Prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida 1 iyundan «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlar va mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga haydovchilik guvohnomasini olish xarajatlari byudjetdan to‘lab berilishini ta’kidlab o‘tdi. «Vatanparvar» tashkiloti tomonidan «Yoshlar daftari» va «Temir daftar»ga kiritilgan fuqarolar yuqoridagi kasblarga bepul o‘qitilishi rejalashtirildi.
Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida Tico avtomobili haydovchisi piyodani urib yuborishi oqibatida, piyoda og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.
Ko‘chada sotuvchilik qilayotgan ayollarning buyumlarini tortib olgan soliqchilar bo‘yicha tarqalgan videodan so‘ng, Olmaliq shahar davlat soliq inspeksiyasining 11 nafar xodimi vazifasidan ozod etildi. Shu bilan birga, Toshkent viloyati DSB boshlig‘i o‘rinbosari hamda Olmaliq shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘iga hayfsan berildi.
AGMK jamoasi OCHL guruh bosqichida dastlabki uchrashuvni «Al Hilol» klubiga qarshi o‘tkazdi. Mazkur bahsda 2:2 hisobidagi durang natija qayd etildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi aksionerlari orasida qurilish vazirining o‘g‘li va turmush o‘rtog‘i ham bo‘lgan «12-trest» kompaniyasi qo‘lga kiritgan davlat xaridlarini o‘rganmoqda. Agentlik, shuningdek, Jizzax viloyati hokimining qarindoshlari bilan bog‘liq davlat xaridlari bo‘yicha materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etdi.
Qonunchilik palatasi vitse-spikeri Alisher Qodirov o‘zbeklarning yangi avlodi ta’lim rus tilida olib boriladigan maktablarda o‘zligini anglamaydigan, ona tilini bilmaydigan holda voyaga yetayotganini fojia deb atadi.
Poytaxtning Sergeli tumanida joylashgan polietilen mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasida jumaga o‘tar kechasi yirik yong‘in sodir bo‘ldi.
Prezident Samarqand tumanidagi eshkak eshish kanali bo‘yida barpo etilayotgan turizm markazi qurilishini ko‘zdan kechirdi. Bu yerda 8 ta mehmonxona, karvonsaroy, dam olish maskanlari bo‘ladi. Markazni 2022 yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda.
AQSH Federal qidiruv byurosining har o‘n soatda Xitoyga qarshi yangi tergov o‘tkazishi, Hindiston va Pokistonning yashirin muzokaralari, Gruziya va Bolgariyaning o‘z harbiylarini Afg‘onistondan olib chiqishi va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tadqiqotlari aksariyat tadbirkorlar mamlakatdagi ishbilarmonlik muhitini ijobiy baholashini, biroq ularning biznesini yanada qo‘llab-quvvatlash zarurligini ko‘rsatdi. Yer uchastkalari ajratish, soliq stavkalarini va kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarini pasaytirish va boshqa muammolar tadbirkorlarni tashvishga solayotgani ma’lum bo‘ldi.
AQSH Rossiyaning «zararli tashqi faoliyati» tufayli mamlakatga nisbatan yangi sanksiyalarni e’lon qildi. AQSH banklariga Rossiya davlat obligatsiyalarini sotib olish taqiqlanadi. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasidagi bir qator jismoniy shaxslar va kompaniyalarga nisbatan cheklovlar joriy etildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining ma’lum qilishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Qurilish vazirligida 2020 yil davomida eng ko‘p korrupsiya holatlari kuzatilgan.
2021 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi deyarli 1,42 mlrd dollarni tashkil etib, 2020 yilning mos davriga nisbatan 336 mln dollarga oshdi.
Dollarning rasmiy kursi 10 so‘mga qimmatladi va jami 10 507 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham biroz qimmatladi, rubl esa arzonladi.
Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida Qorasuv mavzesida uy-joy qurilishi bilan tanishdi. Davlat rahbari quruvchi tashkilotning sifat uchun mas’uliyati va javobgarligini yanada kuchaytiradigan mexanizm ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi.
Deputat Rasul Kusherbayevning xabar berishicha, Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi suv tozalash inshooti bir necha yildan beri ishlamay turibdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, boshida ta’mirlash ishlari Hisob palatasi tomonidan to‘xtatib qo‘yildi, Qurilish vaziri va Uy-joy kommunal xizmatining sobiq rahbarining «xoxishi sababli ishlar cho‘zilib», ob’ekt uchinchi yil o‘zgarishsiz turibdi.
Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi Imom Buxoriy ziyoratgohida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Majmua loyihasiga ko‘ra, u yerda katta masjid, to‘rtta simmetrik minora, yo‘ldan kirib kelishda xiyobon bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, ziyoratchilar uchun 7 ta mehmonxona, 3 ta avtoturargoh, avtobekat, supermarket, bozorcha barpo etiladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda soliq xodimlari sotuvchilik orqali kun ko‘ruvchi ayollarning buyumlarini olib qo‘yganligi aks etgan video lavhalar tarqaldi. Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev bu holat soliq xizmati uchun uyatli ekanligini aytdi. “Soliq organlari hech qachon kuch ishlatar idora emas… Bunday holat yuz berganligi uchun butun xalqimizdan uzr so‘rayman”, — dedi u. Kudbiyev hodisada o‘zini noo‘rin tutgan xodimlar jazolaninishi ta’kidladi.
Yevropa Ittifoqida 21 iyun kuni ittifoq mamlakatlarida harakatlanish erkinligini qayta tiklash imkonini beruvchi «salomatlik to‘g‘risida guvohnoma» kuchga kiradi. Unda sug‘urtalanganlik, emlash va COVID-19 testlari haqida ma’lumotlar ko‘rsatilgadi.
Prezidentga taqdimot qilingan Samarqand xalqaro aeroporti rekonstruksiyadan so‘ng yiliga 1,5 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishi kutilmoqda. «Air Marakanda» kompaniyasiga DXSH asosida 20 yilga aeroportni boshqarish huquqi beriladi. Kompaniya aeroport infratuzilmasini rivojlantirishga 80 mln dollar investitsiya kiritadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting