Hukumat qarori bilan “Halol” mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlash tartibi joriy etilmoqda. Unga ko‘ra, 2025-yil 1-maydan boshlab sertifikatlangan mahsulotlar va xizmatlarni “Halol” belgisi bilan markirovka qilishni boshlash rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston davlat chegarasidan avtotransportda o‘tuvchilar endi avvaldan elektron navbat olib qo‘yishi mumkin. Navbatni Bojxona qo‘mitasining rasmiy veb sayti yoki navbatlarni boshqarish tizimi joriy etilgan kutish zonalarida olishi mumkin. Shuningdek, o‘tkazish punktlarida Fast track xizmati paydo bo‘ladi.
O‘zbekistonda yiliga 10,2 mln tonna chiqindi hosil bo‘lib, uning 10,3 foizi plastmassadan iborat. 2022-yilda plastik hajmi 2013-yilga nisbatan 2,5 baravarga oshdi. Ekologiya vazirligi o‘tkazgan inventarizatsiya ma’lumotlariga ko‘ra, plastmassaning eng yirik iste’molchilari qadoqlash, transport va qurilishdir.
O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi AQShning aktivlarni boshqarish yo‘nalishida faoliyat yurituvchi Franklin Templeton kompaniyasi bilan ishonchli boshqaruv shartnomasini imzoladi. Kompaniya jamg‘armaga o‘tishi kutilayotgan 18 ta davlat koxonasi va banki aksiyalaridan iborat investitsion portfelni boshqaradi.
Uchtepa tumanida fuqaroni 20 ming dollar evaziga AQShga ishlash uchun yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Unga nisbatan jinoiy ish ochildi.
Tramp Kanada, Meksika va Xitoydan keluvchi tovarlarga keng miqyosli bojlar joriy etdi. Ottava va Mexiko allaqachon javob choralarini e’lon qildi, Xitoy JSTga shikoyat qilishga va’da berdi. YeI mahsulotlari ham bojga tortilishi mumkin. Yangi savdo urushi haqida nimalar ma’lum — “Gazeta.uz” materialida.
O‘zbekistonda 1-martdan palma yog‘i hamda tarkibida shunday yog‘ va transyog‘i bo‘lgan mahsulotlarni majburiy laboratoriya sinovidan o‘tkazish talabi joriy etiladi. Bundan tashqari, mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlarida palma yog‘idan foydalanish ustidan nazorat kuchaytiriladi.
Toyloq tumanida fuqaro o‘zi yashaydigan mahalladagi chinor daraxtini noqonuniy ravishda kesib tashladi. Oqibatda tabiatga 115 125 000 so‘m zarar yetkazdi. Bu ishda jinoyat alomatlari borligi sababli tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.
2024-yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 11 foizdan 8,9 foizga kamaydi. Bandlik dasturlari tufayli 719 ming kishi kambag‘allikdan chiqarildi. Kambag‘allikning eng past ko‘rsatkichi Navoiy viloyatida (5,7 foiz), eng yuqori ko‘rsatkichi Xorazm viloyatida (11,9 foiz) qayd etilgan.
Andijon viloyatida er-xotin 13 yoshli qo‘shni qizga nisbatan shahvoniy shilqimlikda ayblanib, sud tomonidan 5 sutka qamoq va jarima jazosiga tortildi. Erkak o‘smirga pul taklif qilib, jinsiy aloqa qilmoqchi bo‘lgan, uning oldiga qizni xotini olib kelgan.
1-apreldan boshlab go‘sht, sut va tuxum sotishdagi tushumi daromadining 90 foizini tashkil etuvchi chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklari uchun QQSning 50 foizi qaytariladi. “Mikrokreditbank”ka 1 mln ish o‘rni yaratishga mo‘ljallangan “Parranda boqish — daromad topish” loyihasi uchun 50 mln dollar ajratiladi.
Sud 203 nafar fuqaroga avtokredit rasmiylashtirib, ularning har biriga 150−200 dollardan bergan olti nafar erkakka nisbatan hukm chiqardi. Banklar kartalardan qarzlarni yechib olishni boshlagan, kreditlarni rasmiylashtirgan firma xodimlari esa g‘oyib bo‘lgan. Ular jami 62 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan.
Yanvar oyida dollar so‘mga nisbatan biroz mustahkamlandi — atigi 0,28 foiz. Amerika valyutasining kursi 13 ming co‘mga yaqinlashdi, biroq so‘nggi haftada so‘mning qiymati ko‘tarildi.
Avtomobil ehtiyojlari uchun ASKO Comfort ko‘chma servis do‘koni — shina, akkumulyator va diskalarni almashtirishni tez va samarali amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadi.
O‘zbekistonda 2025-yil 1-martdan boshlab davlat organlarining rasmiy veb-saytlari faqatgina yagona platformada yuritiladi. Yangi tashkil etilgan davlat organlari o‘z veb-sayti faoliyatini idora tashkil etilgan sanadan boshlab bir oy muddatda yagona platformada yo‘lga qo‘yadi.
Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasining loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi. Konsepsiya davlatning dunyoviylik tamoyillarini ro‘yobga chiqarishga hamda mamlakatning taraqqiyoti uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan.
Samarqand shahrida Onix haydovchisi YPX inspektorining to‘xtash talabiga e’tibor bermay, uni avtomobil kapotida sudrab qochib ketdi. Xodim yerga yiqilib jarohat oldi, haydovchi ushlandi.
O‘zbekistonda hafta davomida harorat asta-sekin ko‘tarilib boradi. Havo kechalari 0…+3 daraja, kunduz kunlari +12…+15 darajagacha iliydi.
Xorazm viloyati Transport boshqarmasi bosh mutaxassisi fuqarodan 135 ming dollar so‘rab, 80 ming dollarini olganlikda gumonlanmoqda. U 960 metr kvadrat maydonni ko‘p qavatli turar joy qurishi uchun rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.
Transport vazirligi rahbarligida Toshkentda aviatsiya muzeyini tashkil etish masalasi ishlab chiqilmoqda, deya ma’lum qildi Uzbekistan Airways rahbari Shuhrat Xudoyqulov. Uning so‘zlariga ko‘ra, loyiha 2025-yilda hal qilinishi kerak.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting