Arxiv

So‘rovda ishtirok etgan o‘zbekistonliklarning 53 foizi koronavirusga qarshi emlanishga tayyor
6 avgust 2021, 10:28

So‘rovda ishtirok etgan o‘zbekistonliklarning 53 foizi koronavirusga qarshi emlanishga tayyor

«Ijtimoiy fikr» markazining so‘rovnomasida ishtirok etgan fuqarolarning 53,2 foizi koronavirusga qarshi emlanishga tayyorligini tasdiqlashdi. So‘ralganlarning uchdan bir qismidan ko‘prog‘i esa (36,5 foizi) emlanishdan bosh tortmoqda. Ular bunga asosiy sabab vaksinaning nojo‘ya ta’sirlaridan xavotir va emlanishga qarshi tibbiy ko‘rsatma ekanligini aytishgan. Vaksinatsiya borasida bir qarorga kelmagan fuqarolarning eng yuqori darajasi 18 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan yoshlar orasida aniqlandi.

Biologiya bo‘yicha Milliy sertifikat uchun test natijalari bekor qilindi
6 avgust 2021, 10:12

Biologiya bo‘yicha Milliy sertifikat uchun test natijalari bekor qilindi

Davlat test markazi 10 iyun kuni biologiya fani bo‘yicha milliy sertifikat uchun o‘tkazilgan test natijalari e’lon qilinmasligiini ma’lum qildi. Bunga testologiya mezonlari buzilganligi, test topshirganlarning maktabdagi o‘rtacha baholari va test natijalari o‘rtasidagi katta tafovut hamda OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi e’tiroz sabab bo‘ldi. Testda ishtirok etgan barcha talabgorlarning to‘lovi to‘liq qaytariladi.

Tokio-2020. 6 avgust uchun O‘zbekiston sportchilari ishtiroki jadvali
6 avgust 2021, 02:05

Tokio-2020. 6 avgust uchun O‘zbekiston sportchilari ishtiroki jadvali

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining 14-kunida to‘rtta sport turi bo‘yicha 6 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi.

Lionel Messi «Barselona» klubini tark etdi
5 avgust 2021, 23:09

Lionel Messi «Barselona» klubini tark etdi

Argentinalik futbolchi Lionel Messi klubi «Barselona» bilan shartnomani uzaytirmagan bo‘ldi. Messining «Barselona»ni tark etishiga moliyaviy va boshqa muammolar sabab bo‘lganligi aytildi.

Yana 1 mln doza xitoy-o‘zbek vaksinasi olib kelindi
5 avgust 2021, 22:25

Yana 1 mln doza xitoy-o‘zbek vaksinasi olib kelindi

5 avgust kuni O‘zbekistonga ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 1 mln dozasi olib kelindi. Shunday qilib, jami vaksina zaxirasi 13 mln 580 ming 60 dozani tashkil qilmoqda.

Jahon yangiliklari dayjesti
5 avgust 2021, 22:10

Jahon yangiliklari dayjesti

Belarusda chegara nazoratining kuchaytirilgani, Gretsiyadagi o‘rmon yong‘inlari, Meksikaning AQSh qurol ishlab chiqaruvchilarini sudga bergani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

5 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
5 avgust 2021, 21:33

5 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonda Gul yetishtiruvchilar uyushmasi tashkil etilishi, O‘zbekistonda pandemiya boshidan beri eng ko‘p kunlik koronavirus holatlari aniqlanishi, bosh vazirning koronavirusga qarshi emlanishi — “Gazeta.uz"ning 5 avgustdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Qashqadaryoda Lacetti yuk mashinasiga urildi. Oqibatda 4 kishi vafot etdi
5 avgust 2021, 21:04

Qashqadaryoda Lacetti yuk mashinasiga urildi. Oqibatda 4 kishi vafot etdi

Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida Lacetti va Isuzu to‘qnashishi oqibatida yong‘in chiqdi. Lacetti avtomobilidagi to‘rt nafar fuqaro kuyib, vafot etdi.

Tokio-2020. Koronavirus sababli O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida o‘zgarish bo‘ldi
5 avgust 2021, 20:47

Tokio-2020. Koronavirus sababli O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida o‘zgarish bo‘ldi

Badiiy gimnastika bo‘yicha yakkalik dasturida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan Sabina Tashkenbayevada koronavirus aniqlandi. Endilikda uning o‘rniga Yekaterina Fetisova Olimpiadada qatnashadi.

O‘zbekistonga yana 90 ming doza «Sputnik V» vaksinasi keltiriladi — SSV
5 avgust 2021, 20:33

O‘zbekistonga yana 90 ming doza «Sputnik V» vaksinasi keltiriladi — SSV

Yaqin kunlarda «Sputnik V» vaksinasining 90 ming dozalik 2-komponenti yaqin kunlarda O‘zbekistonga keltirilishi kutilmoqda. Bir qator olimlar «Sputnik V» vaksinasining birinchi va ikkinchi komponentlari bilan emlanish oralig‘ini 21 kundan 90 kungacha uzaytirish mumkinligini ma’lum qilishgan.

AQSh faqat vaksina olganlarning kirishiga ruxsat berishni rejalashtirmoqda
5 avgust 2021, 18:46

AQSh faqat vaksina olganlarning kirishiga ruxsat berishni rejalashtirmoqda

Oq uy ma’muriyati mamlakatga faqat koronavirusga qarshi to‘liq emlangan chet elliklarning kirishiga ruxsat berishni rejalashtirmoqda.

Tokio-2020: O‘zbekiston Olimpiadaning o‘n uchinchi kunini medalsiz yakunladi
5 avgust 2021, 18:19

Tokio-2020: O‘zbekiston Olimpiadaning o‘n uchinchi kunini medalsiz yakunladi

Tokioda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiya o‘yinlarining o‘n uchinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar yengil atletika, erkin kurash hamda zamonaviy beshkurash bellashuvlarida qatnashishdi. Musobaqaning navbatdagi kunini O‘zbekiston medalsiz yakunlagan bo‘lsa ham, yengil atletikachi Safina Sadullayeva va erkin kurashchi Bekzod Abdurahmonov medallar uchun kurashni davom ettirishmoqda.

DTM internetda tarqalgan test materiallari bo‘yicha izoh berdi
5 avgust 2021, 17:09

DTM internetda tarqalgan test materiallari bo‘yicha izoh berdi

Davlat test markazi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan test materiallaridan faqatgina biologiya faniga oid topshiriqlar Namangan viloyatida abituriyent tomonidan suratga olingani va u dalolatnoma asosida test sinovlaridan chetlashtirilganini ma’lum qildi.

Qibray uchun issiqlik energiyasiga yangi tarif tasdiqlandi
5 avgust 2021, 16:55

Qibray uchun issiqlik energiyasiga yangi tarif tasdiqlandi

Toshkent viloyatining Qibray tumani uchun issiqlik energiyasiga yangi tariflar 20 avgustdan kuchga kiradi.

O‘zbekistonda COVID-19 savollari bo‘yicha HealthBuddy+ chat-boti ishga tushirildi
5 avgust 2021, 16:44

O‘zbekistonda COVID-19 savollari bo‘yicha HealthBuddy+ chat-boti ishga tushirildi

YUNISEF va JSST, Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda COVID-19 haqidagi ishonchli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan HealthBuddy+ chat-botini ishga tushirishdi.

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi kun pasaydi
5 avgust 2021, 16:26

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi kun pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 16,82 so‘mga pasaydi va jami 10 618,18 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz pasaydi.

Namanganda shifokorni do‘pposlagan shaxslar qamoqqa olindi
5 avgust 2021, 16:10

Namanganda shifokorni do‘pposlagan shaxslar qamoqqa olindi

Namangandagi oilaviy poliklinkada shifokorni do‘pposlagan aka-ukalarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shifokorga tibbiy tekshiruv davomida bir necha jarohatlar tashxisi qo‘yilgan.

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga jo‘nab ketdi
5 avgust 2021, 16:02

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun Turkmanistonga yo‘l oldi.

BMTning din va e’tiqod erkinligi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi O‘zbekistonga tashrif buyuradi
5 avgust 2021, 15:11

BMTning din va e’tiqod erkinligi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining din va e’tiqod erkinligi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shahid sentyabr oyida hamkorlik dasturini yo‘lga qo‘yish uchun O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Dastur doirasida davlat organlari, fuqarolik jamiyati va diniy tashkilotlar vakillari uchun qator seminarlar va treninglar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Angrendagi to‘qqiz qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
5 avgust 2021, 14:16

Angrendagi to‘qqiz qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi

5 avgust kuni Angren shahrida joylashgan to‘qqiz qavatli uyning 6-qavatida yong‘in sodir bo‘ldi. Qutqaruvchilar tomonidan 25 nafar fuqaro xavfsiz joyga olib chiqilib, yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida xonadonning 50 kv.metr maydoni zararlangan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting