Savdo-sanoat palatasi rahbari Davron Vahobov elektromobillar importiga boj joriy etish taklifini qo‘llab-quvvatladi. Uning aytishicha, avtomobil sanoatini qo‘llab-quvvatlash malakali kadrlar shakllanishini ta’minlaydi. Iqtisodchilar esa boshqa mamlakatlar yo‘l qo‘ygan xatolarni takrorlamaslikka chaqirdi.
Asaka tumanida 28 yoshli ayol o‘zini suvga tashlab, vafot etdi. U o‘limidan oldin onlayn o‘yinlarda “11 mln so‘m qarzga kirgani va oxirgi chora o‘lim” ekanini aytib, ovozli xabar qoldirgan.
Blackpink guruhi konserti haqidagi film va boshqa yana oltita premyera, “Teplo” mahalliy brendlar yarmarkasi, “Jadidlar. Turkistonga maktublar” ko’rgazmasi va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Bulung‘ur tumanidagi g‘isht ishlab chiqarish zavodi 1 mlrd 109 mln so‘mlik 1 mln 286 ming kVt/soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Korxona mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Urganch aeroporti 5-avgustdan faoliyatini tiklaydi. Uchish-qo‘nish yo‘lagini kapital ta’mirlash belgilangan muddatdan oldin yakunlandi.
Shanba, yakshanba kunlari O‘zbekiston bo‘yicha quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Harorat kunduzi +34…+39, janubda va cho‘l hududlarda +40…+42 darajagacha bo‘ladi. Tog‘oldi va tog‘li joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Coca-Cola MY5 bilan birgalikda O‘zbekistonning to‘rtta shahrida Coke Studio Road Show festivalini tashkil etdi. Tadbir doirasida ko‘ngillilar tomonidan 200 kg ga yaqin plastmassa yig‘ilib, qayta ishlashga yuborildi.
Anqarada Rossiya va G‘arb davlatlari (AQSh, Germaniya, Polsha, Sloveniya va Norvegiya) o‘rtasida siyosatchi, jurnalist, qator muxolifatchilar va boshqalardan iborat mahbuslar almashinuvi bo‘ldi. Jami 26 kishi: 10 kishi Rossiyaga, 13 kishi Germaniyaga, 3 kishi AQShga yuborildi. Batafsil.
Nishon, Shahrisabz, G‘uzor va Muborak tumanlari hokimlari 19 ta holatda qonunga zid normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilgani aniqlandi. Hujjatlar tovar yoki moliya bozorida raqobatni cheklashga hamda iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitilishiga olib kelishi mumkin deb topilgan.
Uzum Bank Visa xalqaro to‘lov tizimining virtual kartasiga oldindan buyurtma berish imkoniyatini ishga tushirdi. Bu infratuzilmada amalga oshirilgan birinchi moliyaviy mahsulot bo‘ldi.
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida 2 balli yer silkinishi qayd etildi. Uning kuchi qo‘shni Navoiy viloyatidagi ayrim hududlarda ham sezildi.
Parij Olimpiadasining 7-kunida bokschilar Bahodir Jalolov, Hasanboy Do‘smatov va To‘rabek Habibullayev chorak final jangini o‘tkazadi. Yengil atletikachi Sharifa Davronova va Safina Sadullayeva o‘z ishtirokini boshlaydi. So‘nggi dzyudochi Alisher Yusupov esa yakkalik bahslarining saralash bosqichida qatnashadi.
Toshkent va Namangan shaharlarida Qirg‘izistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari saqlagan va savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi. Dori vositalari esa musodara qilindi.
Toshkentda 107,2 mlrd so‘mga 20 ta yerusti piyodalar o‘tish joyini qurish rejalashtirilmoqda. Poytaxt deputatlari ish boshlash uchun 53,6 mlrd so‘m ajratishni ma’qulladi. O‘tish joylari manzillari ko‘rsatilmagan va shu sababli jamoatchilik va ekspertlar qarorning asosliligiga xavotir bildirmoqda.
Olimpiadaning oltinchi kunida Muzaffarbek To‘raboyev bronza medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, bokschi Navbahor Hamidova chorak finalga chiqdi. Eshkak eshuvchi Anna Prakaten finalga chiqa olmadi. Bokschilar Sabina Boboqulova va Ruslan Abdullayev, shuningdek, dzyudochi Irisxon Qurbonboyeva musobaqadan chiqib ketdi.
Endi narxlari liberallashadigan metan, TIV rahbari bilan ko‘rishgan Italiya bosh vaziri, poyezdlarda bekor qilingan konditsioner uchun to‘lovlar, O‘zbekistonning Olimpiadadagi ikkinchi medali va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Qarshi shahrida 21 yoshli erkak hojatini kiyimiga chiqargani uchun turmush o‘rtog‘i enagalik qilayotgan 1,5 yashar chaqaloq qizni urib o‘ldirib qo‘ydi. U shifokorlarga bola aravachadan yiqilib tushganini aytdi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida fevral oyida mast holda avtomobil boshqarib, yo‘l chetidagi 4 kishini bosib ketgan va o‘limiga sababchi bo‘lgan fuqaro 9 yilga qamaldi.
O‘zbekistonlik dzyudochi Muzaffarbek To‘raboyev (-100 kg) Parij-2024 Olimpiadasining bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Bosh vazir Abdulla Aripov yig‘ilishda metan narxini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinishini ma’lum qildi. Uning matbuot kotibiga ko‘ra, prezident topshirig‘iga bilan, non va g‘alla narxlarini erkinlashtirishda bo‘lgani kabi, bu sohada ham narxlarni raqobat asosida barqarorlashtirish choralari ko‘riladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting