Toshkentda reportaj tayyorlamoqchi bo‘lgan jurnalistlarni kaltaklagan “Ko‘prikqurilish” xodimi 4 yilga shartli ravishda ozodlikdan mahrum qilindi. Aybdorga 2 yillik sinov muddati belgilandi va undan 23,7 mln so‘m zarar undirildi.
O‘zbekiston 15 yoshli o‘quvchilarning matematika, o‘qish va tabiiy-ilmiy savodxonligi bo‘yicha ko‘rsatkichlarini xalqaro baholash dasturi (PISA)da ilk bor qatnashib, so‘nggi o‘ntalikka kirdi. Tadqiqot o‘quvchilar ko‘nikmalariga ijtimoiy-iqtisodiy ahvol va oilaning oziq-ovqat xavfsizligi ta’sir qilishini ko‘rsatdi.
O‘zbekistonda 11 oyda “zapravka”lar 110,4 milliard so‘mga teng bo‘lgan tabiiy gaz o‘g‘irlangani aniqlandi. Jamiyat va ta’minotchi korxona mansabdorlariga jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda kichik va o‘rta korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish uchun 100 mln dollar qarz ajratdi. Mablag‘lar, jumladan, korxonalarning iqtisodiy zarbalarga chidamliligini oshirishga yo‘naltiriladi.
DXX fuqarodan 10 ming dollar olishda gumonlangan Oliy sudning katta konsultantini qo‘lga oldi. U 2 kishining oqlanishiga yordam berishni va’da qilgan. Shuningdek, mahalliy tadbirkordan 6 ming dollar olishda gumonlangan Surxondaryo viloyat sudi sudyasi katta yordamchisi ham ushlandi.
Bir qator yirik xalqaro moliya institutlari, jumladan, Jahon banki tabiiy ofat yuz bergan taqdirda mamlakatlarga qarz to‘lashni kechiktirish imkoni berilishini va’da qildi.
Tarmoqlarda pedagog 4 yoshli bolani urib, mashg‘ulot o‘tayotgani aks etgan video tarqaldi. Bolalar ombudsmani holatni nazoratga oldi va pedagogning ishdan bo‘shatilganini bildirdi.
Toshkentdagi 14-sonli yo‘nalishda o‘ta katta sig‘imli elektrobuslar xizmat ko‘rsatishni boshladi. Ular King Long avtobuslari ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan bonus tariqasida berilgan.
Sanksiyalar bo‘yicha YeI maxsus vakili Devid OʼSallivan “Gazeta.uz” bilan suhbatda O‘zbekiston sanksiya ostidagi Yevropa mahsulotlarining Rossiyaga reeksport qilinishiga qarshi qanday kurashayotgani haqida so‘z yuritdi. “O‘zbekistonning an’anaviy savdo yo‘llarini buzish istagida emasmiz”, — dedi u.
Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi bo‘ldi. U 2017-yildan buyon Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburgdagi elchi bo‘lib ishlagan Dilyor Hakimov o‘rnini egalladi.
Toshkentda jinoyat sodir etganlikda gumonlanib Buzruk Buzrukov qo‘lga olindi. Unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik O‘zbekistonda yadro sanoati va tibbiyotini rivojlantirish bo‘yicha beshta yangi loyihani ma’qulladi. Ular orasida yuqori sifatli nur terapiyasi orqali saratondan o‘limni kamaytirish kabilar bor.
Armanistonda o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 11 ta medal — 4 oltin, 3 kumush va 4 bronzani qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi.
Uzbekistan Airways Farg‘ona aeroportida rekonstruksiya ishlari munosabati bilan bu shaharga deyarli 2 oy davomida barcha reyslar bekor qilinganini bildirdi. Uzbekistan Airports`ga ko‘ra, aeroport yopilmayapti va odatdagidek ishlamoqda. Boshqa hech bir aviakompaniya reyslar bo‘yicha o‘zgarishlar haqida xabar bermadi.
O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan “Salimboy” laqabli tadbirkor Salim Abduvaliyevni qo‘lga oldi.
Soliq qo‘mitasi yakka tartibdagi tadbirkorlarning hisobvaraqlaridan ortiqcha yig‘ib olingan ijtimoiy soliq summalari ma’lumotlar bazasini avtomatlashtirishda yuzaga kelgan texnik xato bilan bog‘liq bo‘lganini ma’lum qildi.
Poytaxt xalq deputatlari kengashi “Yangi Toshkent” loyihasini hisobga olgan holda Toshkent shahrining bosh rejasini ishlab chiqish uchun birinchi bosqichda 40 mlrd so‘m ajratilishini ma’qulladi.
O‘zbekiston Ekologiya vazirligi va Tadweer (BAA) kompaniyasi COP28 doirasida qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish sohasida “yashil” texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, chiqindilarni elektrga aylantirish zavodini ishga tushirishni nazarda tutuvchi memorandumni imzoladi.
24-yanvargacha Click kompaniyasi 1 mlrd so‘m o‘ynaluvchi aksiya o‘tkazmoqda. Asosiy pul mukofotlaridan tashqari, ishtirokchilarda har kunlik sovrinlarni yutib olish imkoniyati bor.
Rekord darajada ko‘p — 26 ta “Oskar” haykalchasi egasiga aylangan Uolt Disney tavalludiga 5-dekabr kuni 122 yil to‘ldi. U asos solgan Disney studiyasi o‘z filmlari bilan nafaqat bolalar, balki kattalarga ham zavq ulashishda davom etmoqda. “Gazeta.uz” aynan shu studiya multfilmlari haqida test tayyorladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting