Toshkentda advokat va yurist jazo muddatini o‘tayotgan shaxsning ayblovidan bir moddani olib tashlash evaziga 75 ming AQSh dollari talab qildi. Ular pulni olish vaqtida ushlandi va 14 yilga qamaldi. Advokat avval sudya bo‘lib ishlagani, yurist esa muqaddam sudlangani ma’lum bo‘ldi.
BAAda o‘tgan boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston U-16 jamoasidan 23 nafar sportchi qatnashib, ularning barchasi medallarga ega chiqdi: 14 ta oltin, 6 ta kumush, 3 ta bronza. 14 yoshgacha bo‘lgan bokschilar esa 10 ta medalni qo‘lga kiritdi: yarmi kumush, qolgan yarmi bronza.
Apple kompaniyasi yangi qurilmalari taqdimotini o‘tkazdi. Unda iPhone 16, AirPods 4 quloqchinlari va Watch Series markali aqlli soatlarining o‘ninchi avlodi namoyish etildi. Yangi qurilmalar haqida asosiy ma’lumotlar.
O‘zbekiston Rossiya bilan yaqin va konstruktiv hamkorlikka doim tayyor, dedi bosh vazir Abdulla Aripov qo‘shma komissiya yig‘ilishida. Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin polimerlar, fuqaro uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqarishni tashkil etish va temiryo‘l mashinasozligini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar berdi.
Afg‘onistonlik 160 nafar ayol O‘zbekistondagi tibbiyot oliygohlarida o‘qitiladi. Bu borada Oliy ta’lim vazirligi va Qatarning Education above all fondi o‘rtasida memorandum imzolandi. Loyiha xarajatlarining katta qismini Qatar tomoni qoplaydi.
Toshkent shahrida poyezd 36 yoshli ayolni urib ketdi. U tibbiy yordamga qaramay, shifoxonada vafot etdi.
Parijdan qaytgan paralimpiyachilar Toshkent aeroportida tantanali kutib olindi va ularga sovg‘alar topshirildi. Jarayon qanday o‘tgani — “Gazeta.uz” fotomuxbiri Murod Yusuf obyektivida.
Turkiyaning Trabzon shahrida O‘zbekiston faxriy konsulxonasi ochildi. Shu paytgacha bunday vakolatxona Bursa, Adana, Antaliya viloyatlarida bo‘lgan.
Sud sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher Turayevni qariyb 10 mlrd so‘mlik 1 mln dona uzum ko‘chatini yetkazib berish ishi bo‘yicha talon-toroj qilish va mansab soxtakorligida ayblab, 6 yilga ozodlikdan mahrum etdi. Uning kompaniyada ishlagan qiziga 5 yil 1 oy qamoq jazosi tayinlandi.
O‘zbekistonga keladigan Rossiya bosh vaziri, 37 mlrd dollardan oshgan davlat qarzi, Toshkentga qaytib kelgan paralimpiyachilar, nogironligi bor bolalarga mo‘ljallangan ilk maktab va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Raqobat qo‘mitasi iyul va avgust oylarida qariyb 20 mlrd so‘mlik davlat xaridlarini o‘tkazishda qonunchilik talablari buzilganini aniqladi. Tekshiruvlar natijalariga ko‘ra ma’muriy ishlar qo‘zg‘atilib, noqonuniy xaridlar bekor qilindi.
Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida qatnashgan O‘zbekiston delegatsiyasi Toshkentga yetib keldi. Musobaqa sovrindorlariga pul, mashina va uy ko‘rinishidagi “Prezident sovg‘alari” topshirildi.
Samarqand shahrida turar joy binosining 3-qavatidagi xonadonlardan birida portlash yuz berdi va ikki nafar fuqaro jarohat bilan shifoxonaga yotqizildi. Holat oqibatida yong‘in sodir bo‘lmadi. FVB surishtiruv ishlari boshlanganini aytdi, portlash sababi haqida ma’lumot yo‘q.
Jizzaxda tergov jarayonlarida gumondordan qo‘shib yozish holatlarini ko‘rsatmaslik hamda tanishlari orqali tergov jarayonlarida yengillik yaratib berish evaziga 400 mln so‘m talab qilgan shaxs ushlandi. Qashqadaryoda esa noqonuniy ravishda qum qazib olishga ko‘z yumish evaziga pul talab qilgan mansabdor qo‘lga olindi.
Xalqaro to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilari federatsiyasi va Xalqaro kiyim-kechak federatsiyasining qo‘shma konferensiyasida jahon paxta sanoatidagi 50 yillik o‘zgarishlar haqida fikr yuritildi.
20 yilga qamalgan “Baxti Tashkentskiy” va yana 7 sudlanuvchining advokatlari sud hukmi ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat kiritdi. Ish Toshkent shahri sudida ko‘rib chiqilmoqda. Shikoyatda, jumladan, hukmning Baxtiyor Qudratullayevni o‘ta xavfli retsidivist deb topish haqidagi qismini bekor qilish so‘ralyapti.
“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonunga ularning odil sudlovdan teng foydalanish, davlatning ijtimoiy-siyosiy hayotida ishtirok etish, shuningdek, saylash va saylanish huquqini belgilovchi qo‘shimchalar kiritildi.
Toshkent shahridagi 298-maktabning birinchi qavati va hovlisi nogironligi bo‘lgan bolalar uchun moslashtirildi. U yerda ko‘zi ojizlar uchun panduslar, lift, panjara va taktil plitkalar o‘rnatilgan. Ovqatlanish xonasi va sanuzel ham tashkillangan. Bu O‘zbekistonda inklyuziv infratuzilmaga ega birinchi maktabdir.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi, Suv xo‘jaligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirliklaridagi 398 nafar boshqaruv xodimi tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi aniqlandi. Agentlik tomonidan qonun buzilishi holatlariga chek qo‘yildi.
Toshkentda o‘tgan Xalqaro haykaltaroshlik simpoziumida 15 ta davlatdan 27 haykaltarosh ishtirok etdi. Bir oy davomida ular global ekologik muammolarni aks ettiruvchi 20 dan ortiq haykalni yaratdi. Ular Toshkent shahridagi istirohat bog‘lari va sayyohlik markazlariga o‘rnatiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting