Arxiv

Vaksinalar dunyoni qanday o‘zgartirgan?
24 iyul 2021, 15:00

Vaksinalar dunyoni qanday o‘zgartirgan?

COVID-19 pandemiyasi insoniyatni yuqumli kasalliklarning naqadar xavfli va halokatli avj olishini eslashga majbur qildi. Shunigdek, u bunday holatlarda vaksinalar normal hayotga qaytish uchun yagona umid ekanligini ham eslatmoqda. Dunyo tarixida eng keng tarqalgan chechak, qizamiq, poliyemiyelit va bezgak kasalliklari va ularga qarshi kurashda vaksinalarning o‘rni haqida.

«Bu qonun chiqaruvchilarimizga bog‘liq». MSK raisi o‘rinbosari prezidentlikka mustaqil nomzod ko‘rsatish haqida
24 iyul 2021, 14:31

«Bu qonun chiqaruvchilarimizga bog‘liq». MSK raisi o‘rinbosari prezidentlikka mustaqil nomzod ko‘rsatish haqida

Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov saylovchilar tashabbuskor guruhlari mustaqil ravishda o‘z nomzodini ko‘rsatish masalasini hal etish qonun chiqaruvchilarga bog‘liq ekanligini qayd etdi. Ushbu masala YeXHTning DIIHB missiyasining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida ko‘tarilgan edi.

Prezident maktablari bitiruvchilari davlat OTMlariga imtihonsiz qabul qilinadi
24 iyul 2021, 13:53

Prezident maktablari bitiruvchilari davlat OTMlariga imtihonsiz qabul qilinadi

2021−2022 o‘quv yilidan prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilari test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonlarsiz davlat OTMlariga o‘qishga qabul qilinadi.

O‘zbekistonlik 2 nafar tennischi kelishilgan o‘yinlar sababli diskvalifikatsiya qilindi
24 iyul 2021, 13:08

O‘zbekistonlik 2 nafar tennischi kelishilgan o‘yinlar sababli diskvalifikatsiya qilindi

O‘zbekistonlik ikki tennischi 2019 yilda bo‘lib o‘tgan turnirdagi kelishilgan o‘yinlar sababli sportdan chetlatildi. Temur Ismoilov bir umrga diskvalifikatsiya kilinib, 14 ming dollar jarimaga tortildi. Amal Sultonbekov esa besh yilga chetlatilib, unga 8000 dollar miqdoridagi jarima belgilandi.

Hokimliklar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning ipoteka kreditlari bo‘yicha kafillik beradi
24 iyul 2021, 12:30

Hokimliklar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning ipoteka kreditlari bo‘yicha kafillik beradi

Hukumat qarori bilan, 2022 yil 1 avgustgacha tajriba tariqasida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ajratiladigan ipoteka kreditlari bo‘yicha mahalliy hokimliklarning kafilliklari beriladi. Kafillik berilganligi uchun hokimliklar tomonidan to‘lov undirilmaydi.

«Vaksina tibbiyotning eng katta yutug‘i» — virusolog Dildora Sekler
24 iyul 2021, 11:36

«Vaksina tibbiyotning eng katta yutug‘i» — virusolog Dildora Sekler

Hozir pnevmokokkka qarshi emlanish mumkinmi, bu vaksina koronavirusdan himoya qiladimi va nima uchun emlashdan qo‘rqmaslik kerak? «Gazeta.uz»ning shu va boshqa savollariga shifokor-virusolog, Facebook`dagi «Vrachi Tashkenta» guruhi asoschisi, PhD Dildora Sekler javob berdi.

Navbatdagi antirekord: koronavirus bo‘yicha kunlik holatlar 800 ga yaqinlashdi, 7 nafar bemor vafot etdi
24 iyul 2021, 10:21

Navbatdagi antirekord: koronavirus bo‘yicha kunlik holatlar 800 ga yaqinlashdi, 7 nafar bemor vafot etdi

23 iyul kuni O‘zbekistonda 773 nafar kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi. 507 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, 7 nafar bemor vafot etdi.

«Hokim kabineti „xalq qabulxonasi“ bo‘ladi» — prezident
24 iyul 2021, 10:17 1

«Hokim kabineti „xalq qabulxonasi“ bo‘ladi» — prezident

Prezident aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Barcha hokimlar fuqarolarni qabul qilish uchun haftasiga ikki kun ajratishlari va hokimliklarda kunlik qabul tashkil etilishi belgilandi. «Har bir hokimning kabineti «xalq qabulxonasi» bo‘ladi. Murojaatlarni ko‘rib, nimalarga e’tibor qilish bo‘yicha har bir rahbarning strategiyasi bo‘lishi kerak, — dedi prezident.

Angrenlik yigit Telegram-guruh ochib, fuqarolarning 13 mln so‘mini o‘zlashtirdi
24 iyul 2021, 09:10

Angrenlik yigit Telegram-guruh ochib, fuqarolarning 13 mln so‘mini o‘zlashtirdi

Angrenlik yigit «UNIVERSAL KREDIT» nomli soxta Telegram-guruh ochib, 15 daqiqa ichida mikroqarz berilishi haqidagi e’lon bilan 10 nafardan ziyod fuqaroning 13 mln so‘mini o‘zlashtirdi.

Tokio-2020. 24 iyul uchun O‘zbekiston sportchilari ishtiroki jadvali
24 iyul 2021, 07:50

Tokio-2020. 24 iyul uchun O‘zbekiston sportchilari ishtiroki jadvali

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari birinchi kunida sakkizta sport turi bo‘yicha 11 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi.

Jahon yangiliklari dayjesti
23 iyul 2021, 21:35

Jahon yangiliklari dayjesti

Belarusda 40 dan ortiq nodavlat tashkilotlarning tugatilgani, Tokiodagi Olimpiya o‘yinlariga qarshi norozilik namoyishlari, Afg‘oniston mojarosi bo‘yicha so‘nggi yangiliklar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

4 avgust kuni Amerikadan yana 3 mln doza vaksina olib kelinadi — prezident
23 iyul 2021, 21:01

4 avgust kuni Amerikadan yana 3 mln doza vaksina olib kelinadi — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zbekistonliklarni ehtiyot bo‘lib, koronavirusga qarshi faol emlanishga chaqirdi. Davlat rahbari 4 avgust kuni Amerikadan yana 3 mln doza vaksina olib kelinayotganini ma’lum qildi.

MOQ O‘zbekiston bayroqdorlari o‘zgarganiga izoh berdi
23 iyul 2021, 20:21

MOQ O‘zbekiston bayroqdorlari o‘zgarganiga izoh berdi

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Olimpiada ochilish marosimida bayroqdorlar sportchilarni ortiqcha toliqtirmaslik uchun almashtirilganini ma’lum qildi.

23 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
23 iyul 2021, 20:14

23 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekiston prezidenti saylovi kampaniyasiga start berilishi, Strategik rivojlanish agentligining tashkil etilishi, Sodiq Safoyevga rektorlik vazifasi yuklatilishi — “Gazeta.uz"ning 23 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Andijonlik fuqaro go‘shtini iste’mol qilish uchun itlarni o‘ldirib kelgani aniqlandi
23 iyul 2021, 19:30

Andijonlik fuqaro go‘shtini iste’mol qilish uchun itlarni o‘ldirib kelgani aniqlandi

Andijonlik fuqaro yarim yil davomida go‘shtini iste’mol qilish uchun o‘z uyida itlarni o‘ldirib kelgani aniqlandi. Unga nisbatan it va mushuklarni saqlash qoidalarini buzish hamda jonivorlar bilan shafqatsiz munosabatda bo‘lish to‘g‘risidagi moddalar asosida ma’muriy bayonnoma tuzildi.

Rahbar o‘rinbosarlarining faoliyatini baholash tizimi joriy etiladi
23 iyul 2021, 19:05

Rahbar o‘rinbosarlarining faoliyatini baholash tizimi joriy etiladi

Prezident qarori bilan, davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyatini baholash tizimi joriy etiladi. Shuningdek, vazirliklar va idoralar rahbariyati faoliyati ko‘rsatkichlarini baholashda inson omilini kamaytirish maqsadida asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ma’lumotlarni avtomatik tarzda tahlil qilish orqali mavjud holatni aniqlash imkonini beruvchi maxsus elektron platforma ishga tushiriladi.

Koronavirusga qarshi emlanishi rejalashtirilgan 21 mln aholidan qariyb 5 foizi to‘liq emlandi — Nurmat Otabekov
23 iyul 2021, 18:47

Koronavirusga qarshi emlanishi rejalashtirilgan 21 mln aholidan qariyb 5 foizi to‘liq emlandi — Nurmat Otabekov

Respublika maxsus komissiyasining hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekistonda 21 mln aholini koronavirusga qarshi emlash rejalashtirilgan. Hozirga qadar ulardan 1 mln 34 ming nafari, ya’ni 4,9 foizi to‘liq emlangan.

Koronavirusga chalingan va karantindagi shaxslar saylovda qanday ovoz beradi?
23 iyul 2021, 17:51

Koronavirusga chalingan va karantindagi shaxslar saylovda qanday ovoz beradi?

Koronavirusdan davolanayotgan va karantinga olingan shaxslar O‘zbekiston prezidenti saylovida qatnashishlarini ta’minlash uchun maxsus yo‘riqnoma ishlab chiqilgani ma’lum qilindi. Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayevning so‘zlariga ko‘ra, bemorlarning uylariga ko‘chma qutilar bilan tashrif buyurish rejalashtirilgan. Bunda muddatidan avval ovoz berish davridagi epidemiologik vaziyat inobatga olinadi.

Olimpiada cho‘qqisini zabt etgan O‘zbekiston sportchilari
23 iyul 2021, 17:44

Olimpiada cho‘qqisini zabt etgan O‘zbekiston sportchilari

Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston nomidan qatnashgan sportchilar hozirgacha jami 32 medallarni qo‘lga kiritgan. «Gazeta.uz» Tokioda start berilgan Yozgi Olimpiada o‘yinlari arafasida bugunga qadar O‘zbekistonga g‘oliblik sharafini olib kelgan barcha Olimpiada chempionlarini eslaydi.

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rt kunlik pasayishdan so‘ng biroz ko‘tarildi
23 iyul 2021, 16:06

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rt kunlik pasayishdan so‘ng biroz ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 16,83 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 615,49 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting