Elektr iste’moli (10−15 kVt) uchun quvvat chegarasining bekor qilinishi Toshkent elektr tarmoqlarida avariyalar sonini bir necha barobarga oshirdi, deb xabar qildi Energetika vazirligi. Vazirlik hisoblagichlarning dasturiy ta’minotini takomillashtirmoqda.
Namanganda may oyida sobiq xotinini pichoqlab o‘ldirgan erkakka nisbatan sud hukmi o‘qildi. U 17 yil 6 oyida qamoq jazosini oldi.
Tarmoqlarda Qo‘qon shahrida bloger avtomobillar qatnaydigan yo‘lda stolga o‘tirgancha ovqatlanayotgani aks etgan video tarqaldi. Farg‘ona viloyati IIB unga nisbatan jarima qo‘llanganini bildirdi.
Tokio aeroportida Japan Airlines samolyoti bir necha daqiqada alanga ichida qoldi. Shunga qaramay bortdagi 379 kishining barchasi qutqarildi. Muvaffaqiyatli evakuatsiya ekipajning tayyorgarligi va yo‘lovchilarning namunali xulqi tufayli amalga oshirildi. Bloomberg, New York Times va CNN materiallaridan jamlanma.
Energetika vazirligi ikki yil ichida energetika tizimining barqaror va uzluksiz ishlashiga erishmoqchi. Buning uchun ishlab chiqarish quvvatlarini keskin oshirish, to‘liq raqamlashtirish, uzatish tarmoqlarini boshqarishga xususiy operatorlarni jalb qilish va boshqalar rejalashtirilmoqda.
Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, 1-yanvardan soliq organlari tadbirkorlik subyektlarining so‘nggi 5 yil emas, balki 3 yil davomidagi faoliyatini tekshirishi mumkin. Shuningdek, kameral tekshiruv o‘tkazish tartibi ham o‘zgardi.
Toshkent shahri hokimligi “Qo‘yliq” bozorida qurilish va rekonstruksiya ishlari boshlanishini ma’lum qildi. Bu vaqtda bozor yopiladi. Hokimlik rekonstruksiya davrida bozordagi tadbirkorlarga o‘z faoliyatini Food city, Tashkent Index va boshqa savdo majmualarida davom ettirishni taklif qildi.
O‘zbekistonda birgina noyabr oyining o‘zida elektr energiyasi iste’moli uchun o‘suvchan koeffitsiyentlarning joriy etilishi oyiga 1000 kVt/soatdan ortiq iste’mol qiluvchi abonentlardan qo‘shimcha 26 mlrd so‘m undirish imkonini berdi, deya ta’kidladi Energetika vazirligi.
O‘zbekistonda 20-yanvardan mahalliy poyezdlar biletlari narxi yana oshmoqda. Xususan, “Afrosiyob” elektropoyezdlari hamda “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” tezyurar poyezdlarining chiptalari narxi 20 foizga ko‘tariladi.
Toshkent shahri hokimligi huzurida ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash bo‘yicha injiniring kompaniyasi tashkil etildi. U uylarni rekonstruksiya qilish va ta’mirlash, shuningdek, liftlarni almashtirish, hududlarni obodonlashtirish, uylarni sanatsiya va renovatsiya qilishda buyurtmachi sifatida qatnashadi.
Vladimir Putin Ukrainadagi urush davrida Rossiya Qurolli kuchlarida harbiy xizmatni o‘tash uchun shartnoma imzolagan xorijliklarga mamlakat fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olishga ruxsat beruvchi farmonni imzoladi.
Narxiga cheklov kiritilayotgan Ai-80 benzini, haydovchilarga ma’lumot berib boruvchi LED-ekranlar, SSV rahbariyatidagi o‘zgarish, tog‘larda qor ko‘chishi xavfi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Binance xalqaro kriptobirjasi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazdi. Platforma operatsiyalarni jinoiy faoliyatdan olingan kriptoaktiv hamda mablag‘lar bilan amalga oshirishi aniqlandi. Shuningdek, kriptobirja O‘zbekistonda litsenziyasiz ishlaydi. ILMA Binance`ga jarima soldi.
Asilbek Xudayarov Amrillo Inoyatovning o‘rniga sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Shuningdek, u Prezident administratsiyasining Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimini ham saqlab qoldi.
Poytaxt hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti tomonidan Bobur va Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasida fuqarolarni real vaqt rejimida yo‘l harakatidagi vaziyat to‘g‘risida xabardor qilish uchun o‘zgaruvchan ma’lumotlar tablosi o‘rnatildi. “Gazeta.uz” bu nima uchun zarurligi bilan qiziqdi.
1-apreldan tarkibida shakar bo‘lgan gazlangan ichimliklar litri uchun 500 so‘m, energetik ichimliklar uchun 2000 so‘m miqdorida aksiz solig‘i joriy etiladi. Avvalroq ichimlik ishlab chiqaruvchilar ularning investitsion rejalariga ta’sir qiluvchi bu chora oldindan muhokama qilinmaganiga e’tiroz bildirgandi.
O‘zbekistonda 2025-yildan boshlab dalada suv hisoblagich o‘rnatgan va tejamkor texnologiyalarni qo‘llaydigan fermerlar uchun soliq koeffitsiyenti kamaytiriladi. Aksincha holatlarda esa oshiriladi. Suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish uchun imtiyozli kredit liniyasi tashkil qilinadi.
Samarqandda ikkita yuk mashinasining to‘qnashuvi oqibatida ulardan biri, 21 tonna limon olib ketayotgan transport butunlay yonib ketdi.
O‘zbekiston hukumati 2026-yilgacha Ai-80 benzin ishlab chiqarishdan voz kechmoqchi. Buni elektromobillarni ommalashtirish va ular uchun infratuzilmani yaratish, Ai-92 benzin ishlab chiqarishni ko‘paytirish, gaz quyish shoxobchalari uchun gaz yetkazib berish va boshqa chora-tadbirlar hisobiga amalga oshirish rejalashtirilgan.
“Gazeta.uz” chekka hududlardagi maktab va bog‘chalarga transport qatnovini yo‘lga qo‘yish g‘oyasidan voz kechilgani haqidagi xabarda noaniqlikka yo‘l qo‘ydi. “O‘zbekiston-2030” strategiyasida 715 ta maktabda o‘quvchilar uchun bepul avtobuslar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting