqiqlandi.

O‘zbekistonda MMA bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati boshlandi
7 noyabr 2024, 09:36

O‘zbekistonda MMA bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati boshlandi

5−10-noyabr kunlari Toshkentdagi Humo arena muz saroyida aralash jang san’ati sport turi (MMA) bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘tkazilmoqda. Unda 67 ta mamlakatdan 600 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda. Musobaqani tomosha qilish uchun kelganlarga kirish bepul.

“Tramp import bojlarini dunyodagi eng yaxshi kashfiyot deb hisoblaydi” — Botir Qobilov
6 noyabr 2024, 19:56

“Tramp import bojlarini dunyodagi eng yaxshi kashfiyot deb hisoblaydi” — Botir Qobilov

Iqtisodchi Botir Qobilov Donald Tramp AQSh iqtisodiyotida qanday o‘zgarishlarni amalga oshirmoqchi ekanligini tushuntirdi. Uning ta’kidlashicha, Tramp Oq uyga qaytgach, import bojlarining oshirishga, soliqlar bo‘yicha chegirmalar berishga va noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilishga urinib ko‘radi.

“Taxtaqoracha” dovonida Cobalt’ni tosh bosib qoldi. Salondagi uch kishi halok bo‘ldi
6 noyabr 2024, 18:48

“Taxtaqoracha” dovonida Cobalt’ni tosh bosib qoldi. Salondagi uch kishi halok bo‘ldi

Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi M-39 avtomobil yo‘lida Cobalt mashinasini tog‘dan sirpanib tushgan katta tosh bosib qoldi. Oqibatda salondagi 3 kishi halok bo‘ldi.

Trampning g‘alabasiga Amerika matbuoti munosabati — sarlavhalarda
6 noyabr 2024, 18:20

Trampning g‘alabasiga Amerika matbuoti munosabati — sarlavhalarda

Donald Tramp to‘rt yillik tanaffusdan keyin Oq uyga qaytib, AQShning 47-prezidenti bo‘ladi. Amerika matbuoti uning g‘alabasiga qanday munosabat bildirmoqda — “Gazeta.uz” obzorida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting