Arxiv

Toshkent−Namangan−Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
23 iyun 2023, 17:48

Toshkent−Namangan−Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Qurbon hayiti munosabati bilan Toshkent−Namangan−Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

“Toshkentda sutkalik suv sarfi jon boshiga 400 litrgacha yetyapti” — senator
23 iyun 2023, 17:45

“Toshkentda sutkalik suv sarfi jon boshiga 400 litrgacha yetyapti” — senator

Senat yalpi majlisida senator Boriy Alixonov O‘zbekistonda olinadigan chuchuk suvning qariyb 90 foizi qishloq xo‘jaligida ishlatilishini bildirdi. Unga ko‘ra, mamlakatda jon boshiga suv sarfi miqdori yuqoriligicha qolmoqda. Xususan, poytaxtda sutkalik suv sarfi jon boshiga 400 litrgacha yetadi.

Uzbekistan Airways Toshkentdan Urganch, Nukus, Termiz va Buxoroga qo‘shimcha reyslar qo‘yadi
23 iyun 2023, 17:00

Uzbekistan Airways Toshkentdan Urganch, Nukus, Termiz va Buxoroga qo‘shimcha reyslar qo‘yadi

Uzbekistan Airways 27, 28, 30-iyun va 2-iyul kunlari Toshkentdan Urganch, Nukus, Termiz va Buxoroga qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yadi.

Olmaotada avtoturargohlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov joriy etiladi
23 iyun 2023, 16:50

Olmaotada avtoturargohlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov joriy etiladi

Sentabr oyidan Olmaotada avtoturargohlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov joriy etilishi rejalashtirilmoqda — narx markazga nisbatan joylashuvga bog‘liq bo‘ladi. Shaharda, shuningdek, ko‘chalar bo‘yidagi to‘xtash joylari qonuniylashtirilishi kutilmoqda.

Toshkentdan Chorvoqqa avtobuslar qatnovi soni ko‘paytirildi
23 iyun 2023, 15:56

Toshkentdan Chorvoqqa avtobuslar qatnovi soni ko‘paytirildi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga avtobus reyslari ko‘paydi — Chorvoqqa har kuni 4 xil vaqtda qatnov amalga oshiriladi, yo‘lkira narxi 15 ming so‘m.

Qo‘qondagi bozorda sotuvchilar janjallashishi oqibatida 14 yoshli yigit jarohatlandi
23 iyun 2023, 15:39

Qo‘qondagi bozorda sotuvchilar janjallashishi oqibatida 14 yoshli yigit jarohatlandi

Qo‘qondagi kiyim-kechak bozorida do‘konga kiruvchi xaridorlar yo‘li to‘sib qo‘yilgani sababli sotuvchilar o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi. Voqea oqibatida 14 yoshli bola jarohatlandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Cobiq Algoritm zavodi bino va inshootlari 307 mlrd so‘mga sotildi
23 iyun 2023, 15:00

Cobiq Algoritm zavodi bino va inshootlari 307 mlrd so‘mga sotildi

E-auksion platformasida sobiq Algoritm zavodi bino va inshootlari 307 mlrd so‘mga sotildi. Xaridor kompaniya egasi Havas supermarketlar tarmog‘ining ham yirik aksiyadori hisoblanadi.

O‘zbekistonda avtomobilga buyurtma berishning yangi Uklon onlayn xizmati ishga tushdi
23 iyun 2023, 15:00

O‘zbekistonda avtomobilga buyurtma berishning yangi Uklon onlayn xizmati ishga tushdi

22-iyundan O‘zbekistonda yangi taksi xizmati Uklon ishga tushdi. Uklon`ning asosiy farqi shundaki, ob-havo va yo‘llardagi sharoitlar sayohat narxiga ta’sir qilmaydi, faqat avtomobil kutish vaqti ta’sir etishi mumkin.

“Ular — haqiqiy qahramon”. Shavkat Mirziyoyev — xorijdagi migrantlar haqida
23 iyun 2023, 14:56

“Ular — haqiqiy qahramon”. Shavkat Mirziyoyev — xorijdagi migrantlar haqida

O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryodagi saylovchilar bilan uchrashuvda xorijda mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklarni “qahramon” deb atadi. Saylovoldi dasturidan og‘ir ahvoldagi migrantlarning xarajati qoplab berilishi, huquqiy va Call-markazlar tashkil etilishi va boshqalar o‘rin olgan.

Davlat adabiyot muzeyida sharoit yo‘qligi sababli 69 575 ta noyob ashyo xavf ostida qolgan — Senat
23 iyun 2023, 14:40

Davlat adabiyot muzeyida sharoit yo‘qligi sababli 69 575 ta noyob ashyo xavf ostida qolgan — Senat

Senatning navbatdagi yalpi majlisida muzeylar va ularda saqlanayotgan ashyolar holati bo‘yicha muhokama o‘tkazildi. Tegishli qarorlar bilan belgilangan bo‘lsa-da ayrim muzeylarda hamon ta’mirlash ishlari amalga oshirilmagani tanqid qilindi. Davlat adabiyot muzeyidagi noyob ashyolar xavf ostida qolgani aytildi.

Litvada O‘zbekiston savdo uyi ochildi
23 iyun 2023, 14:07

Litvada O‘zbekiston savdo uyi ochildi

Litva poytaxti Vilnyus shahrida UZ Euro Trade House savdo uyi ochildi. Uning faoliyati ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi sheriklik va mazmunli muloqotni sezilarli darajada faollashtirishi kutilmoqda.

Toshkentdan Qarshi va Samarqand shaharlariga qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
23 iyun 2023, 12:26

Toshkentdan Qarshi va Samarqand shaharlariga qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Qurbon hayiti munosabati bilan 29-iyun kuni Toshkent-Qarshi, 26-iyundan 3-iyulgacha esa Toshkent-Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.

“Qurilish oxiriga yetmagandi”. Suv xo‘jaligi vaziri — Sardoba fojiasi haqida
23 iyun 2023, 12:09

“Qurilish oxiriga yetmagandi”. Suv xo‘jaligi vaziri — Sardoba fojiasi haqida

Sardoba fojiasining sabablaridan eng kattasi — suv ombori qurilishi oxiriga yetmagandi, dedi suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev. 27 mlrd so‘mlik suv sizib chiqishidan boxabar qiluvchi maxsus uskunalar ham o‘rnatilmagan bo‘lgan. Suv ombori yorilgach esa barcha suv omborlarida kuchaytirilgan tekshiruv o‘tkazilgan.

Senat O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha qonunni ma’qulladi
23 iyun 2023, 11:55

Senat O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha qonunni ma’qulladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi uzunligi 2 356 kilometrdan ortiq chegarani demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqida qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

O‘zbekistonda birinchi kripto-depozitariyga litsenziya berildi
23 iyun 2023, 11:30

O‘zbekistonda birinchi kripto-depozitariyga litsenziya berildi

O‘zbekiston hududida kripto-depozitariy faoliyatini amalga oshirish uchun birinchi litsenziya berildi. Litsenziya olgan korxonaning ta’sischisi Dubay kompaniyasi hisoblanadi.

Statistika agentligi “Gazeta.uz” maqolasiga munosabat bildirdi
23 iyun 2023, 11:29

Statistika agentligi “Gazeta.uz” maqolasiga munosabat bildirdi

Statistika agentligi “Gazeta.uz” e’lon qilgan yanvar oyidagi inflyatsiya rasmiy ko‘rsatkichi to‘g‘risidagi maqolaga munosabat bildirdi. Agentlikka ko‘ra, rasmiy statistik ko‘rsatkichlar “obyektiv kuzatuvlarda to‘plangan fakt hisoblangan ma’lumotlar hamda ilmiy asoslangan metodologiya” asosida shakllantiriladi.

Radiochastota spektridan foydalanish huquqini boshqa shaxsga berish mumkin bo‘ladi
23 iyun 2023, 11:23

Radiochastota spektridan foydalanish huquqini boshqa shaxsga berish mumkin bo‘ladi

Senat radiochastota spektridan foydalanuvchilarga o‘zlariga biriktirilgan radiochastota spektridan boshqa foydalanuvchilar bilan birgalikda foydalanish huquqini beruvchi qonunni ma’qulladi.

Yakshanba kuni havo salqinroq bo‘ladi
23 iyun 2023, 11:17

Yakshanba kuni havo salqinroq bo‘ladi

Yakshanba kuni O‘zbekistonga Kavkaz hududlaridan nisbatan salqin va nam havo kirib keladi. Harorat 2−4 darajaga pasayadi, yoz uchun qulay qiymatlar — +31…+34 daraja, kechasi — +15…+18 darajagacha harorat kuzatiladi.

Senat bayroqdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiruvchi qonunni ma’qulladi
23 iyun 2023, 10:56

Senat bayroqdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiruvchi qonunni ma’qulladi

Senat bayroqdan foydalanish imkoniyatini kengaytiruvchi, jumladan, uni xonadonlarga osib qo‘yish, kiyim-kechaklarga yopishtirish, oilaviy va boshqa tadbirlarda ishlatish mumkinligi belgilangan qonunni tezda ma’qulladi. Loyiha 1-iyunda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan va 20-iyunda Quyi palatada qabul qilingandi.

Turkiya Markaziy banki mamlakatda foiz stavkasini 8,5 foizdan 15 foizga oshirdi
23 iyun 2023, 10:47

Turkiya Markaziy banki mamlakatda foiz stavkasini 8,5 foizdan 15 foizga oshirdi

Turkiya regulyatori foiz stavkasini 8,5 foizdan 15 foizga oshirish bo‘yicha qaror qabul qildi. So‘nggi yillarda Turkiyada past foiz stavkalari chuqur inflyatsiya va investorlarning mamlakatni tark etishiga olib keldi. Yangi iqtisodiy rahbariyat, shuningdek, “erkin valyuta rejimi” qayta tiklanishini va’da qilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting